O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti transport vositalarining tuzilishi va nazariyasi fani bo’yicha


-Mavzu: Ixtisoslashtirilgan transport vositalari (2 soat)



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə125/240
tarix24.12.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#192468
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   240
O’zbekistоn respublikasi-hozir.org

18-Mavzu: Ixtisoslashtirilgan transport vositalari (2 soat).
Reja:
1. Ixtisoslashtirilgan transport vositalarining turlari.
2. Avtopoezdlarning vazifasi, turlari, afzalliklari va kamchiliklari.
3. Bir va ikki o’qli tirkamali avtopoezdlarning turlari va ulardan unumli
foydalanish yo’llari.
4.Qurilish konstruktsiyalarini va og’ir va uzun o’lchamli yuklarni tashuvchi
avtopoezdlarda tashish.
5. Furgon, refrejeratorlar, tsisternalar.
6. Kuzov va kabinalar.
Tayanch so’z va iboralar: Ixtisoslashtirilgan transport vositalarining
turlari, avtopoezdlarning vazifasi, turlari, afzalliklari va kamchiliklari, bir va ikki
o’qli tirkamali avtopoezdlarning turlari va ulardan unumli foydalanish yo’llari.
qurilish konstruktsiyalarini va og’ir va uzun o’lchamli yuklarni tashuvchi
avtopoezdlarda tashish. furgon, refrejeratorlar, tsisternalar, kuzov va kabinalar.
1. Ixtisoslashtirilgan transport vositalarining turlari.
Ma’lum turdagi yukni
(yoki o’xshash yuklar
guruhini) tashishga
moslashtirilgan yoki tushirish
- yuklashni ta’minlovchi
maxsus qurilmalar bi-lan
jihozlangan avtomobil


157
(avtopoezdlar) majmui ixtisoslashtirilgan transport vositalari (ITV) deyiladi.


Yuqoridagidan kelib chiqqan holda ITV quyidagi turlarga bo’linadi: o’zi
ag’daruvchilar (samosvallar); o’zi yuklovchilar (samopogruzchiki); tsisternalar;
furgonlar; uzun o’lchamli, og’ir vaznli va qurilish konstruktsiyalari tashuvchilar.
Bazaviy shassisiga ko’ra ITV avtomobil, tirkama va yarim tirkamalarga bo’linishi
mumkin.
Tirkash tuzilmalari bilan ulanuvchi zveno (elementlari) soniga ko’ra esa ITV
yakka avtomobil va avtopoezdlarga bo’linadi.
ITV umumiy vazifali bort platformali avtomobillarga taqqosiy ravishda
quyidagi afzalliklarga ega:
- Yukni tashish jarayonida yuklarni sifatini hamda miqdorini yuqori darajada
saqlashligi (izotermik furgonlar, tsisternalar);
- Tushirish - yuklash jarayonini mexanizatsiyalashtirish imkoniyati (o’zi
ag’daruvchi, o’zi yuklovchi avtomobillar, tsisternalar);
- Spetsifik yuklarni tashish imkoniyati (suyuq, uzun o’lchamli, og’ir vaznli
va b.)
- Idishga (tara) bo’lgan harajatni kamaytirish (furgonlar);
- Yuklarni tashishda qo’shimcha operatsiyalarni istisno qilish (tayyor
kiyimlar);
- Ba’zi bir yuklarni tashishda xavfsizlikni oshirish va sanitariya-gigiena
sharoitni yaxshilash, (kimyoviy moddalarni va chang tarqatuvchi yuklar).

Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin