4. O'simliklarga bog'liq nomlar (fitonimlar).
O'simliklarga bog'liq holda paydo bo'lgan
joy nomlari mamlakatimizda ham, boshqa mamlakatlarda ham ko'p uchraydi. O'simliklar bilan
bog'liq nomlar ba'zan aniq miqdorini bildiradi. O'rikzor, Bodomzor, Chilonzor, Terakzor,
Qatortol nomlari o'sha joylarda shu tur o'simliklarning ko'p tarqalganligini bildirsa, Yakkatut,
Qo'shchinor, Qo'shtut kabi nomlar bu tur o'simliklar kamligini bildiradi. Yong'oq, Ko'kterak,
Toldiqo'rg'on, Bukovina, Beryozovka, Archaqishloq kabi nomlarda noaniqlik bor. Shu joyda
yong'oq bittami yoki ko'pmi, aniq emas. O'simliklar bilan bog'liq paydo bo'lgan nomlarga
Yevropadagi Shvarsvald (qora o'rmon), Afrikadagi Drakon tog'lari (drakon - daraxt nomi),
Amerikadagi Florida (o'simlik, ko'klamzor), Osiyodagi Kokos orollari nomlarini misol qilib
ko'rsatish mumkin. O'simliklar bilan bog'liq joy nomlari mikrotoponimlarda ayniqsa ko'p
uchraydi. Toshkentdagi Olmazor, Sebzor, Qoraqamish, O'rikzor, Bodomzor, Olchazor, Olchali,
Qoratol, Yettiterak, Bog'ko'cha, Chilonzor shular jumlasidandir.
5. Hayvonlarning nomi bilan bog'liq joy nomlari (zoonimlar).
Dunyo xaritasida
hayvonlarga bog'liq holda vujudga kelgan nomlar ko'p uchraydi. Hozirgi vaqtda mavjud bo'lgan
bunday nomlarni tahlil qilish bilan qadimda ayrim hayvonlar tarqalgan joylarni ham aniqlash
mumkin. Amudaryo bo'yida Termiz yaqinidagi Maymunto'qay, Toshkent viloyatidagi
G'azalkent (g'izol - kiyik), Bog'iston (aslida bug'iston so'zidan), So'qoq (oq kiyik), Ilonlisoy,
Kaptarxona, Kurkuldak (qush), Toshkent shahridagi Bo'rijar, Qurbaqaobod va boshqalar mazkur
joylarda qadimda shunday hayvonlar ko'p bo'lganidan dalolatdir.
Dunyoning boshqa joylarida ham bunday nomlar ko'p uchraydi. Masalan: Tinch okeandagi
Galapagos orollari (galapago - toshbaqa), bu orollarda yirik toshbaqalar hozir ham mavjud.
Barens dengizidagi Medvejiy oroli, Shimoliy Amerikadagi Katta Ayiq, Kichik Ayiq ko'llari,
Baykal ko'lidagi Tushkani (mahalliy aholi tilida tushkan deb ataydi), O'rta Osiyodagi Qoplonqir,
Qoplonsirt nomlari hayvonlar bilan bog'liq.
Dostları ilə paylaş: |