135
Avtomobil to’g’ri va tekis yo’lda harakatlanayotganda satalitlar o’z o’qlari
atrofida
aylanmaydi, chunki bunda yarim o’qlarning shesterniyalari bir hil
qarshilik ko’rsatadi. Bu holda yetakchi g’ildiraklar bir hil burchak tezlikda
aylanadi. Avtomobil burulganda ichki g’ildirak yarim o’qining shesterniyalar
tashqi g’ildiraklariga nisbatan kattaroq qarshilik ko’rsatadi.
SHu sababli satalitlar
va ichki g’ildirak yarim o’qining shesterniyasi bo’ylab aylana boshlaydi va shu
bilan tashqi g’ildirak yarim o’qining shesterniyasini katta burchak tezligida
aylanishga majbur etadi.
Natijada ichki g’ildiraklarning aylanishlar soni kamayib tashqi g’ildiraklar
aylanishi ko’payishi hisobiga harakatlanayotgan avtomobil harakat yo’nalishini
o’zgartirib chapga yoki o’nga buruladi.
Konus shesternyali g’ildiraklar simmetrik differentsialning shakli va
xususiyatlari.Hozirgi vaqtda deyarli hamma avtomobillarda g’ildiraklari
differentsial o’rnatilgan bo’lib ularda asosan konussimon shesterniyali
differentsiallar qo’llanilgan.
Avtomobillarda konussimon shesterniyalar differentsial keng tarqalgan
bo’lib (12.5- rasm), u yarim o’qlar 6 va 8 shesterniyalari 4 va 5, satellitlar 2 va 7,
barmoq 3, differentsial qutisi 1 dan tuzilgan. Bunday avtomobillarda satellitlar
soni yuk avtomobillari va avtobuslarda 3 ta yoki 4 ta, yengil avtomobillarda esa 2
ta bo’ladi. Satellitlar krestovinaning tsilindrik barmoqlari 3 ga erkin o’rnatilgan.
Krestovinaning satellitlar bilan yig’ilgan holda barmoqlar
orqali differentsial
qutisining devorlaridagi teshikchaga kiritiladi.
12.5-chizma Konus shesternyali g’ildiraklararo
simmetrik differentsialning shakli.
Avtomobil o’ngga burilganda uning ichki g’ildiragi bilan yo’l orasidagi
ishqalanish katta bo’lgani sababli tashqi g’ildirakka nisbatan kam yo’l bosib o’tadi.
Satellitlar 2 va 7 oz o’qi atrofida aylanib, ikkinchi yarim o’q shesternyasi 5 ni
kamroq moment bilan tezroq aylantiradi, natijada tashqi g’ildirak tezroq aylanib
ko’p yo’l bosadi.
G’ildiraklararo simmetrik differentsial
burovchi momentni yetakchi
g’ildiraklarga teng taqsimlab beradi. Lekin bunday taqsimlanish avtomobilning
dinamik sifati va utuvchanligiga salbiy tasir ko’rsatadi. Masalan yetakchi
g’ildiraklarning bittasi taygaladigan yo’l shaxobchasiga tushib qoldi, ikkinchi
g’ildirak sirti qattiq yo’l shaxobchasiga tushib
qoldi desak, g’ildiraklardagi
burovchi momentlar bir xil bo’ladi. Natijada g’ildiraklardagi burovchi
136
momentlarning yigindisi yo’l qarshiligini yenga olmasdan avtomobil o’z o’rnidan
jilmaydi va sirpanchiq yo’lda shahobchasidagi g’ildirak shataksirab o’z o’rnida
aylanaveradi, hamda qattiq yo’l shahobchasidagi g’ildirak esa yo’l qarshiligini
yenga olmay o’z o’rnida qimirlamay turaveradi. Bunday qo’shilish uchun yarim
o’q shesterniyalari differentsial qo’shilishiga qattiq biriktirish lozim.
(differentsialni blokirovkilanadi).
Dostları ilə paylaş: