148
stabilizatori kuzovni kundalang tekislik buyicha tebranishini va og’ishini
kamaytirish hamda avtomobilning turgunligini ta’minlash uchun xizmat qiladi.
13.5-chizma.
13.5-chizma. Ko’ndalang turg’unli stabilizatori:
1-P-simon shtanga, 2-rezinali vtulka, 3-ustunlar,
4 va 5-rezinali yostiqchalar.
Stabilizator shtangasi 1 prujinali po’latdan
kesimi yumaloq P-simon
po’latdan iborat bo’lib, ikki joydan rezinali vtulka 2 yordamida lonjeron ramasiga
yoki oldingi g’ildirak osmasiga o’rnatilgan. Uning ikki uchi ustunlar 3 yordamida
osmaning pastki richagiga metall qoqib va rezinali yostiqchalar 4 vva 5 yordamida
biriktirilgan.
Avtomobilning chap yoki o’ng g’ildiragi pastga tushganda kuzov ma’lum
burchakka og’adi va shtanga 1 buriladi. Natijada elastik kuch paydo bo’lib
bu kuch
kuzovning og’ishiga qarshilik qilib kuzovning og’ish burchagini kamaytiradi.
Bunda yuqorigi yostiqcha 4 pastki yostiqchaga nisbatan ko’proq eziladi.
Stabilizator mustaqil osmalarga o’rnatilgan.
Nazorat savollari.
1. Avtomobilni yurish qismini vazifasini tushuntiring?
3. Avtomobil ramasining vazifasi, turlari va tuzilishini ayting?
4. Avtomobil ko’priklarini vazifasi, tuzilishi va turlarini ayting?
5. Ikki qismga ajraladigan va ajralmaydigan yetakchi ko’priklarni tuzilishini
ayting?
6. Etaklanuvchi qo’priklarni turlarini ayting?.
7. Osmalarni vazifasini tushuntiring?
8. Osmalarin turlarini ayting?
9. Muvozanatlangan osma?
10.Ko’ndalang turg’unlik stabilizatorini tushuntiring?
11.G’ildirak va shinalarni vazifasini tushuntiring?
12.Nima uchun boshqariluvchi g’ildiraklarda o’rnatilish burchaklari mavjud?
Dostları ilə paylaş: