O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kaferdrasi



Yüklə 461,29 Kb.
səhifə28/40
tarix01.12.2023
ölçüsü461,29 Kb.
#170600
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   40
Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kaferdras-fayllar.org

Ijtimoiy-madaniy yondashuv 
Insoniyat taraqqiyotini tushunishga ekologik yondashuvda bu o‘zgarishlar 
birmuncha darajada yaqqolroq ko‘zga tashlanadi. U. Bronfenbrenner, D.Kyun,
Dj.Vulvili, R.Makkol bolaning hayotini yaqin oilaviy qurshovdan boshlab
ijtimoiy, tarixiy kontekstgacha o‘z ichiga oluvchi real sharoitlarida uning kundalik
xulq-atvorini o‘ziga xos xususiyatlarini diqqat bilan tadqiq qilish zaruriyatiga 
e`tiborini qaratadi. Analizga ekologik ahamiyatli o‘zgaruvchilar sifatida bolaning
barcha hayotiy jabhalari kiritiladi uy, oila, sinf, transport, bog` ijtimoiy rollar va 
funktsiyalar qiz, opa, o‘quvchi xulq-atvor faolligini xarakteristikasi davomiylik,
zo‘riqish. U.Bronfenbrennerning ekologik tizim modeli keng mashhurlikka ega 
bo‘ldi. Ular tomonidan bolaning rivojlanishi dinamik jarayon sifatida ko‘rib
chiqiladi bir tomondan ko‘p darajali hayotiy muhit o‘sib ulg`ayuvchi individga 
ta`sir ko‘rsatadi va boshqa tomondan uning o‘zi faol ravishda uni qaytadan tuzadi.
U.Bronfenbrenner bolaning hayotiy muhitini to‘rt darajasini ajratgan. Hayotiy 
muhitning mikrodarajasi individni uning yaqin atrofidagilar bilan o‘zaro ta`sirini
oila, bog`cha xarakterli bo‘lgan mashg`ulotlar va ijtimoiy rollarni o‘z ichiga oladi. 
Mezodaraja yoki mezotizim ikkita yoki undan ko‘p mikrotizimlar o‘rtasida rasmiy
yoki norasmiy aloqalar yuzaga kelganda hosil bo‘ladi masalan, oila va maktab oila 
va tengdoshlar guruhi o‘rtasida. Ekzodaraja individ tajribasi bilan bevosita bog`liq
bo‘lmagan lekin unga bilvosita ta`sir ko‘rsatuvchi keng ijtimoiy muhitni qamrab 
oladi. Ota-onaning bandlik xarakteri, mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat, oilaviy
axborot vositalarini roli va nihoyat makrodaraja yoki makrotizim qadriyatlar, 
an`ana odatlar, qonunlar hukumat dasturlarining madaniy va tarixiy kontekstini
hosil qiladi. U.Bronfenbrennerning fikriga ko‘ra, bu barcha quyi darajalarga 
muhim ta`sir ko‘rsatadi. Tadqiqotchilarning ko‘proq e`tiborini jalb qiladigan hayot
davomida hayotiy yo‘l insonning rivojlanish g`oyasini laboratoriyaning nazorat 
qilinuvchi sharoitlarida o‘rganib bo‘lmaydi. Nafaqat oldindan aytish mumkin


77
bo‘lgan yoshga bog`liq o‘zgarishlarni balki har bir yoshga bog`liq o‘zgarishlarni 


balki har bir avlod uchun keng madaniy va tarixiy omillarni hisobga olishni talab


qiladi. P.Baltes 3 turdagi omillarni ajratgan. 1.YOshga bog`liq me`yorlar. 2.Tarixiy 
me`yoriy. 3.Me`yoriy bo‘lmagan omillar. YOshga bog`liq me`yoriy omillar bu
aytish mumkin bo‘lgan yoshdagi o‘zgarishlarda biologik tishlarni yorib chiqishi, 
jinsiy etilishi (menopauza va b.q) va ijtimoiy ( maktabga chiqish, harbiy xizmatga
chaqiruv, nafaqaga chiqish va boshqalar) sodir bo‘ladi. Tarixiy me`yoriy omillar-
bu butun yosh davri kategoriyalariga (qatoriga) u yoki bu tarzda ta`sir
ko‘rsatadigan global (dolzarb) mashtabdagi tarixiy hodisalardir (urush, siyosiy va 
iqtisodiy tarzda o‘zgarishi, epedemiya). Me`yoriy bo‘lmagan omillar- hayotning
aniq bir vaqti bilan bog`liq bo‘lmagan, lekin uni bazan keskin (birdan) 
o‘zgartirishga qodir bo‘lgan, shaxs hodisalarini aks ettiradi (kasallik, jarohat,
muhim inson bilan uchrashuv ajrashish va boshqalar). Aslida vaziyat bundanda 
murakkab chunki, ajratilgan omillar ta`siri bir qator boshqa xususiyatlar, xususan
jins, yosh, irq, ijtimoiy mansubligi. So‘z inson hayot yo‘liga bu omillarning 
murakkab qorishgan ta`siri haqida bermoqda.
SHunday qilib biz inson psixik rivojlanishini aniqlovchi omillar 
muammosiga asosiy e`tborni qaratib, O.Uotsonning klassik bexiviorizm nazariyasi,
B.Skinnerning operant o‘rgatish nazariyasi, A.Banduraning ijtimoiy kognitiv 
nazariyasi va U.Bronfenbrennerning ekologik tizim modeli misolida rivojlanish
psixologiyasidagi xulq-atvor yondashuvi evolyutsiyasini kuzatdik.


Yüklə 461,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin