O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti transport vositalarining tuzilishi va nazariyasi fani bo’yicha



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə121/240
tarix24.12.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#192468
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   240
O’zbekistоn respublikasi-hozir.org

16-Mavzu: Rul boshqarmasi .
Reja.
1. Rul boshqarmasining vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi.
2. Rul mexanizmining vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi.


149
3. Rul yuritmasining vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi.


4. Rul yuritmasining gidravlik kuchaytirgichining vazifasi, turlari, tuzilishi
va ishlashi.
5. Gidrokuchaytirgichi ajratilgan rul mexanizmining tuzilishi va ishlashi.
Tayanch so’z va iboralar: Rul boshqarmasining vazifasi, turlari,
tuzilishi va ishlashi, rul mexanizmining vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi, rul
yuritmasining vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi. rul yuritmasining gidravlik
kuchaytirgichining vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi. gidrokuchaytirgichi
ajratilgan rul mexanizmining tuzilishi va ishlashi.
Avtomobilь harakatlanayotganda uning yo’nalishini oldingi g’ildiraklarni
burib o’zgartiriladi. Bu vazifani Rul boshqarmasi bajaradi.
Avtomobil
burilayotganda uning barcha
g’ildiraklari yonga
sirpanmasdan g’ildirashi
uchun bir nuqtada chizilgan
aylanalar bo’yicha
harakatlanishi lozim (14.1
rasm). Bu nuqtani (o)
burilish markazi deb ataladi.
G’ildiraklarning bitta
burilish markazi atrofida
harakatlanishi boshqariluvchi g’ildiraklarni har xil burchakka burib ta’minlanadi.
Bunda ichki boshqariluvchi g’ildirakning burilish burchagi (
q
I
) tashqi g’ildirakniki
(
q
T
) dan katta bo’ladi. Bu burchaklar orasidagi munosabat quyidagicha:
L
B
ctg
ctg
и
т
+
=
q
q
bu yerda V – burish tsapfalarining o’qi orasidagi masofa, L – avtomobilь
bazasi.
14.1-rasm. Avtomobilning burilish sxemasi va rul trapetsiyasi
R
I
va R
T
- boshqariluvchi g’ildiraklarning burilish radiuslari,


150
q


I
va
q
T
- boshqariluvchi g’ildiraklarning burilish burchaklari.
Boshqariluvchi g’ildiraklarni bir vaqtda har xil burchaklarga Rul trapetsiyasi
buradi. Rul trapetsiyasi ko’ndalang Rul tortqisi 3, burish tsapfalarining richaglari 2
va 4 hamda oldingi o’q 1 dan iborat. Avtomobilning minimal burilish radiusi
quyidagicha aniqlanadi:
Avtomobilning burilish radiusi kancha kichik bo’lsa, uning burila olish
qobiliyati shuncha yaxshi bo’ladi. Rul boshqarmasi – Rul mexanizmi bilan Rul
yuritmasidan tashkil topib, uning umumiy sxemasi 14.2-rasmda ko’rsatilgan.
Boshqariluvchi g’ildiraklar burish tsapfasiga o’rnatilgan bo’lib, tsapfalar o’z
navbatida oldingi o’q 11 ga sharnirli ravishda shkvorenь 8 bilan biriktirilgan.
Burish tsapfalari o’zaro yana richaglar 9 va 12 hamda ko’ndalang tortqi 10 bilan
ham ulangan. Rul chambaragi 1 burilsa, undan harakat sektor 4 ga val 2 va
chervyak 3 orqali uzatiladi. Sektordan kuch val orqali soshka 5 ga, so’ng bo’ylama
Rul tortqisi 6 va burish richagi 7 orqali burish tsapfasi 13 ga o’tib, boshqariluvchi
g’ildraklar buriladi.
Rul mexanizmi-Rul mexanizmi boshqariluvchi g’ildiraklarning yengil
burilishini ta’minlaydi. Boshqariluvchi g’ildiraklarning yengil burilishi Rul
mexanizmining uzatish soniga bogliq, qancha katta bo’lsa boshqariluvchi
g’ildiraklarning burilishi ham shuncha yengil bo’ladi. Lekin uzatish sonining
kattaligi o’z navbatida, boshqariluvchi g’ildiraklarni burish uchun sarflanadigan
vaqtni uzaytiradi. Bu hol, xozirgi zamon tez yurar avtomobillarini qisqa vaqtda
burib ulgurishida qiyinchilik tug’diradi. SHu sababli Rul mexanizmining uzatish
soni chegaralangan bo’lib, u yengil avtomobillarda 12…20 va yuk avtomobillarida
15…25.
14.2-rasm. Rul boshqarmasining sxemasi:
1-rul chambaragi, 2-val, 3-chervyak, 4-sektor, 5-soshka, 6-bo’ylama rul tortqisi, 7-
9-12-burish tsapfalarining richaglari, 8-shkvoren, 10-ko’ndalang rul tortqisi, 11-
oldingi o’q, 13- burish tsapfasi.
Avtomobillarda asosan globoidli chervyak-rolik, tsilindrik chervyak-sektor,
hamda vint-sektor tipidagi ul mexanizmlari ishlatiladi. Ulardan globoidli chervyak-
rolik tipidagi rul mexanizmi eng ko’p tarqalgan.
Rul yuritmasi -rul yuritmasi soshkadan berilgan kuchni boshqariluvchi
g’ildiraklarning tsapfalariga uzatadi (14.3-rasm). Yuritma detallari shunday


151
ulanishi kerakki, boshqariluvchi g’ildiraklarni burganda richag va tortqilar bir-


biriga nisbatan birikmalarda turli tomonga yengil og’ishi, va shuningdek, ular o’z
birikmalaridan zarur miqdordagi kuchni uzata olishi lozim. Buning uchun Rul
yuritmasining detallari bir-biri bilan sharnirli ravishda, dumaloq kallakli barmoqlar
vositasida biriktiriladi.
«Neksiya» avtomobilining rul boshkarmasi. «Neksiya» avtomobilining Rul
boshqarmasi reyka tipida bo’lib, ilashishdagi shesternya va tishli reykadan
iboratdir. Rul mexanizmi valdagi shesternyaning aylanma harakatini reykaning
ilgarilama qaytma harakatiga aylantiradi. Reyka yonida joylashgan sharnirli tortqi
yordamida boshqariluvchi g’ildiraklarni buradi.
Rul boshqarmasi
gidrokuchaytirgichga ega bo’lib, u
rotorli gidravlik taqsimlagichga ega
va magistrallarda moy yurishini
boshqaradi. Rul chambaragi u yoki
bu tomonga burilganda gidravlik
taqsimlagich yuqori bosim
magistralini gidrotsilindrning bir
tomoniga, uning ikkinchi tomonini
esa moy kaytish trubkasi bilan
ulaydi. Gidrotsilindr porsheni tishli
reykaning shtokiga maxkamlangan
bo’lgani uchun, ortiqcha bosim
ostida uni u yoki bu tomonga yurgizadi, natijada boshqariluvchi g’ildiraklar
buriladi.
Agar kuchaytirgich ishlamay qolsa, Rul boshqarmasi vazifasini bajaraveradi.
Gidrokuchaytirgich tizimida parrakli nasos ishlatilgan. Aytish joizki,
gidrokuchaytirgich qismlari ta’mirlanmaydi, shuning uchun Rul mexanizmi bilan
birga yangisiga almashtiriladi.
14.3-расм


152
Nazarat savollari.


1. Rul boshqarmasining vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi, rul
mexanizmining vazifasi.
2. Turlari, tuzilishi va ishlashi, rul yuritmasining vazifasi, turlari, tuzilishi
va ishlashi.
3. Rul yuritmasining gidravlik kuchaytirgichining vazifasi, turlari, tuzilishi
va ishlashi.
4. Gidrokuchaytirgichi ajratilgan rul mexanizmining tuzilishi va ishlashi.

Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin