161
2. Avtomobilning ekspluatatsiyaviy xususiyatlari.
Avtomobilning ekspluatatsiyaviy xususiyatlari nazariyasi transport
vositasining harakat qonunlarini o’rganuvchi fan bo’lib, nazariy izlanishlar va
eksperiment ma’lumotlari asosida avtomobilning ekspluatatsiyaviy
xususiyatlariga
ta’sir etuvchi konstruktsiya, ish sharoiti, texnik qarov va boshqa omillar ta’sirini
tahlil qiladi hamda avtomobil konstruktsiyasini yanada takomillashtirish yo’llarini
aniqlab beradi. Bu fan yuk tashish ishini unumli tashkil etish va eng katta foyda
olish masalalarini aniqlaydi.
Avtomobilning ekspluatatsiyaviy xususiyatlariga
tortish va tormozlash
dinamikasi, yonilg’i tejamkorligi, boshqariluvchanlik, turg’unlik, yo’l to’siqlaridan
o’ta olish qobiliyati, yurish ravonligi va harakat havfsizligi kiradi.
Avtomobilning dinamikasi yuk va passajirlarni berilgan yo’l sharoitida,
harakat havfsizligini saqlagan holda maksimal va o’rtacha tezlik bilan
harakatlanish qobiliyatidir. Avtomobil dinamikasi yaxshi bo’lsa, u yuk tashish
uchun shuncha kam vaqt sarf qiladi va unumdorligi oshadi.
3. O’lchagich va ko’rsatkichlar, GOSTlar, me’yorlar
Avtomobilga qo’yiladigan talablarni quyidagilarga ajratish mumkin :
- umumiy talablar;
- ekspluatatsiyaning
talablari;
- iqtisodiy talablar;
- «xavfsiz» avtomobilga bo’lgan talablar.
Avtomobilga bo’lgan umumiy talablarga quyidagilar kiradi:
1. Avtomobil konstruktsiyasi va o’lchamlari tipaj talablariga mos bo’lishi
zarur;
2. GOST va Yevro, Yevro-1, Yevro-2 va 3 talablariga to’liq
javob berishi
kerak;
3. Avtomobil konstruktsiyasining kelajagi bo’lishi kerak;
4. Avtomobil konstruktsiyasi yuqori texnologiya jihozlariga mos bo’lishi
zarur;
5. Avtomobil agregat, uzel, qismlarida kamyob ashyolar ishlatilmasligi
maqsadga muvofiq;
6. Zarur darajada qulay, komfortli bo’lishi lozim;
7. Patentlash jihatidan "toza" bo’lishi kerak va h. k.
Loyihalanayotgan va ishlab chiqarilayotgan
avtomobil konstruktsiyalari
davlat standartlariga, davlatlar aro xujjatlar talabiga javob berishi zarur. Gap
shundaki, standart shartlarining bajarilishi avtomobillarning jahon bozoriga
chiqishiga yo’l ochadi.
Avtomobil konstruktsiyasiga ekspluatatsiya
qiluvchilarning talablari
quyidagilar:
– avtomobilni ekspluatatsiya qilishga bo’lgan sarf – xarajatlar eng kam
bo’lishi kerak;
– transport vositasining o’rtacha tezligi katta bo’lishi kerak;
– avtomobilning yuk ko’tara olish qobiliyatidan samarador foydalanish
imkoniyatlari mavjud bo’lishi lozim;
– yonilg’i, moy ashyolarining kam sarfli bo’lishi maqsadga muvofiq;
162
- konstruktsiyasida moylanuvchi nuqtalari kam bo’lishi lozim;
– agregat, uzel, qismlarini texnik qarovdan o’tkazish o’ng’ay;
- yukni transportga ortish–tushirish oson bo’lishi maqsadga muvofiq.
Yuqoridagi talablarning qondirilishini bir tomondan avtomobil
konstruktsiyasi ta’minlasa, ikkinchi tomondan uni samarador ekspluatatsiya qilish
hisobiga ham erishilishi mumkin.
Avtomobil konstruktsiyasiga ekologik talablar uning atrof–muhitga ish
jarayonida havoni ifloslantiruvchi gazlarning eng kam tarqalishini ta’minlashdir.
Avtomobil konstruktsiyasiga iqtisodiy talablar quyidagilar:
– o’lchamlari
va massasi kichik;
– ishlab chiqarish tannarxi past;
– yonilg’i–moy tejamkorligi juda yuqori;
– kamyob ashyolarning ishlatilmasligi lozim.
Iqtisodiy talablar
yuqori darajali texnologiya, fan–texnikaning eng oxirgi
yutuqlaridan foydalanish, xizmatchilarning bilim saviyasi yuqori darajada bo’lishi
hisobiga erishilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: