O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti transport vositalarining tuzilishi va nazariyasi fani bo’yicha



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə122/240
tarix24.12.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#192468
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   240
O’zbekistоn respublikasi-hozir.org

17-Mavzu: Tormoz boshqarmasi
Reja:
1. Tormoz boshqarmasining vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi.
2. Tormoz mexanizmining turlari, shakli, tuzilishi va ishlashi.
3. Tormoz yuritmasining vazifasi, turlari, shakli, tuzilishi va ishlashi.
4. Gidrosiyraklash kuchaytirgichining vazifasi shakli, tuzilishi va ishlashi.
5. Antiblokirovkolovchitizimning vazifasi sxemasi va ishlash printsipi.
Tayanch so’z va iboralar: Tormoz boshqarmasining vazifasi, turlari, tuzilishi
va ishlashi. tormoz mexanizmining turlari, shakli, tuzilishi va ishlashi. tormoz
yuritmasining vazifasi, turlari, shakli, tuzilishi va ishlashi, gidrosiyraklash
kuchaytirgichining vazifasi shakli, tuzilishi va ishlashi.
1. Tormoz boshqarmasining vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi.
Tormoz boshqarmasining vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi.
Avtomobilning tekis yoki o’zaruvchan tezlikda shitob bilan balandlikka va
inertsiya kuchi bilan pastlikka harakatlanish hollari uchraydi. Avtomobil
harakatlanishining hamma hollarida, vaziyatga qarab, sekinlatish yoki to’xtatish va
to’xtatilgan avtomobilni o’z holatida qo’zg’atmasdan saqlab turish kerak bo’ladi.
SHu maqsadda har bir avtomobilda, albatta ikkita: ish va to’xtatib turish tormoz
tizimi bor. Avtomobillarning og’ir va o’ta og’ir ko’taruvchi modellarida esa
qo’shimcha, yordamchi va avariya tormoz tizimlari ham bo’lib, ularning har biri
ma’lum vaziyatda o’z vazifasini bajaradi. SHu nuqtai nazardan qaralganda
avtomobil yoki avtotransport vositasini tormozlash vazifasini bajaruvchi tizimlar
yig’indisiga tormoz boshqarmasi deb yuritiladi.


153
Avtomobilning tormoz boshqarmasi to’rtta tormoz tizimidan iborat:


Ish tormoz tizimi avtomobil har xil sharoitda harakatlanganda uning tezligini
kamaytirish yoki darhol to’xtatish vazifasini o’taydi.
Ehtiyot tormoz tizimi ish tormozi ishlamasdan qolganda avtomobilni
to’xtatish uchun kerak.
To’xtatib turish tormoz tizimi to’xtab turgan avtomobilni o’z joyida
qo’zg’almasdan turishini ta’minlaydi.
Yordamchi tormoz tizimi avtomobilning harakatlanishini uzoq muddat bir xil
tezlikda saqlab turish yoki juda kichik tezlikda harakatlanishini rostlash vazifasini
bajaradi.
Ko’pchilik avtomobillarda yordamchi tormoz tizimi vazifasini dvigatelni
tormozlash rejimida ishlatib bajariladi. Og’ir yuk avtomobillarida, avtobus va
pritseplarda, bu maqsadda maxsus tormoz tizimi – sekinlatgich qo’llaniladi.
Avtomobillarda qo’llaniladigan tormoz tizimlari qanday vazifani bajarishidan kat’i
nazar, ular energiya manbai va bitta yoki bir nechta tormoz mexanizmlaridan
iborat bo’ladi.
Tormoz tizimining ishlashi uchun kerakli bo’lgan energiya bilan
ta’minlovchi tuzilmalar yig’indisi energiya manbai deb ataladi. Energiya
manbaidan tormoz mexanizmlariga energiya uzatuvchi tuzilmalar yig’indisi tormoz
yuritmasi deb ataladi.
Barabanli tormoz simmetrik ravishda joylashgan ikkita kolodkalardan
tashkil topib, tashqi silindrik yuzasida friktsion tormoz ustqo’ymasi


154
maxkamlangan. Gidravlik yuritmali ish tormoz tizimida bitta keruvchi gidravlik


silindrli va kolodkalari bitta yoki ikkita tayanch barmoqqa o’rnatilgan tormoz
mexanizmi qo’llaniladi. Ba’zan ikkita keruvchi gidravlik silindrli tormoz
mexanizmi ham ishlatiladi.
Pnevmatik yuritmalari asosiy tormoz tizimida esa bitta keruvchi kulachokli
va kolodkalari bitta yoki ikkita tayanch barmoqqa tayangan tormoz mexanizmi
ko’proq ishlatiladi.
«Neksiya» avtomobilining tormoz boshqarmasi. «Neksiya» avtomobilining
tormoz boshqarmasining old g’ildiraklarida diskli, ketingisida barabanli tormoz
mexanizmlari o’rnatilgan bo’lib, diagonal sxemali ikki konturli tizimdan iborat.
Tormoz yuritmasida ikki bo’limli tormoz silindri ishlatilgan, unga
qo’shimcha tormoz suyuqligining sathini ko’rsatuvchi datchik va tormoz kuchlari
rostlagichining proportsionallik klapanlari kiritilgan.
Diskli tormoz mexanizmining ichki kolodkasini diskka suyuqlik bosimi
ostidagi porshen, tashqisini esa silindrda o’rnatilgan harakatchan skoba
yo’naltiriluvchi barmoq bo’ylab harakatlanib siqadi. Bu esa avtomobilning
ekspluatatsiyasi davrida disk va kolodka orasidagi tirqishning avtomatik ravishda
stabil, o’zgarmasdan saqlanishini ta’minlaydi.
Ketingi kolodka barabanli tormoz mexanizmi faol va faol emas tormoz
kolodkalaridan iborat bo’lib, uning shu tipdagi mexanizmlardan farqi yo’q. Orqa
g’ildiraklardagi tormoz kuchini rostlagich, asosiy silindrda bosim ma’lum darajaga
o’sgandan so’ng, uning yuritmasidagi bosimning usishini cheklaydi va muxosara
bo’lishdan saqlaydi.
Tormoz boshqarmasining asosiy tormoz silindri tormoz suyuqligining satxi
me’yoridan kamayganda V R A K Ye signali yonadi. Agar qo’shimcha suyuqlik
quyilsa signal uchadi.

Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin