138
yarim o’qning ichki shlitsali konussimon shestrinya o’tkazilgan bo’lib u
differensial qutisi ichiga joylangan. Yarim o’qning tashqi uchiga flyana qilingan
bo’lib u shpilkalar yordamida g’ildirak cho’nchagiga
mahkamlangan burovchi
moment yarim o’qdan yetakchi g’ildirak cho’ntagiga podshipnik orqali yuboriladi.
Podshipniklarni o’rnatilishi usuliga qarab yarim o’qlar yarim
yuksizlantrilgan 4/3 qismi yuksizlantrilgan va to’la yuksizlantrilgan bo’linadi.
Yarim o’qning tashqi uchida podshipnik yetakchi ko’prik g’ilofning
yoniga
joylashsa, bu yarim yuksizlantirilgan yarim o’q deb ataladi. Bu turdagi yarim
o’qga – R, P va S kuchlarida hosil bo’lgan burovchi momentlar ta’sir qiladi.
Bu yarim o’qlar yengil va kam yuk ko’taruvchi
yuk avtomobillarida
qo’llaniladi.
Yarim o’qning tashqi uchi yetakchi g’ildirakning gupchasiga mahkamlanib
gupchasiga o’zi esa ko’prik g’ilofining kerilgan yoniga podshipnikda o’rnatilgan
bo’lsa, buni 4/3 qismi yuksizlantrilgan. yarim o’qlar deb ataladi (12.6 chizma, b).
Bunda eguvchi momentning ko’p qismi podshipnik orqali g’ilofga o’tkazilib, oz
qismi yarim o’qga ta’sir qiladi. Bu turdagi yarim o’qlar
asosan yuqori sinfli yengil
avtomobillarga o’rnatilgan. Yarim o’qning tashqi uchi yetakchi g’ildurakning
gupchagi bilan tutashgan, gupchak esa yetakchi ko’prik g’ilofiga o’tqazilgan
ikkita
podshipnikda yotsa, to’la yuksizlantirilgan yarim o’q deb ataladi (12.6 chizma,v).
Bunda barcha kuchlar yarim o’q g’ilofiga tarqatiladi.
Bu turdagi yarim o’qlar o’rta va katta yuk avtomobillari hamda avtobuslarda
keng qo’llaniladi.
Nazorat savollari.
1. Asosiy uzatmani vazifasini ayting?
2.
Asosiy uzatmani turlari, tuzilishini ayting?
3. Differentsialni
vazifasi, turlari va tuzilishini ayting?
4. O’qlararo differentsialni tushuntiring?
5.Yarim o’qlarni vazifasi, turlari va ishlashini ayting?
Dostları ilə paylaş: