23-Mavzu: Avtomobilning yonilg’i tejamkorlik xususiyati.
Reja:
1. Avtomobilning yonilg’i tejamkorlik tavsifi.
2. Yonilg’i tejamkorlik tavsifini hisoblash.
3. Yonilg’i tejamkorligiga ta’sir etuvchi ekspluatatsion omillar.
Tayanch so’z va iboralar: Avtomobillarning yonilg’i tejamkorlik o’lchamlari
va ko’rsatkichlari, yonilg’i tejamkorlikka ta’sir etuvchi omillar, yonilg’i
tejamkorlik tavsifini hisoblash, avtomobilning iqtisodiy tavsifi, 100 km masofaga
avtomobillarning yonilg’i sarfi me’yorlari.
1. Avtomobilning yonilg’i tejamkorlik tavsifi.
Avtomobilning asosiy xususiyatlaridan biri uning yonilg’i tejamkorligidir,
chunki tashilayotgan yukning tannarxini 15-20 foizini yonilg’i sarfi tashkil etadi.
Avtomobilning iqtisodiy sifati uning berilgan yo’l sharoitida harakatlanib,
sarf qilgan yonilg’i miqdori bilan beligilanadi.
Avtomobil dvigatelining tejamkorligini baholash uchun o’lchov birligi qilib
solishtirma yonilg’i g
e
g
/(kVt·soat) sarfini qabul etilgan. Bu o’lcham dvigatelning
tejamkorligini aniqlaydi, lekin avtomobilning tejamkorligini aniqlay olmaydi.
Avtomobilning yonilg’i tejamkorligi o’lchami etib 100 kilometr masofani
bosib o’tishda sarflangan yonilg’i yoki 1t yukni 1 km masofaga tashishda
sarflangan yonilg’i miqdori bilan belgilanadi. O’lchov birligi l
/100 km yoki
l
/tonna·km bo’ladi.
Avtomobilning yonilg’i tejamkorligi birinchi navbatda dvigatelning texnik
holati va ishlash maromiga bog’liq.
Dvigatelning bir soatda sarflagan yonilg’i miqdori quyidagicha aniqlanadi:
G
yo
=
g
e
·N
e
/
1000, kg
/soat,
(10.1)
bu yerda: g
e
-dvigatelning solishtirma yonilg’i sarfi, g
/kVt·soat,
N
e
-dvigatelning samaradorli quvvati, kVt.
197
Avtomobilni 100 km masofani bosib o’tishda sarflagan yonilg’i miqdori
quyidagicha aniqlanadi:
Q
s
=
1000·G
yo
/
(36·V
a
·
r
yo
), l
/100 km
(10.2)
bu yerda: V
a
- avtomobilning tezligi, km
/soat;
r
yo
- yonilg’ining zichligi, benzin yonilg’isi uchun 0,75 g
/sm
3
; dizel yonilg’isi
uchun 0,86 g
/sm
3;
Bir tonna yukni 1 kilometr masofaga tashishda sarflangan yonilg’i miqdori
quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
Q
T-km
=
с
юк
s
G
Q
g
×
100
, l
/t-km
(10.3)
bu yerda: G
yuk
-avtomobilga yuklangan yuk, t;
g
s
-yuk sinfi koeffitsienti bo’lib yuklarning sinfiga va turiga bog’liq
g
s
ning qiymatlari quyidagicha:
1-sinf-og’dariladigan,
g
s
=1,0
2-sinf-qopli va bochkali,
g
s
=0,8
3-sinf-idishli va bog’langan,
g
s
=0,6
4-sinf-uzun o’lchovli, karton korobkali, idishli, ho’l meva, tuxum, shishali
idishlar, suyuqlik, kabi yuklar bo’lib,
g
s
=0,4.
Dostları ilə paylaş: |