327
Taqdim etish usuliga
ko’ra
1. Bosma
2. Elektron
3. Video-keys
4. Audio-keys
5. Mulьtimedia-keys
1. Mavjud vaziyat
Xayotimizga avtomobillar shunchalik kirib kelganki ularsiz xayotni tasavvur
qilish qiyin. Xususan xozirgi kunda xom ashyo va tayyor maxsulotlarni tashish,
ochiq usulda ko’mir va ruda qazib chiqarish, sanoat
usulida uy-joy binolari va
sanoat korxonalari qurish, qishloq xo’jaligiga zarur yuklar, o’g’it va turli
maxsulotlar tashish, keng iste’mol mollarini bevosita iste’molchilarga o’z vaqtida
yetkazib berish va boshqa maqsadlarda avtomobillardan foydalaniladi. Yuk
avtomobillaridan tashqari yo’lovchi avtomobillarining ham mamlakatimiz
aholisining kundalik turmushidagi axamiyati katta.
Birinchi avtomobil qaerda va qachon yaratilgan, avtomobillardan avval
qanday harakat vositasi bo’lgan? Harakat manbai bo’lgan
dvigatellar qachon
yaratilgan? Dvigatellarning qanday turlari bor? Xozirgi davrda qanday
avtomobillar yaratilmoqda va xokazo savollarga javob topish uchun avtomobil
tarixiga nazar tashlaymiz.
«Avtomobil» so’zi grekcha «autos»-o’zi va lotincha «mobilis»-
harakatlanuvchi so’zlar yig’indisidan tashkil topgan bo’lib «O’zi- harakatlanuvchi»
degan ma’noni bildiradi. Avtomobilь–quruqlikda harakatlanuvchi transport
vositasi bo’lib, mustaqil energiya manbaiga ega bo’lgan dvigatel bilan jihozlangan
hamda katta qulaylikka va xafsizlikka ega bo’lgan holda relssiz yo’llarda yuk va
odamlarni tashish uchun mo’ljallangan mashinadir. Avtomobilni bunday ta’riflash
uni boshqa transport vositalaridan ajratib turadi.
Muammoli keys. Savol: Avtomobilni xozirgi kunda inson xayotida tutgan o’rni va
ahamiyati qanday? Qanday qilib avtomobillarni istiqbollariga erishildi.
2. Mavjud vaziyat
Germaniyadagi Reyn daryosi qirg’og’ida joylashgan Mangeym shahri dun -
yodagi birinchi avtomobilining vatani deb yuritiladi: 1885 yilning bahorida Karl
Bents ichki yonuv dvigateli bilan jihozlangan uch oyoqli o’zi yurar aravani yaratdi.
Bentsning dvigatellariga talab katta bo’lib u o’z
dvigatellarini
avtomobillarga o’rnatishni orzu qilar edi. Bents bu orzusini amalga oshirish uchun
o’ziga hamfikr va xomiy topa olmadi. Bu kompaniyada orzusi ushalishiga ko’zi
yetmagan Bents, o’z aktsiyalarini sotishga va kompaniyani tark etishga majbur
bo’ladi.
Muammoli keys. Savol: Karl Bents vaziyatdan chiqish uchun qanday yo’l tutgan?
Keyingi vaqtlarda uning samarasi bo’lganmi.
3. Mavjud vaziyat.
328
Xozirga paytda bozor iqtisodiyotiga birinchi turtki beradigan masalalardan
biri respublikamizda avtomobil sanoatini barpo etib, bu soxani muntazam
rivojlantirishdir.
Muammoli keys. Savol: Rossiya imperiyasi davrida nima sababdan
ruspublikamizda avtomobil ishlab chiqarish korxonalari kurilmagan?
4. Mavjud vaziyat.
1993 yili prezidentimiz Islom Karimov Janubiy
Koreyaga rasmiy tashrib
buyurganda xam bu masalaga alohida e’tibor berdi, natijada respublikamizda
Koreya davlati bilan hamkorlikda «
Asaka-DEU» avtomobil firmasi bunyod etila
boshlandi. Respublikamizda Janubiy Koreyaning
DEU korporatsiyasi bilan
xamkorlikda kichik va o’rtacha yengil avtomobillar xamda kichik
mikroavtobuslarni yig’uv-qurish va ularni ishga tushirish to’g’risidada shartnoma
tuzildi.
Muammoli keys. Savol: Respublikamizda avtomobil ishlab chiqarishga nima
majbur etgan?
5. Mavjud vaziyat.
Dvigatelь yonuvchi ish aralashmaning yonishidan xosil bo’lgan kimyoviy
issiqlik energiyani mexanik energiyaga aylantirib beradi va avtomobilni
harakatlanishi uchun energiya sarflaydigan mashina.
Topshiriqli keys. Savol: Ichki yonuv dvigateli tuzilishi bo’yicha qanday turlari
bor?