O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/151
tarix05.07.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#135817
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   151
Toponimika majmua B. Abduraxmonov

Detoponimizatsiya

Geografiya bilan toponimika hamda atamashunoslikning bog‘liqligi. Geografiyada joy 
nomlari ma‘nosini, terminlarni bilishning ahamiyati. Geografiya darslarida toponimik 
ma‘lumotlardan foydalanish. 
Geografiya ta‘lim o‘quvchilarda Yer haqidagi ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi, sotsial – 
iqtisodiy bilimlarni tarkib topdiradi, dunyo davlatlari va turli regionlardagi jamiyat va tabiatning
o‘zaro bog‘liqligi, geografik ob‘ekt jarayon va hodisalar haqidagi bilim va tushunchalar bilan 
qurollantiradi. Dunyo tabiiy manzarasi bilan bog‘liq umuminsoniy madaniyatning tarkibiy 
qismi bo‘lgan geografik madaniyatni tarbiyalaydi.
Qayerda qanday geografik ob‘ekt joylashgan, ular bir biriga nisbatan anday o‘rinda 
ekanligini o‘rganish orqali - har bir obn‘ektning o‘z atoqli oti , ob‘ektning hususiyatini 
ifodalovchi hodisa va jarayonlarning maxsus geografik terminlardan iborat ekanligi va uning 
mohiyatini o‘quvchi bilib oladi. Qayerda qanday joylashuv ob‘ektning nomi mazmuni va
terminlar ta‘rifini bilish geografik bilim va geografik dunnyoqarash hisoblanadi. Shuning 
uchun ham ―Maktab geografiyasini qayta qurishning ilmiy, uslubiy konsptsiyasi‖ ning ta‘lim 
mazmuning majburiy menimumi bo‘linadi. 
-
geografiyaning nazariy asoslari 
-
geografik tadqiqot me‘todlari 
-
tabiiy va iqtisodiy ob‘ektlar
-
hodisa va jarayonlar
-
olamni idrok etishning moddiy va ma‘naviy madaniyatga ifodalanishi
-
hudud geografik tavsifining tuzilishi kabi olti yo‘nalish ko‘rsatilgan bo‘lib bulardan ; 
tabiiy va iqtisodiy ob‘ektlarda toponimikani bilish , hodisa va jarayonlar bo‘limida - geografik 
terminlarni o‘rganish talab etiladi.geografik ob‘ektlar nomi va joylashivini xaritadan ko‘rsata 
olish, muayyan jarayon va hodisaning mohiyatini ifodalovchi terminning mazmunini ta‘riflay 
olish – bu toonimika va geografik terminshunoslik mazmunidagi talimiy ishdir. Har qanday
geografik nomni bilishda birinchi va asosiy vazifa ob‘ektning shu xildagi ob‘ektlardan alohida 
ajratilishi va nomlanishid namoyon bo‘ladi. Obekt nomidan foydalanib og‘zaki va yozma 
nutqda ushbu toponimning biror bir predmet yoki hodisa bilan bog‘lash imkoniyati paydo 
bo‘ladi. Nomlar ayni shu ob‘ektning shu singari boshqa ob‘ektlarga nibatan hududiy joylashishi 
boshqalari bilan hududiy bog‘liqligi hamda geografik hodisa va jarayonlarni ob‘ekt bilan 
bog‘lasjga yordam beradi. Ta‘lim mazmuning majburiy minemumida o‘quvchilar egallashi 
shart bo‘lgan ko‘nikma va malakalar – ayta , (ko‘rsata) olish , aniqlay (o‘lchay) olish ,
tasvirlay olish tushuntira olish va bashorat qila olish kabi ko‘rsatkichlar vositasida


ifodalangan bular asosan ob‘ektni xaritadan ko‘rsata olish va uning hususiyatini tariflay olish 
toponimika va geografik terminlarni bilish bilan bog‘liq ekanligi ko‘pchilikka ayon. Nomning 
hududiy o‘rnini belgilash natijasida yangi nomlar yasaladi. Chunonchi , Sibir – G‘arbiy Sibir 
pasttekisligi O‘rta sibir yassi tog‘ligi shimoliy orollari, namlik hududiy doirasini aniqlash 
geologik geografik ifodalar, ilmiy atamalr yasash uchun qulaylik yaratadi. Baykal burmalanishi 
– perm davri , Toshkent geologik asri, Qo‘qon shamoli Tyanshan sirtlari, Sibir tranklari Sibir 
antiksekloni Yenesiy Kryaji, Aldan qalqoni. Toponimlar ob‘ektning o‘rni ob‘ektning turi turli 
tabiiy hodisa va jarayonlarni aniqlash maydonida voqiy bo‘lishini ifodalashi bilan geografik 
ta‘limda katta ahamiyat kasb etadi.
Toponimlar geografik
ob‘ektning joylanishi bilan birga uning turini, ob‘ektning 
qanday hildagi tabiiy voqiylikka mansubligini ham bildiradi. Chunki qadimgi odamlar tabiat 
bilan yuzma yuz kelganda tabiatni tashkil etgan tarkibiy qismlarga ajratish ehtiyojini sezganlar,
odamlarni o‘rab turgan tabiatni qismlarga ajratish, har bir qismning hususiyatini aniqlash lozim 
bo‘lgan, lekin ularda so‘z boyligi yetishmagan shuning uchun suv, daryo dengiz, ko‘l, va boshqa 
shu kabi oddiy so‘zlar bilan ifodalab qo‘ya qolganlar. Shu boisdan ham hozirgi toponimlar 
ichida – suv (Oqsuv, Qorasuv) - shu (Xeyshue) va (Obva, Lobva Vodva, Fin, Ugart
tillarda - va – suv ) - don (ardon, sardon, nordon, razdon, ositikcha – don daryo) ko‘plab 
uchraydi. Keyinchalik bu oddiy so‘zlar bilan ifodalangan ob‘ektlarni bir-biridan ajratish kerak 
bo‘lgan, natijada bu so‘zlar yoniga – oldiga – old qo‘shimcha sifatida bu ob‘ekt rangi, tezligini 
bildiruvchi sifatlar qo‘shimchalar qo‘shilgan, natijada Qizilsuv, Sarisuv, Sovuqsuv, Jilisuv,
nomlari paydo bo‘ladi. Shuni aytish kerakki geografik nomlarning paydo bo‘lishi juda 
murakkab va uzoq davom etgan tarixiy jarayon. Shu tufayli ko‘pgina gidronimlarni ularning 
paydo bo‘lgan aniq tarixiy voqiyligi bilan gina to‘g‘ri tushuntirib berish mumkin. Darhaqiqat
har bir geografik ob‘ektning aniq o‘ziga hosligini ifodalash uchun tashqi qiyofasi jihatdan inson 
tanasining azolari yoki tanish narsalarga shakllarnga o‘xshashlikni bildiruvchi so‘zlarni ayni shu 
ob‘ektning shakliga muqova qilingan. Shu jihatdan olganda, daryolarimiz irmoqlari nomidagi 
―ko‘l‖ so‘zi harakterlidir. Geografik nomlar tarkibidagi og‘iz (og‘zi keng qishloq, yaylov, - 
Chiroqchi tumanida, Oq dahana – Qishloq _Qamashi tumanida) ko‘z - (chashma – 
Hazorchashma tojikistonda) nomlarni ko‘rsatish mumkin. Inson tanasining azolariga o‘xshatib 
ataladigan geografik nomlar rus va boshqa xalq tillarida ko‘pchilik Ob‘ gubasi (Ob 
daryosining qo‘ltig‘i,) qo‘ltiq ko‘rfazi O‘lik qo‘ltiq , Oqbosh tog‘, Ural tog‘i (Osiyo va 
Yevropani belbog‘ singari bog‘lab turadigan tog‘lar zanjiri ) Beltog‘ – (Hisor tog‘ining 
tarmog‘i) Qoraqo‘l - (Qirg‘izistondagi shahar – 1925-1992 yillarda Prijivalskiy deb atalgan)
va boshqalar.
Oddiy sifatiy ma‘nodagi so‘zlarning geografik nomlarga aylanishi barcha xalqlarda
uchraydi. Sahroi Kabir - arabchada Kata Sahro Gobi-mo‘g‘ilcha-suvsiz cho‘l , Pereniy
basklar tilida piren-tog‘, Denepr irmog‘i ―Desna‖ning nomi-o‘ng irmoqi Ivanova
viloyatidagi Shuya shahri daryochasi. Nomi-chap irmoq so‘zlari ekanligini geograf bilishi
lozim. shu misollar geografiya fani uchun nomning kelib chiqishi bilan birgalikda uning 
ma‘nosini bilish ham katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Odatda nomlar ma‘nosini tahlil 
etish semantika deb ataladi. Geografik xususan hozirgi siyosiy va kundalik matbuotda 
yurtimizning geografik o‘rniga nisbat berish Amudaryo bilan Sirdaryo oralig‘i - ikki daryo 
orasidagi arabcha Movaraunnahr deb yuritiladi. Bu O‘rta Asrda paydo bo‘lgan nom arablar 
yurtiga nisbatan Amudaryoning orqasidagi yurt degan ma‘noni anglatadi. Yevropacha kitoblarda
transokseana - Oks orqasi- Amu orqasidagi yurt deb ham yuritiladi. aslidA Oks – O‘qs – daryo,
Amuning yunoncha nomi Movoraunnahrga qadar mahaliy xalqlar Vorajayhun yoki Vorozrut deb 
yuritganalri haqida ma‘lumotlar yetarli.
Nomlarning lug‘aviy ma‘nosini bilish shu toponimning xususiyati va tarixi bilan
bog‘liq voqealiklarni bilish demakdir. Argentina davlatining poytaxti ―Buenos- Ayres‖ - 
yaxshi havo manosida. 158 yilda ispanalr shaharga asos solib, xiristian dini avliyolari
sharafiga - 29-may muqaddas uchlik kuni munosabati bilan ―Ifattli Mariananing porti , uchlik
avliyo shahri, yaxshi havoli shahar‖ deb atalganki, bu nomdan faqat ―Yaxshi havo ‖ - 
Buenos – Ayres qolgan Urugvay davlatining poytaxti-Montivedio shahrining nomlanishi 
quyidagicha: dastlabki paytlarda ispan kortograflari tog‘larni raqamlar bilan belgilangan
―Tog‘ – monte ‖ ning joylanishiga qarab g‘arbiy yoki sharqiy tog‘ deb xaritaga tushirilgan 


.1720 –yilda partuganlar bu yerda qo‘rg‘on barpo etib –joylashgan o‘rniga ko‘ra –garbdan 
oltinchi tog‘ –Monte- ve –rim raqami VI olti . Montevedio nomi bilan atalgan. Yokidunyodagi 
eng aholi ko‘p Xitoy Xalq Respublikasininig poutaxti nomi –Pekin Beyetsizin –Shimoliy
poytaxt manosidagi bo‘lsa ,Osi yodagi eng rivojlangan davlat Yaponi poytaxti -Tokio so‘zi 
‗‖Sharqiy poytaxt‖demakdir .1457-yilda hozirgi imperatorsaroyi o‘rni Ota Dokan degan kishi 
qasir qurib ,uni Edo deb ataganki ,bu so‘z‖daryo mansabi‖ demakdir . 1590-yilda imperator 
lashkarboshisi Edoni egallaydi. 1603- yilda esa Iyeyasu hokmiyatni qo‘lga olishi bilan Edi 
Yaponiyaning amaldagi poytaxtiga aylandi .Shu davrdan boshlab shahar norasmiy oytaxt
vazifasini o‘taydi .1868-yilda imperator Mutsixito davlatning poytaxtini Kiotodan (G‘arbiy 
poytaxt) Edoga ko‘chirib ,uning nomini Sharqi poytaxt -Tokioga aylantirdi . 
Avstraliya –Janubiy yer , Grenlandiya-Yashil yer ,Islandiya-Muzloq yer, Missisipi-
Katta suv ,Himolay-qorlar makoni, Qoraqurum –qorsiz o‘rmonsiz tog‘ va hakozo nomlarning
ma‘nosini bilish geogra f uchun kasbiy burch . Ammo har bir darsda muallim ,domla hech
bo‘lmasa 25-50 georafik nomni ishlatadi ,bu tomonimlarni eng muhimlarini ,diqqatga
sazovorlarini bilish dars samaradorligi uchun nihoyatda muhi m . Nomning manosi va 
geografik o‘rni-bular geografiya darsiga qo‘yiladigan odatiy talablar , oddiy talab esa
geografiyaning geografiya ekanligini ,uning qiziqarli va ommabopligini ta‘minlaydi 
.Geografik nomlarning imlosi ,ya‘ni transkriptsiyasi –to‘g‘ri yozilishi o‘quvchi savodxonligi
uchungina emas ,geografiya bilan til predmetlarining o‘zaro a‘loqasi uchun zarur .Ona
tilimizdagi ko‘pchilik nomlarni ,albatta , o‘q uvchi yozadi ,ammo qo‘shaloq so‘z bo‘lsa – 
Mingbuloq ,Qatortol bo‘lsa ,birga yozilishi yoki ayrim yozilishi o‘zlashtirish katta
ahamiyatga ega . Bunda o‘zbek tilining qoidalari talabidan kelib chiqib , alohida ma‘no 
bersa – (Yangi zelandiyiya ) ayri –ayri qo‘shimcha ma‘no bersa (Yangi arim )qo‘shilib
yozilishini bilish muhim masala hisoblandi . Shuni ham aytish kerakki , kalka –tarjima
nomlarni bilish –geografikn ta‘limningyetakchi masalasi . Shimoliy Muz okeani ,Olovli yer
orollari ,Yashil burun orollari ,Birlashgan Arab Amirliklari kabi minglab nomlar tarjimada
beriladi .Yaponiyaning – ―Quyosh chiqar mamlakat ‖,Vensuella – Kichkina Vensuiya , Ulan – 
Ude –Ude daryosidagi qizi shahar ,Kolorada – bo‘lgan daryo , Rio –negru -Qoradaryo va 
boshqa shunga o‘xshash nomzod tarjima qijinmaydi .
Ayniv vaqtda bir ob‘ekt nomi boshqasiga ko‘chirilishi haqida ham bilish – ham 
ma‘noni bilish ,ham imloni bilishga yordam beradi . O‘zbekistondagi uchta viloytat nomi
daryodan o‘tgan (Qashqadaryo , Surxondaryo , Sirdaryo ) to‘qqistasining nomi shaharlar
otidan o‘tganligini ta‘kidlash lozim . Jazoyer , Tunis ,Lyuksimburg ,Gvatimala kabi davlatlar
nomi shahar ismi bilan atalsa ,Paragvay ,Kongo , Negir ,Sinegal ,daryolari nomi mamlakat
nomiga aylangan . Xyddi shunday nomlar dengizning davlat ,oqim , okean qari nomiga 
o‘tganligiga misolar ko‘pchilik . 
Geografik ta‘lim va toponimikada eng nozik masalalardan biri , an‘anaviy nomlar
bo‘lib , bunday nomlarni shu davlat xalqi tushunmaydi .Chunki –Albaniya o‘z xalqida 
Germaniya –Doychland ,Finlandiya -Suomi , Parij –Pari ,Vena-Ven , Oltin shox buxtasi –
Xalich va hokozo . Toponimlar va geografik atamalar haqidagi ta‘limot –geografiya
fanlarini bilish bilan qo‘shilib ,o‘qituvchi na o‘quvchini Yer sayyoramizning obektlari va 
tabiatini koz oldimizda gavdalantirishning zaruri talabi deb qaramoq lozim .
Geografiya talimi jarayonida geografiyani qiziqarli tomonini oshirish uchun
ta‘riflanayotgan atama termin va nomlarning ma‘no mazmuni va kelib chiqishini bilishga
intilish buni imkoni boricha o‘qituvchi o‘quvchiga yetkazish muhim ahamiyat kasb etadi 
. Shu fikrlar nuqtai nazaridan o‘z o‘lkasining tarixi , tabiati ,boyliklarini o‘rganadigan
ekskursiyalar tashkil etish ,tugarak ishini joylashtirish kabi sinfdan va maktabdan tashqari
muhim ahamiyatga egaki bu tadbirlar DTS da vao‘quv dasturlarida ko‘zda tutilgan . 
Qasqadaryo , Qarshi , Shahrisabz va boshqa toponimlarni
chuqurroq o‘rganish talab etiladi .Bu yerda biz ―Qashqadqryo ― nomining
etimologiyasi ,Qashqadaryoning viloyat sifatidagi tabiiy va iqtisqdiy izohini keltirish bilan 
chegaralanamiz. 
Bu borada o‘lkaning toponimlarining tabiat bilan jamiyat haqidagi bilim maqsadini va 
axborot berishga qaratilgan. Faslni amalga oshirishni ta‘lim etadi deyish mumkin. Avvalo o‘z 
o‘lkasining qolaversa faqat darslarda emas har kuni ommaviy axborot vositalarida eshitiladigan


geografik nomlarning ma‘nosini va atalish sababini bilish bugungi axobrotning tezkorligi 
davrning talabi hamdir. Ayni paytda o‘zi yashab turgan o‘lka o‘zi mansub bo‘lgan xalq 
o‘tmishi va qadryatlarini hurmat qili sh, avlod ajdodlarning orzu-umidlari mujassam bo‘lgan 
nomlar vatan tarixining bir bo‘lagi bo‘lganidan xalqning topqirligi va donishmandligini
ko‘rsatadigan geografik nomalar vatanga iftixor tuyg‘ularini tarbiyalaydi. Muhim vosita bo‘lib 
xizmat qiladi. Jahon hamjamiyatida ma‘lumki A.Q.Sh lari Rossiya fidratsiyasi Yaponiya 
Xitoy va boshqa eng katta davlatlar bugungi kunda O‘zbekiston o‘zlariga strategig hamkor deb 
biladilar. Ana shu kelajagi buyuk o‘zbekistonning neft va gazning 90% ni berayotgan g‘alla va 
paxta kabi asosiy qishloq xo‘jalik mahsuloti etishtirishda viloyatlar orasida birinchi o‘rinda 
turgan. Qashqadaryo viloyatining nomi Yunesko va O‘zbekiston hukumatining qarori bilan
2700 yilligi nishonlanayotgan viloyat Qarshi shahrining atalish tarixini va ma‘nosini bilmaslik
Qashqadaryolikman degan fuqaro uchun ham qarz ham farzdir. Viloyat odamlariga bu 
nomlardan iftixor qilishga ko‘p bora xaqlidirlarki faxrlanishga arzigulik tarixga ega bo‘lgan 
bu yurtni o‘zidan maydoni kichik aholisi kam iqtisodiyot salohiyati ustun bo‘lmagan viloyatga
besh yil davomida qo‘shib yuborildi. Maydoni katta bo‘lsada aholisi kamroq iqtisodiy potensiali 
ham u qadar yuqori bo‘lmagan viloyatga birlashtirib yuborilishiga sal qoldi. Qashqadaryoni 
viloyat sifatida tugatish, jahon madaniyatiga yuzlab Nasafiylarni bergan Qarshi shahrini viloyat 
markazi bo‘lish maqomidan mahrum qilishga harakatni har qanday Qashqadaryolik unutmasligi 
kerak. Maydoni jihatidan Qoraqalpog‘iston Navoiy va Buxorodan keyin to‘rtinchi 28 ming 400 
km kv . aholisi soni bo‘yicha Toshkent, Farg‘onadan keyin uchunchi o‘rinni egallagan.
Uzunligi 310 km havzasidagi suv yig‘in maydoni 8780 km kv. Bo‘lgan Qashqadaryo
Hosor tog‘larining qo‘shni Tojikiston doirasidagi 3000 m balandlikdagi Tog‘tosh davonidan
kichik jilg‘a sifatida boshlanadi. Qarshi dashtining Buxoro viloyati doirasidagi Qoravulbozor 
shahri yaqinida sug‘orishdan ortgan qoldiq va oqova suvlar qum va sho‘rhonlarga singib oqim 
tugaydi. Qashqadaryonin gko‘p yilik o‘rtacha suv sarfi 5,6 m kub./ sek yani 1 sek da uning
o‘zanidan 5,6 kba metr suv oqib o‘tadi. Bu miqdordagi suv faqat daryoning tog‘ havzasidagi 
birgina o‘zining yani Varganza qishlog‘i yaqinidagi o‘lchangan suv sarfi bo‘lib daryoning 
o‘zidan ham sersuvroq Oqsuv Yakkabog‘daryo Tanhoz daryo kabi chap irmoqlari o‘ng 
irmoqlari umuman havzaning barcha maydonidan hosil bo‘luvchi suv resursi 51,5 m kub/sek ni
tashkil etadi. Bu hajmdagi suv asosan 8132 km kv. Ga teng havzaning tog‘li doirasida hosil 
bo‘ladi. O‘rta Osiyo tabiiy sharoitida daryolar suvning yil bo‘yicha taqsimlanishi eng muhim
ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich daryolarning to‘yinish yani oziqlanish manbalariga 
bog‘liq bo‘ladi. Qashqadaryo to‘yinish bo‘yicha mangu qor uyumlari kichik muzliklar
mavsumiy qorlar erishida oziqlangani uchun qor va yomg‘irdan to‘yinadigan daryolar xiliga 
kiritiladi. Shu bois daryoning sersuv bo‘lishi bahor oylariga to‘g‘ri keladi. Daryolarning 
sersuvlashish darajasi oqim modili ko‘rsatkichi bilan ifodalanadi . Bir kv km maydonidan
to‘planadigan suv hajmi oqi modeli bo‘lob , Qashqadaryo havzasida oqi moduli 12 
raqamiga teng holbuki , qo‘shni Zarafshon havzasida 20-25 l/sek tashkil etadi. Qashqadaryo
asli amudaryoning o‘ng irmog‘i bo‘lgan Zarafshonning chap irmog‘idir. Garchi zarafshon 
Amudaryoga, Qashqadaryo Zarafshon endilikda yetib bormayotgan bo‘lsada Qashqadaryo O‘rta 
Osiyoning butun suv manbai Amudaryo havzasiga tegishlidir. Toponimikada ma‘nosi va kelib
chiqishi aniq bo‘lgan oydin nomlar , muayyan tahlilni talab qiladigan nooydin nomlarga ajratish 
tasnifi bor. Shu jihatidan Qashqadaryo toponimi nooydin toponimlar jumlasiga kiradi. 
Darhaqiqat Qashqadaryo toponimining kelib chiqishi haqida tadqiqotchilarning fikrlari yakdil 
emas. Bu so‘zning bir ma‘nosi ―Ser sharshara, ‖ ―Tez oqar ‖, ― Tog‘ daryosi‖, ―Qiya qirg‘oqli 
suv oqimi‖ bo‘lishi mumkin. Janubiy O‘zbekiston joy nomlarining taniqli tadqiqotchisi QDU 
prof. T.Nafasovning yozishicha, bu nom Qashqa+daryo gidronimi sifatida shakllangan.
Qadimgi turkiy tildagi Qash – tepa, balandlik qabariq joy do‘nglik ko‘tarilma cho‘qqi tog‘ 
tizmasi tik qirg‘oq va shu kabi bir – biriga monan yaqin bo‘lgan mazmunini bildiradi deb
hisoblaydi. Chunki hozirgi zaon qirg‘iz, o‘zbek tatar, Beshqir, va hakas tillarning ayrim
shevalarida qash zo‘zi shunday ma‘noga ega tarzda ishlatiladi. XII asr yozma yodgorliklarda 
ham, qash so‘zi huddi shunday mazmunga qo‘lanilgan. T.Nafasov V.V.Radlov lug‘atiga 
asoslanib, qash o‘simta, qavariq – joy. Qubba joy baland qirg‘oq degan mazmunga ega. Qash 
so‘ziga - qa – afeksi qo‘shilgan , Ugom –uyum , Urkach - urgach o‘qar usv sifatida tahlil 
etgan. Chindan ham asotoyidil izlanish ko‘pchilik turkiy tilarda qashqa so‘zi tog‘lik toqqa xos 


balandlikka tegishli mazmunda qo‘llanilishiga adabiyotlarda ko‘plab misollat topish mumkin.
Toponimist A.Ishayev ham V.V.Radlovning lug‘atiga asoslanib, Qashqadaryo Qashqa-buloq,
qashqa suv gidronimlarini balandlikdan oqib tushadigan shiddatli tez oqar daryo bo‘lganligi 
uchun shunday atalgan bo‘lishi kerak deb hisoblaydi. T.Nafasov A.Ishayev va boshqa 
tadqiqotchilar singari mualliflarning mashhur rus sharqshunosi turkshunosi etnografi va
areoligi VVRadlov ko‘p jihatdan o‘rinlidir. 1837-1918 yillarda yashab ijod etgan Radlov
O‖rta va syharqiy Osiyoni o‘rganish asoschilaridan biri 1898 yil Markaziy Osiyoga 
D.A.Klement boshchiligida ekspeditsiya uyushtirgan, yozuvchini o‘qigan qadimgi ung‘ur
yozma yodgorliklarini o‘rganish va elon qildirishga boshchilik qilgan olim turkiy tillarni – 
qiyosiy tarixiy o‘rganish asoschilardan biri , turkiy tilar kelib chiqishi va dealiktlarini chuqur
tahlil etgan ―shimoloy turkiy tillarning gramatikasi ‖ ―Mangoliyaning qadimgi turkiy 
yozuvlari‖ nomli yirik asarlarida turkiy tillar etnonezi tasnifi va tarixiy dealektologiyasini 
asoslab bergan. Qashqadaryo toponimining pay do bo‘lishi daryo oqib o‘tadigan havzaning
tabiatini mujassam etgan degan T.Nafasov, A.Eshlev kabi olimlarning fikrlariga biz ham bir 
darajada qo‘shilamiz. Shuning uchunki, Qashqadaryo asosan tog‘ daryosi, o‘z suvini tog‘lardan 
yig‘adi tekisliklarda esa daryo suvi sug‘orishga sarflanadi. Tog‘ daryolarining oqim surati tez , 
shiddat bilan oqishi va Varganza qishlog‘idan yuqori qismi -130-135 –km uzunlikdagi
Qashqadaryoning uzani tog‘lar orasidan tor vodiy hosil qilib ,o‘tishi hisobga olinsa 
,daryoning tez oqar tog‘ daryosi bo‘lganligidan shunday nom olganligiga astoydil
ishonging keladi .
O‘zi unchalik katta bo‘lmasada Markaziy Osiyoda yangi yerlar ko‘p
o‘zlashtirilgan ,yoqilg‘i xomashyo resurslarini qazib olishda dovrug‘ taratayotgan
viloyatlarga nom bergan Qashqadaryogidroimining atalishida bazi olimlar ,aksari geografik 
–toponimistlar yana bir xususiyatga etiborni jalb etadilar .Qaqshamoq ko‘rib , ko‘rib
qolmoq , qaqshaydigan daryo daryo bo‘lgani uchun shunday nom olgan degan yaxminni
bildiradilar . Qashqa – quruqlashish so‘zida q bilan sh o‘zaro o‘rin almashishb ,qashqaga
aylangan , so‘ng qashqadaryo bo‘lgan . Daryoning quyi qismiga nisbatan bu nom
qo‘llanilgan bo‘lishi mumkin . O‘rta osiyo joy nomlari va ilmiy geografik merosning
bilimdoni bo‘lga mashhur o‘zbek geografi H.Hasanov ham ayni shu fikrni quvvatlashga
moyillik bildirib ,‖Daryo tabiatida qashqa ‖ lik bor deb yozadi . Bu o‘rinda daryoning quyi
oqimida uning o‘rnida hpsil bo‘ladigan ko‘lmaklarga ishora etadi , shekilli , uzoqdan
qaraganda o‘zakdagi qurigando‘ng‘ oqarib k ulchalar qorayib , Ola – chalpoq –qashqa
manzara kasb etadi .Qashqa tabiatli o‘zan korinishga ega bo‘ladi . 
Taponimlar paydo bo‘lishida qiziq bir qonuniyat bor . Evropada shu jumladan
Rossiya , O‘kraina , Belarussiya va boshqa davlatlarda daryo o‘z sohilda o‘rnashgan
shaharlarga nom bersa , O‘rta va Markaziy Osiyoda buning teskarisi shahar yonidan oqib
o‘tuvchi gidronimlar shu aholi yashash maskani nomi bilan yuritiladi ; Amudaryo , 
Yakkabog‘dar yo , G‘uzordaryo , Kosonsoy , Kasbiysoy , Langardaryo singari bir darajada
ma‘lum va mashhur gidronimlar bularga yaqqol misol bo‘la oladi . Shu qonuniyatni
nazarda tutgan chamasi , mashhur sharqshunos akademik V.V Bartold Qashqadaryo
gidronimining paydo bo‘lishini Shahrisabzning qadimgi nomi Kesh bog‘lab izohlagan . 
Keshkrud , Qashqrud –Keshsuvi , Keshdaryo yoki Kesh +i +Rud nomining fonetik o‘zgargan
varyanti deb hisoblaydi . Rud – forsiyda daryo ,anhor , kanal ,suv , ariq ma‘nosini bildiradi . 
Hirot yonidan oqib o‘tuvchi – Hriru – Hirot daryosi –Hirot suvi – Tajand daryosi buning
tiniq misoli . V.V Bartold qashqa komponentli nomlar bilan Qashqadar yoning Qashqa tog‘
so‘zining munosabati yo‘q deb tushuntirgan . XX- asrning taniqli geogrif - toponemist olimi
E.M Murzayev , V.V.bartold izohiga moyillik , Keshkrud – Keshrud –Sug‘udcha nom
turkiyga – o‘zbekchaga Qashqadaryo keyinchalik Qashqadaryo deb tarjima qilingan bo‘lishi 
mumkin deb yozadi . Darvoqe A.Navoiyning ―Sab‘iy sayyor‖ dostonida Shahrisabizning
nomini . 
Dedilar; Kishvari durur dilkash , 
Oti ham Shahrisabz erur , ham Kash , -deb
Yozganligining guvohi bo‘ldiki V.V. Bartold , E.M.Murzayiv , T.Nafasov,P.Ravshanov
va bohqa tadqiqotchilarningQashqadaryo nomi aslan Kesh -Shahrisabz –daryosi mazmunida
paydo bo‘lgan degan fikirllariga ishonch bildirsa bo‘ladi . 


Atoqli o‘zbek toponimisti , geografiya fanlari doktori S.Qorayev Qzshqadaryo
gidronimini bir necha xil tiniq tez oqar suv sohilida o‘simlik kam yang qirg‘oqli suv ,
yolg‘iz tepa ma‘nolarini keltirib, qatoriga yana nomining kelib, chiqishini etnonim urug‘ 
qabila nomi bilan bog‘laydi. Qashqa deb ataluvchi turkiy zabon urug‘lar yashagan joylarda
oqqani uchun Qashqa urug‘iga mansub daryo, Qashqaliklar suvi sifatida nomlangan bo‘lishi 
mumkin. Degan izohni yoqlaydi. Chunki Qashqa urug‘i nomi qo‘shilgan gidronim va
oronimlar O‘rta Osiyoning boshqa hududlarida siyrak bo‘lsada uchraydi. Har qalay hozirgi
Qashqadaryoning daryo va viloyat sifatidagi nomida aloqadorlik mashhurlik boshqalardan
ajralib turishi aniq ko‘zga tashlanish kabi asl turkiy o‘zbekona ramziy ma‘no mazmunlar ham
birga o‘xshab tuyiladi, bizga xullas Qashqadaryo mikrotoponimida tarixiy voqiylik , turkiygoy 
xalqlarining el-elatlik va til hususiyatlari ham , O‘zbekiston hududidagi katta bir hududning
o‘ziga hos tabiiy geografik jihatlari ham tengma teng muhirlangan deb dadil aytish mumkin.

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin