158
Yakka avtomobildan farqli avtopoezd bir – biri bilan sharnirli ulangan ikki
yoki undan ko’p transport zvenosidan (elementdan) iboratdir. Avtopoezdda
yetakchi zveno sifatida
tortuvchi avtomobil hisoblansa, yetaklanuvchi zveno bo’lib
tirkama, yarim
tirkama va yoyma
(rospusk) tirkamalar
hisoblanadi.
Avtopoezdlar
dan foydalanish
quyidagi
afzalliklarga ega:
1. O’qqa
tushayotgan og’irlik
kam;
2.
Dvigatelning
ortiqcha quvvatidan birmuncha to’la
foydalaniladi;
3. Avtomobil unumdorligi yakka avtomobilga nisbatan ikki va undan ko’p
marta ortiq;
4. Bir tonna tashiladigan yukka sarflanadigan yonilgi 20% ga kam;
5. Idish (tara) koeffitsienti (o’z og’irligining yuk ko’tarishiga nisbati) va
harakatlanuvchi qo’shilmaning narhi kam;
6. Tashish masofasiga bog’liq ravishda tashish tannarxi 20 – 30 % ga
kamayadi.
O’z vazifasiga ko’ra yuk tashuvchi avtopoezdlar universal, ixtisoslash-
tirilgan va maxsus avtopoezdlarga bo’linadi.
Universal avtopoezdlar har xil yuklarni tashishga mo’lljallangan (bort
plat-
formali avtopoezdlar va universal furgonlar);
Dostları ilə paylaş: