O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti transport vositalarining tuzilishi va nazariyasi fani bo’yicha


Dvigatel ishlashi natijasida chiqadigan zaharli



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə175/240
tarix24.12.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#192468
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   240
O’zbekistоn respublikasi-hozir.org

Dvigatel ishlashi natijasida chiqadigan zaharli
chiqindilar


227
yonuvchi aralashmasining to`liq yonmasligiga olib keladi. Uzgich kontaktlari


oralig`ini me`yordan o`zgarishi ham shamlardagi kuchlanishning kamayishini va
uchqunni kuchsizlanishini yuzaga keltiradi, bu ham yonuvchi aralashmaning to`liq
yonmasligiga, natijada yonish maxsulotlari tarkibidagi CO ning miqdori oshib
ketishiga olib keladi.
Dizel dvigatellari forsunkalarining yonuvchi aralashmasini oldindan sepish
burchagining o`zgarishi, hamda sachratish burchagining me`yorda emasligi
(burchak kam bo`lsa, yonilg`i sachratish tezligi oshadi va qisman yonilg`i porshen
ustiga o`tirib qoladi, burchak katta bo`lsa yonilg`i yonish kamerasini hamma
joyiga yetib bormaydi) yonuvchi aralashmaning yomonlashuviga va yonilg`ining
to`liq yonmasligiga olib keladi. Bu hollarda ham, chiqindi gazlar tarkibidagi zararli
moddalar mqdori ko`payadi.
Karbyuratorli va dizel dvigatellari ishlashi natijasida, yonish mahsulotlari
tarkibidagi chiqindi gazlar miqdori ko`rsatkichlari 1 –jadvalda ko`rsatilgan.
1-jadval.
Chiqindi gazlar tarkibi, %
Chiqindi gazlar
tarkibidagi moddalar
Benzinli dvigatellar
Dizel dvigatellari
Azot
74-77
76-78
Kislorod
0,3-8,0
2-18
Suv
3,0-5,5
0,5-4,0
Uglerod-2 oksidi
5-12
1-10
Uglerod oksidi
1-10
0,02-0,50
Azot oksidi
0-0,8
0,001-0,400
Uglevodorodlar
0,20-0,30
0,1-0,10
Oltingugurt gazi
0-,002
0-,03
Qurum, g/m
3
0-,04
0,1-1,5
Benzoprin, g/m
3
0,0002
0,00001
Atmosferani muhofaza qilish. Yerdagi hayot sayyoramizning tashqi
qobig’i, koinotni dahshatli ta’siridan saqlab turadigan qatlam atmosferaning
tugashiga qadar davom etadi. Atmosfera yerning havo qatlami. Uning balandligini
aniq aytish qiyin, chunki uning yuqorigi qatlamlarida havo nihoyatda siyrak.
Barcha havoning ¾ qismi uning pastki qatlami troposfera (uning o’rtacha
balandligi 11-12 km, ya’ni 9 km qutblarda, 17 km. gacha ekvatorda). Keyingi
qatlami strotosfera (80-90 km gacha), undan qolgani ¼ butun havo bo’ladi. Eng
baland qatlam ionosfera va ekzosfera (1500-3000 km. gacha), unda ayrim
gazlarning molekulalari bo’ladi. Ularning zichligi yer qobig’i ustki havosiga
nisbatan bir necha million marta kichik.
Yerdagi gazlarning ayrim molekulalari uchun 3000 km chegara emas, ular
10-20 ming km balandlikda ham uchraydi. Shunday qilib, sayyoramizning hayotni
saqlab turadigan havo qobig’ining qalinligi 1,5 km bo’lib, u yerning mashtabiga
ko’ra, juda kichik (yer radiusining ¼ qismini tashkil qiladi). Koinot mashtabiga
ko’ra (quyosh bilan yerning o’rtasidagi masofani), uning 1/100000 qismini tashkil
qiladi.


228
Atmosferaning zichligi pastdan yuqoriga borgan sari kamayadi, ya’ni


siyraklashadi. Uning zichligi, hatto dengiz yuzida 0,001 g/sm
3
yoki suvning
zichligiga ko’ra 1000 marotaba kam. Shuning uchun olimlarning fikrlashicha, u
himoya qilish vositasi tushunchasini bermaydi. Shunga qaramay, “muallaq” havo
yerdagi hayotni barqarorligini ta’minlaydi va koinotni zararli xavfdan saqlab
turadi. Bu “metin” qobig’ ini faqat bir necha yuz tonna massaga ega bo’lgan
meteoritlar teshib o’tishi mumkin. Bunday hodisalar juda kam, faqat favqulotda
bo’lib turadi. Atmosferaning tarkibi mavjudodlar uchun muhim ahamiyatga ega. U
78% azot, 21% kislarod, 0,9 argon va 0,03% karbonat angidrid va juda kam
miqdorda uchraydigan boshqa gazlardan iborat. Bulardan tashqari, atmosferada
suv bug’lari (4%), bir qancha turli tabiiy mexanik bo’lakchalarning aralashmalari
ham uchraydi. Atmosfera havosining tarkibi turli sabablarga ko’ra (mavsum, yillar,
okeanlar, tog’lar va hokazolar), o’zgarishi mumkin.

Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin