Tayanch so’z va iboralar: Avtomobilning ekologik xususiyatlari, Gibrit yuritmali
avtomobillar, Elektromobillar
19 asr oxirlari 20 asr boshlarida yer yuzida sanoatni va avtomobil
transportining rivojlanishi natijasida yangi “Atrof muhitni himoyalash” muammosi
paydo bo`ldi. Agarda zavod va fabrikalar bir aniq joyda joylashib, ma`lum
hududlarnigina ifloslantirsa, avtomobillar esa inson oyog`i yetgan joyning
barchasiga ta`sir ko`rsatadi.
Avtomobil transportining atrof muhitga zararli ta`sirini quyidagi sxemadan
ko`rish mumkin.
1-rasm. Avtomobil transportining atrof muhitga zararli ta`siri. Har qanday yonilg`i yonganda, turli xil yonish chiqindilari ajralib chiqadi.
Bu chiqindilar inson salomatligiga va atrof muhitga kata ta`sir ko`rsatadi.
Shahardagi zavodlar, fabrikalar va avtotransport korxonalari atrof muhitni
ifloslantiruvchi asosiy manbalardir. Agarda zavod va fabrikalar bir aniq joyda
joylashib, o`z atrofini ifloslantirsa, avtomobillar esa barcha ishlagan joylarida o`z
ta`sirini ko`rsatadi. Avtomobil transporti, hozirgi vaqtda zavod va fabrikalarga
qaraganda, atrof muhitni ko`proq ifloslantiruvchi manbaa hisoblanmoqda.
Avtomobil transportidan foydalanishda atrof muhitni zararlantiruvchi 3 xil
manbani ko`rish mumkin: chiqindi gazlar, karter gazlari va yonilg`i bug`lanishi
natijasida hosil bo`ladigan zararli moddalar (yonilg`i bakidan, karbyuratordan va
hokazo. 1-rasm).
Chiqindi gazlar atrof muhitga avtomobilning ishlashi natijasida chiqargan
zaharli moddalarning 65-70% ini, karter gazlari esa 20% ini tashkil qiladi. Hozirgi
vaqtda hal qilishi kerak bo`lgan eng katta muammo avtomobilni ishlatishdan
chiqadigan zaharli chiqindilarni kamaytirishdan iboratdir.
Ta`minlash tizimidan
oqqan yonilg`i
Avtomobil