Cho'ponota, Nurota, Shavkatbobo, Oqsoqota, Norakota, Surenota, Yalong'ochbuva, Islomobod,
Shayx Zayniddinbobo, Ho'jaalandorbuva, Bibi Mariyam va h.k.
G'arb mamlakatlarida diniy geografik nomlarga odatda
san, sankt, svyatoy
kabi so'zlar
qo'shib yoziladi: San - Marino, San - Tome, San - Fransisko, San - Salvador, Santyago, Sankt -
Peterburg, Svyatoy Lavrentiy, Svyatoy Nos va b.
11. G'aroyib nomlar.
Ba'zi bir geografik nomlar g'alati ma'noli, kulgili, ayrimlari
qo'rqinchli bo'ladi. Toshkent shahrida Xotinko'prik, Pushtihammom, Chuvalachi, Yalang'och,
Qoryog'di, Padarkush, Injiqobod, Jinko'cha, Kallaxona, Kampirdevor, Qonqus, Moxovzor kabi
g'aroyib nomli ko'cha, mahalla, mavzelar mavjud. Dunyo xaritasida ham g'aroyib nomlarni ko'p
uchratamiz. G'alati nomlardan Krivoy Rog (egri shoh), Kapri (echki) oroli, Kanar (it) orollari,
Labbay tog'i, Cho'ntakqishloq, Zolotoy Rog (Oltin shoh), qo'rqinchli, vahimali nomlardan Dashti
Lut (O'lim dashti), Ajal vodiysi, Dashti Margoh (O'lim dashti), Borsakelmas, O'lik dengiz,
Jonchiqar kabi nomlarni misol qilib ko'rsatish mumkin. Angliyadagi ayrim joy nomlari o'zbek
tiliga tarjima qilinsa, ―Rahming kelsin‖, ―So'qir kuyovlar‖, ―Qurbaqalar‖, ―Zo'r Muhabbat‖,
―Kalamush qal'a‖, ―Ko'rinmay qoldi‖ degan ma'nolarni beradi. Bunday nomlarni O'zbekistonda
ham ko'plab uchratish mumkin: Ko'kdo'ppi (Farg'ona viloyatida), Og'zikeng, Jo'jao'g'ri,
Kampirchiqdi, Qorko'mdi, G'alcha va boshqalar shular jumlasidandir. G'aroyib nomlar qayerda
bo'lmasin o'z tarixiga va qandaydir o'ziga hos xususiyatiga ega bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: