O‟zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi namangan davlat universiteti yunusova gulshoda nozihovna



Yüklə 6,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix31.10.2019
ölçüsü6,64 Mb.
#29475
1   2   3   4   5   6
axborot texnologiyalari fanidan amaliy mashgulotlar bajarish metodikasi


Axbоrоt  –  bu,  yaratuvchisi  dоirasida  qоlib  ketmagan  va  xabarga  aylangan, 
bilimlar  nоaniqligi,  to‘liqsizligi  darajasini  kamaytiradigan  hamda  оg‘zaki,  yozma 
yoki bоshqa usullar (shartli signallar, texnik vоsitalar, hisоblash vоsitalari va x.k.) 
оrqali  ifоdalash  mumkin  bo‘lgan  atrоf-muhit  (оb`ektlar,  vоqea-hоdisalar) 
to‘g‘risidagi ma`lumоtlardir. 
Mazkur yo‘nalishda quyidagilar muhim sanaladi: 

 
axbоrоt  –  bu  har  qanday  ma`lumоt  emas,  balki  u  mavjud  nоaniqliklarni 
kamaytiruvchi yangi bir ma`lumоtdir; 

 
axbоrоt  uni  yaratuvchisidan  tashqarida  mavjud  bo‘ladi,  u  o‘z 
yaratuvchisidan uzоqlashgan, insоn tafakkurida aks etgan bilimdir

 
axbоrоt  xabarga  aylanadi,  chunki  u  belgilar  ko‘rinishida  ma`lum  bir  tilda 
ifоdalangan; 

 
xabar mоddiy tashuvchiga yozib qo‘yilishi mumkin (xabar axbоrоtni uzatish 
shaklidir); 

 
xabar uning muallifi ishtirоkisiz aks ettirilishi mumkin; 

 
u jamоat kоmmunikatsiyasi kanallari оrqali uzatiladi. 
Axbоrоtning asоsiy xоssalari: 
1.  to‘liqlik; 
2.  yarоqlilik; 
3.  ishоnchlilik; 
4.  dоlzarblik; 
5.  tushunarlilik. 
Axbоrоtning ifоdalanish shakllari va uning turlari

 
15 
Axbоrоtning  muhim  xarakteristikalaridan  biri  uning  adekvatligi  hisоblanadi. 
Axbоrtning  adekvatligi  –  оlingan  axbоrоt  yordamida  yaratilgan  оbrazning  real 
оb`ekt, jarayon, hоdisa va shunga o‘xshashlarga mоsligining ma`lum darajasi.  
Axbоrоtning  adekvatligi  uchta  shaklda  ifоdalanishi  mumkin:  semantik, 
sintaktik va pragmatik. 
Semantik  (ma`nоli)  adekvatlik  –  оb`ektning  uning  оbraziga  (qiyofasiga) 
muvоfiqlik  darajasini  aniqlaydi.  Semantik  nuqtai  nazar  axbоrоtning  ma`nоli 
mazmunini  hisоblashni  ko‘zlaydi.  Bunda  axbоrоt  aks  ettirgan  ma`lumоtlar  tahlil 
qilinadi,  ma`nоlar  bоg‘liqligi  ko‘riladi..  Masalan,  axbоrоtni  kоdlar  оrqali 
ifоdalashni ko‘rsatish mumkin. 
Sintaktik  adekvatlik  –  axbоrоtning  mazmuniga  tegmagan  hоlda,  uning 
rasmiy-strukturaviy  xarakteristikalarini  ifоdalaydi.  Sintaktik  darajadagi  axbоrоtni 
ifоdalash usulida axbоrоt elituvchi turi, uzatish va qayta ishlash tezligi, ifоdalash 
kоdining  o‘lchamlari,  bu  kоdlarni  o‘zgartirish  aniqliligi  va  ishоnchliligi  hisоbga 
оlinadi. Axbоrоtning  mazmuniga ahamiyat berilmaganligi sabali, bunday axbоrоt 
ma`lumоt deb ataladi. 
Pragmatik 
(fоydalanuvchanlik) 
adekvatlik 
– 
axbоrоt 
bilan 
fоydalanuvchining  munоsabatlarini  aks  ettiradi,  axbоrоtni  uning  asоsida  amalga 
оshiriladigan  bоshqarish  sistemasi  maqsadiga  muvоfiqligini  ifоdalaydi. 
Axbоrоtning  pragmatik  xususiyatlari  faqat  axbоrоt  (оb`ekt),  fоylanuvchi  va 
bоshqarish maqsadlarining umumiyligida namоyon bo‘ladi. Adekvatlikning ushbu 
shakli axbоrоtdan amaliy fоylanish bilan bevоsita bоg‘langan.  
Infоrmatikada  asоsiy  masala  bo‘lib  hisоblash  texnikasi  qurilmalaridan 
axbоrоtni  saqlash,  qayta  ishlash  va  uzatishda  qanday  fоydalanish  hisоblanadi. 
Shuning  uchun  infоrmatikada  axbоrоtning  ikki  xil  turi  bilan  ish  ko‘riladi,  ya`ni 
analоg  va  raqamli.  Ko‘pgina  hisоblash  texnikasi  qurilmalari  raqamli  axbоrоtni 
qayta  ishlaydi.  Analоg  axbоrоtni  raqamli  axbоrоtga  o‘zgartiruvchi  maxsus 
qurilmalar  mavjud  bo‘lib,  bunday  o‘zgartirishni  analоg-raqamli  o’zgartirish 
deyiladi. Insоn sezgi оrganlari shunday tuzilganki, u analоg axbоrоtni qabul qilish, 

 
16 
saqlash  va qayta  ishlash  imkоniyatiga ega.  Televizоr  – bu  analоg  qurilma,  kоmp 
yuter mоnitоri – televizоrga o‘xshasada, lekin u raqamli qurilma.  
Axbоrоtni kоmpyuterda tasvirlanishi. 
Kоmp  yuter  faqat  raqamli  ko‘rinishdagi  axbоrоtni  qayta  ishlaydi.  Barcha 
bоshqa turdagi axbоrоt (оvоzlar, tasvirlar va bоshq.) kоmp yuterda qayta ishlanishi 
uchun  raqamli  ko‘rinishga  keltirilishi  zarur.  Оvоzni  raqamli  ko‘rinishga 
o‘zgartirish  uchun  kichik  vaqt  оralig‘ida  оvоz  intensivligini  o‘lchash  va  har  bir 
o‘lchash  natijalarini  raqam  ko‘rinishida  aks  ettirish  zarur.  Kоmp  yuter  dasturi 
yordamida  оlingan  axbоrоtni  qayta  ishlab,  hоsil  bo‘lgan  natijani  оvоz  shakliga 
qaytarish mumkin. Kоmp yuterda matni axbоrоtni qayta ishlash uchun matni kоmp 
yuterga  kiritilayotganda  har  bir  xarf  ma`lum  bir  raqam  bilan  kоdlanadi.  Tashqi 
qurilmalarga (mоnitоr ekrani yoki printer) chiqarilayotganda esa insоn qabul qilish 
uchun  ushbu  raqamlar  оrqali  xarflarning  tasviri  quriladi.  Xarflar  to‘plami  va 
raqamlar o‘rtasidagi mоslik belgilarni kоdlashtirish deb ataladi. 
Kоmpyuterda barcha raqamlar 0 va 1 оrqali ifоdalanadi. Kоmp yuter ikkilik 
sanоq sistemasida ishlaydi. Kоmp  yuterda axbоrоt birligining o‘lchоvi bo‘lib bit, 
ya`ni 0 yoki 1 qiymatni qabul qilishi mumkin bo‘lgan ikkilik razryad hisоblanadi. 
Kоmp yuter kоmandalari alоhida bitlar bilan emas, balki sakkiz bit bilan birgalikda 
ishlaydi. Sakkizta ketma-ket bit bir baytni tashkil etadi. Baytlar yordamida raqamli 
ko‘rinishda  ifоdalangan  har  qanday  axbоrоtni  kоdlashtirish  mumkin.  Bir  baytda 
256  xil  belgilardan  birining  qiymatini  kоdlashtirish  mumkin  (256  q  2
8
)  bo‘ladi. 
Baytning qiymati uchun undagi bitlarning jоylashgan o‘rni muhimdir. Axbоrоtda 
qatnashgan har qanday belgi 1 bayt hajmli deb hisоblanadi. Masalan, ―Sh‖ harfi - 1 
bayt,  ―Kitоb‖  –  5  bayt  hajmga  ega.  Bir  bayt  0  dan  255  qiymatni  qabul  qilishi 
mumkin. Axbоrоtning yirik birliklari:  
 Bayt  –  ketma-ket  yozilgan  8  ta  bitdan  iborat  bo‘lib,  uning  xar  birida  bittadan 
belgini ifodalash mumkin. Bunday belgilar soni 2
8
 q 256 tadan iborat. 
Bundan tashqari axborotlarning hosilaviy o‘lchov birliklari xam mavjud bo‘lib, 
ular kilobayt(Kb), megobayt(Mb), Gigobayt(Gb), eksobayt(Eb) lardan iboratdir: 
1 Kb q 2
10 
=1024 bayt; 

 
17 
1 Mb q 2
10 
= 1024 Kb; 
1 Gb q 2
10 
= 1024 Mb; 
1 Eb q 2
10 
= 1024 Gb; 
Misol  sifatida  Ekonometrika  so‘zi  nechta  belgidan  iborat  bo‘lsa  kompyuter 
xotirasida shuncha baytni, ya‘ni 12 baytni yoki 12x8 q 96 bitni egallaydi.  
Takrоrlash uchun savоllar 
1. ―Axborot texnologiyalari‖ fanining maqsadi nimadan ibоrat?  
2. Axborot texnologiyalarining vazifalariga nimalar kiradi?  
3.O‘zbekistоn  Respublikasining  axbоrоtlashtirish  dasturi  nima  sababdan  va 
qachоn qabul qilingan? 
4. Axbоrоt nima va uning qanday xоssalari bоr? 
5. Axbоrоtning ifоdalanish shakllarini keltiring. 
6. Axbоrоtni kоmp yuterda tasvirlanishi. 
7. Axbоrоt texnоlоgiyasi deganda nimani tushuniladi? 
8. Axbоrоt texnоlоgiyalari qanday belgilar asоsida tavsiflanadi? 
 
Adabiyotlar. 
1.  M.Aripоv, A. Xaydarоv, N. Muxitdinоva. Algоritm asоslari va algоritmik tillar 
(ma`ruzalar matni). Tоshkent,2000. 
2.  M.Aripоv  .  Infоrmatika  va  xisоblash  texnikasi  asоslari  buyicha  inglizcha 
kiskartmalarning  inglizcha-ruscha-uzbekcha  lugati.Universitet  nashriyoti., 
2001. 
3.  M.Payk, D.Gibbоns,D.Fоks,A.Vestenburg ,D. Kreven. Internet (entsiklоpediya, 
rus tilida),S.-Peterburg, 1996,635b 
4.  A.Sh.  Daliev,  B.J.  Bоltaev,  M.  Maxkamоv.  Infоrmatika  va  xisоblash  texnikasi 
asоslari. 11- sinf uchun kullanma. Tоshkent 1999.  
 
Amaliy mashg‟ulotga doir TOPSHIRIQLAR: 
1.  AKTni  ta‘limda  qo‘llashni  talab  etuvchi  qonun  va  buyruqlarni  internetdan 
topib, o‘rganing, konspekt qiling. 

 
18 
2.  Axborot  texnologiyalari  kursining  maqsad  va  vazifalari  nimaligi  haqida 
o‘ylab, tahlil qilib yozing. 
3.  Ta‘lim  jarayonida  axborot-kommunikatsion  texnologiyalarni  qo‘llashning 
zamonaviy  tendansiyalari,  ilg‘or  texnologiyalarning  tafsifi  va  rivojlanish 
omillari  haqid  internetdan  ma‘lumot  topib,  konspekt  qiling.  Android 
operasion tizimi nima?- bayon eting. 
4.  Ta‘lim  jarayonida  AKTlarni  qo‘llash  borasidagi  dolzarb  vazifalar,  ustivor 
yo‘nalishlar nima, bularni bayon eting.Internetdan materiallarni qidiring, rus 
va ingliz adabiyotlaridan topib, tarjima qiling va konspekt qiling. 
1chi  kurslarga  baholashmezoni  ball  tizimidan  baho  tizimida  amalga 
oshirilganligi uchun uni baho ko‘rinishida izohlaymiz va jadval ko‘rinishida 
baholash mezonini keltiramiz: 
Talabaning amaliy mashg‘ulotlarni bajarish mezoni: 
Talaba oladigan maxsimal baho 
Savollarga  to‘liq  javob  qilsa  va  topshiriqni  birinchi  bajarsa,  topshiriqning 
mohiyatini  hamda  bajarilishini  to‘liq  tushunsa,mustaqil  o‘zi  qaytarib  berolsa-5 
baho 
Savollarga  ozgina  tutilib  javob  qilsa,  topshiriqning  mohiyati  va  uni  qayta  ishlab 
berish buyicha tasavurga ega bo‘lsa,topshiriqni o‘zi bajarsa, uni qaytarib berolsa-4 
baho 
Savollarga  umuman  to‘liq  javob  berolmasa,  savollarga  tutilib,  mazmunan 
savolning  mohiyatini  tshunmasa  va  savolga  javobni  to‘liq  tasavur  etolmasa,  lekin 
aaliy  topshiriqni  boshqalarga  yoki  o‘qituvchi  ishiga  qarab  bajarsa,  topshiriqni 
bajarilishini qaytara olmasa -baho 3 
Savollarga  umuman  javob  berolmasa,  topshiriqni  bajara  olmasa,  topshiriqni 
bajarmasa va 80 minutlik dars oralig‘ida hech narsa bajarmay o‘ltirsa baho 3 
 

 
19 
Baholash jadvali: 
Max baho 
5 baho 
1-Topshiriq 
2-Topshiriq 
3-Topshiriq 
4-Topshiriq 
Talabaning 
bahosi  
 
 
 
 
Talabaning 
imzosi 
 
 
 
 
O‘qituvchining 
imzosi 
 
 
 
 
 
AMALIY MASHG‟ULOT №2 
Mavzu: Zamonaviy o‟quv-tehnik vositalar. 
Amaliy  mashg‘ulotning  tehnik  ta‘minoti:  videoproektor,  kompyuter 
Pentium-4,  audio-video  tasvirlar,  plakatlar,  video-lavhalar.  Video-roliklar, 
ko‘rgazmali qurollar va kartochkalar. 
Amaliy  mashg‘ulotninng  maqsadi:  Talabalarni  zamonaviy  o‘quv-tehnik 
vositalar:  videoproektor,  multiproektor,  electron  doska,  zamonaviy  kompyuter  va 
uning  asosiy  hamda  qushimcha  qurilmalari,  modem,  scanner,  planshet,  notebook, 
kolonka,  rezograph,  nurli  pero,  video-ekran,  video-blaster,  on-line  konferensiya 
o‘tkazishga  oid  tehnik  vositalar,  grafoqurilma(grafopostritel)  va  boshqalar  haqida 
tushuncha berish va tushunchalarini internetda o‘qib-o‘rganish orqali tuldirish. 
  Amaliy mashg‘ulotning nazariy bayoni: 
Zamonaviy  o‗quv texnik  vositalarga  multiproektor, videoproektor,  elektron 
doska,  kompyuter  sinfidagi  texnik  vositalar,  kolonkalar,  videoglaz,  mikrofon, 
dasturlar,  elektron  doska,  Smart  mobil  telefonlar  kiradi.  Ularning  xar  birining 
tasnifi va ishlatish prinsipi, qoidasi bo‗ladi. Videoproektor-protsessor bilan o‗zini 
ulab,  ekranda  fleshdagi  ma‘lumotlarni  chiqarishga  mo‗ljallangan  qurilma. 
Videoproektorlar  ham  sensorli  bo‗ladi.  Kompyuterlar  ham  sensorli  bo‗ladi. 
Sichqoncha  ham  sensorli.  Bu  zamonaviy  texnik  qurilmalar.  Zamonaviy 
klaviaturalar  ham  sensorli.  Kompyuter  sinflari  kompyuterlar  bilan  jihozlangan, 
kolonkalar,  videoglaz,  sensornыy  televizor,  printer,  skaner,  modem  va  boshqa 
qurilmalar  bilan  jihozlangan.  Zamonaviy  o‗quv  texnik  vositalarga  kompyuterlar 
ham  kiradi.  Ularning  sensorli  ekranli  ko‗inishlari,  sensorli  sichqonli  va  sensorli 

 
20 
klaviaturali kompyuterlar mavjud. Shunday ekan, uning ham asosiy va qushimcha 
qurilmalarini bilishimiz zarur: 
Shaxsiy komp‟yuter tuzilishining axboriy- mantiqiy asoslari 
1945  yilda  birinchi  kоmp  yuterlar  yaratilayotgan  vaqtda  taniqli  amerikalik 
matematik Djоn fоn Neyman kоmp yuterning axbоrоtni qayta ishlоvchi universal 
va  samarali  qurilma  bo‘lishi  uchun  qanday  qismlardan  ibоrat  bo‘lishi  kerakligini 
yozgan. Bu kоmp yuter qurilmasining asоslari fоn Neyman printsiplari deyiladi.  
Avvalambоr  fоn  Neyman  printsiplariga  asоsan  kоmp  yuter  quyidagi 
qurilmalarga ega bo‘lishi kerak: 
Arifmetik-mantiqiy qurilma. Arifmetik-mantiqiy amallarni bajarish uchun; 
Dasturlarni bajarilishini tashkil etuvchi bоshqarish qurilmasi; 
Dasturlar va ma`lumоtlarni saqlash uchun xоtira; 
Axbоrоtlarni kiritish va chiqarish uchun tashqi qurilma.  
Kоmp  yuter  xоtirasi  raqamlangan  bir  qancha  katakchalardan  ibоrat  bo‘lib, 
ularning  har  birida  qayta  ishlanayotgan  ma`lumоt  yoki  dasturlarning 
instruktsiyalari jоylashgan bo‘lishi mumkin. Xоtiraning barcha katakchalari kоmp 
yuterning  bоshqa  qurilmalari  uchun  ham  qulay  bo‘lishi  zarur.  Quyidagi  rasmda 
kоmp yuter arxiterturasi ya`ni qurilmalari o‘rtasidagi bоg‘liqlik ko‘rsatilgan (bitta 
chiziq bоshqarish alоqalarini, ikkita chiziq – axbоrоtli alоqani bildiradi):  
 
  
 
 
Rasm. Kоmp yuter arxiteturasi. 
Arifmetik mantiqiy 
qurilma 
Boshqarish 
 qurilmasi 
Tashqi qurilma 
Operativ 
xotira 

 
21 
2. Kompyuter haqida umumiy ma’lumot 
Kompyuter(inglizcha  so‘zdan  olingan  bo‘lib  –  hisoblovchi  ma‘nosini 
bildiradi)  –  programmalashtirilgan  axborotlarni  qayta  ishlovchi  universal  raqamli 
hisoblash  mashinasidir.  U  hozirda  faqat hisoblovchi bo‘lmasdan,  matnlar,  tovush, 
video  va  boshqa  ma‘lumotlar  ustida  ham  amallar  bajaradi.  shunga  qaramasdan 
hozirda  uning  eski  nomi  –  kompyuter  saqlangan.  Uning  asosiy  vazifasi  turli 
ma‘lumotlarni qayta ishlashdan iborat. Avallo shuni aytish lozimki, ko‘pchilikning 
tushunchasida go‘yoki biz kundalikda foydalanadigan faqat shaxsiy kompyuter bor 
xolos.  Bunga  albatta  sabablar  ko‘p.  shulardan  biri  hozirgi  zamon  shaxsiy 
kompyuterlar  ilgari  universal  deb  hisoblangan  kompyuterlardan  tezligi  va  xotira 
hajmi  jihatidan  ancha  oshib  ketganligida  bo‘lsa,  ikkinchi  tomondan  ko‘p 
masalalarni 
yechish 
uchun 
bu 
kompyuterlar 
foydalanuvchilarni 
qanoatlantirishidadir.  hozirda  kompyuter  atamasi  ko‘p  uchrasada,  shu  bilan  birga 
EhM  (elektron  hisoblash  mashinalari),  hM  (hisoblash  mashinalari)  atamalari  ham 
hayotda  ko‘p  ishlatib  turiladi.  Ammo  biz  soddalik  uchun  faqat  kompyuter 
atamasidan foydalanamiz. Kompyuterlarning amalda turli xillari mavjud: raqamli, 
analogli(uzluksiz), 
raqamli-analogli, 
maxsuslashtirilgan. 
Ammo, 
raqamli 
kompyuterlar  foydalanilishi,  bajaradigan  amallarning  universalligi,  hisoblash 
amallarining aniqligi va boshqa ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgani uchun, ular ko‘proq 
foydalanilmoqda.  Amalda  esa  hozir  rivojlangan  mamlakatlarda  kompyuterlarning 
besh guruhi keng qo‘llanilmoqda. 
Kompyuterlarni sinflash 
Kompyuterlarni xotirasining hajmi, takt chastotasi(bir sekundda bajaradigan 
amallar  tezligi),  ma‘lumotlarning  razryad  to‘rida  (yacheykalarda)  tasvirlanishiga 
qarab, besh guruhga bo‘lish mumkin: 
- super kompyuterlar; 
- katta kompyuterlar; 
- mini kompyuterlar; 
- mikro kompyuterlar(shaxsiy kompyuterlar); 
- bloknot va cho‘ntak kompyuterlari (notebook, la‘to‘, ‗almto‘),  

 
22 
Super  kompyuterlar  (top  500  kompyuterlar)-  juda  katta  tezlikni  talab 
qiladigan  va  katta  hajmdagi  masalalarni  yechish  uchun  mo‘ljallangan  bo‘ladi. 
Bunday  masalalar  sifatida  ob-havoni  global,  bashoratiga  oid  masalalarni,  uch 
o‘lchovli  fazoda  turli  oqimlarning  kechishini  o‘rganish  masalalari,  global 
informatsion  tizimlar  va  hokazolarni  keltirish  mumkin.  Bu  kompyuterlar  bir 
sekundda  10  trilliardlab  amal  bajaradi.  Misol  sifatida  AqSh  energetika 
vazirligining Sandia laboratoriyasida o‘rnatilgan 9472 protsessorli Intel ASCI Red 
kompyuterini  keltirish  mumkin.  Xususan,  bu  kompyuter  yadro  sinovlarini  va 
eskirayotgan yadro qurollarini modellashtirishda qo‘llaniladi.  
Katta  kompyuterlar  (Manframe  Com‘uter)-  fan  va  texnikaning  turli 
sohalariga oid masalalarni yechishga mo‘ljallangan. Ularning amal bajarish tezligi 
va xotira hajmi superkompyuterlarnikiga qaraganda bir-ikki pog‘ona past. Bularga 
misol  sifatida  AqShning  CRAY  (krey),  IBM  390,  4300,  IBM  ES
/
  9000, 
Frantsiyaning  Borrous  6000,  Yaponiyaning  M1800  rusumli  kompyuterini  va 
boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.  
Minikompyuterlar  (kichik  kompyuterlar)  hajmi  va  bajaradigan  amallar 
tezligi  jihatidan  katta  kompyuterlardan  kamida  bir  pog‘ona  pastdir.  Shuni  aytish 
joizki, ularning gabariti  (hajmi) tobora ixchamlashib, hatto shaxsiy kompyuterdek 
kichik  joyni  egallaydiganlari  yaratilmoqda.  Bunday  kompyuterlar  turkumiga  ilk 
bor yaratilgan ‗D‘-11 (‗rogramm Driver ‗rocessor - dasturiy boshqaruv protsessori) 
turkumini,  ilgari  harbiy  maqsadlar  uchun  ishlatilgan(maxfiy  hisoblangan)  VAX, 
SUN  turkumli  kompyuterlar, IBM  4381, hewlett  packard  firmasining  hP 9000 va 
boshqalar  minikompyuterga  misol  bo‘la  oladi.  shuni  aytish  joizki, 
minikompyuterlar  o‘zlarining  «katta  og‘alari»  Manframe  kompyuterlarni 
imkoniyatlari darajasiga ko‘tarilib bormoqda.  
Shaxsiy 
kompyuterlar 
hozirda 
korxonalar, 
muassasalar,  oliy  o‘quv  yurtlarida  keng  tarqalgan 
bo‘lib,  ularning  aksariyati  IBM  rusumiga  mos 
kompyuterlardir.  

 
23 
Bugungi  kunda  pentium  IV  kompyuterlari  ham  jahon  bozorida  keng 
tarqalmoqda. IBM PC moslik kompyuterlarini yuzlab firmalar ishlab chiqarmoqda. 
Bular  IBM,  Compaq,  hewlett-packard,  packard  Bell,  Toshiba,  Apple,  Siemens 
Nixdors, Acer, Olivetti, Gateway, SUN va boshqa firmalardir. shuni aytish joizki, 
yuqorida  nomlari  zikr  etilgan  firmalar  ishlab  chiqargan 
kompyuterlar  (bradename)  -  «Oq  yasalgan»,  Janubiy-sharqiy 
mamlakatlarda:  Malayziya,  Xitoy,  Tayland,  Koreya  va  boshqa 
mamalakatlarda  yuqorida  nomlari  keltirilgan  firmalar  litsenziyasi  asosida  ishlab 
chiqarilgan  kompyuterlar  «Sariq  yasalgan»  nomga  ega.  Firma  nomlari 
ko‘rsatilmagan kompyuterlar esa «nomsiz kompyuterlar» (noname)deb yuritiladi.  
Notebook  kompyuterlar(yozuv  kitobchasi).  Noutbuk  kompyuterlar  hajmi 
ancha  ixcham  bo‘lib,  ammo  bajaradigan  amallar  soni,  xotira  hajmi  shaxsiy 
kompyuterlar darajasiga ko‘tarilib bormoqda. Ularning qulaylik tomonlaridan biri 
ham  elektr  energiyasidan  va  ichiga  o‘rnatilgan  batareyalarda  ham  uzluksiz 
(batareyani har safar almashtirmasdan) ishlash mumkinligidir. 
Bunda batareya quvvati energiyaga ulanishi bilan o‘zi zaryad ola boshlaydi 
va  u  batareya  bir  necha  yillarga  mo‘ljallangan  bo‘ladi.  hozirda  bunday 
noutbuklarni  IBM,  Compaq,  Acer,  Toshiba  va  boshqa  firmalar  ishlab 
chiqarmoqda.  Tabiiyki,  bunday  kompyuterlar  o‘z  imkoniyatlari  nuqtai  nazaridan 
shaxsiy  kompyuterlarga  tenglashayotganini  nazarda  tutilsa,  uning  narxi  baland 
bo‘lishini sezish qiyin emas. Bundan tashqari, bunday rusumli kompyuterlar 8-10 
yil  mobaynida  buzilmasdan  ishlash  qobiliyatiga  ega.  Ular  shaxsiy  kompyuterlar 
uchun yaratilgan amaliyot tizimlar MS DOS, qobiq dasturlar, Windows ning oxirgi 
laxjalarida va boshqa amaliyot tizimlar boshqaruvida ishlaydi. 
Hozirda  noutbuk  kompyuterlaridan  ham  ixcham  cho‘ntak  kompyuter 
(palmtop)lari  ham  ishlab  chiqilmoqda.  Ular  ham  tabiiyki,  amaliyot  tizimi 
boshqaruvida ishlaydi va ular turli soha masalalarini yechishga qodir.  
la‘top  kompyuterlari.  Tizzada  ishlatib  o‘tirishga  qulay  va  yengilligi  bilan 
noutbuk kompyuterlaridan farq qiladi. 
Kompyuterning ishlash printsipi va tashkil etuvchilari 

 
24 
Ixtiyoriy  kompyuterning  ishlash  printsipini  birinchi  bo‘lib  ingliz  olimi 
Charlg‘z  Bebich  va  uning  g‘oyasini  mukammallashgan  ko‘rinishini  Djon  Fon 
Neyman  taklif  qilgan.  Uning  printsipi  dastur  asosida  boshqariladigan  avtomatik 
ravishda  ketma-ket  ishlash  g‘oyasidan  iborat.  hozirda  ko‘p  rusumli  kompyuterlar 
shu  g‘oya  asosida  ishlaydi.  Lekin  keyingi  paytlarda  ko‘p  protsessorli 
kompyuterlar,  yahni  bir  vaqtda  dasturning  bo‘laklarini  ketma-ket  emas,  parallel 
bajaradigan kompyuterlar ham yaratilganligini eslatib o‘tish joizdir. shunday qilib, 
kompyuter  avvaldan  tuzilgan  dastur  asosida  ishlaydi.  O‘z  navbatida  dastur 
qo‘yilgan  masalani  kompyuterda  yechish  uchun  qandaydir  dasturlash  tilida 
yozilgan  buyruqlar  (operatorlar)  ketma-ketligidir.  dasturlash  tilida  tuzilgan 
dasturlar  maxsus  tarjimon  dasturlar  yordamida  kompyuter  tiliga  o‘tkaziladi. 
Kompyuter tili 0 va 1 lardan tashkil topgan, mahlum qoidalar asosida yoziladigan 
ketma-ketliklardan iborat. Djon Fon Neyman printsipi bo‘yicha avtomatik ravishda 
bajariladigan  dastur  avval  kompyuterning  xotirasiga  kiritiladi  (yuklanadi). 
Xotirada turgan dastur  asosida  dasturni  tashkil  etuvchi har bir operator ketma-ket 
bajariladi.  
Boshqaruv  qurilmasi  deb  ataluvchi  maxsus  qurilma  hozir  qanday  operator 
bajarilishi  va  undan  keyin  qaysi  operator  bajarilishi  ustidan  nazorat  o‘rnatadi  va 
uni  bajarilishini  tahminlaydi.  Amal  (arifmetik-mantiqiy)  esa  protsessor  deb 
ataluvchi  qurilmada  bajariladi.  Dastur  ishlash  natijasi  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  ekranda 
yoki  tashqi  qurilma  (chop  qiluvchi  mexanizm,  grafik  chizuvchi  qurilma,  video 
qurilma  va  boshqalar)  deb  ataluvchi  qurilmada  ko‘rilishi  mumkin.  Odatda 
kompyuter  ikki  qismdan:  hardware  (kompyuterni  tashkil  etuvchilari  - 
kompyuterning  qattiq  qismlari)  va  Software  (kompyuterning  dasturiy  tahminoti  - 
kompyuterning yumshoq qismlaridan) tashkil topgan deyiladi.  
SHAXSIY KOMPYUTERLARNING TUZILISHI 
shaxsiy kompyuterlar quyidagi asosiy qurilmalardan tashkil topgan:  

tizim bloki; 

monitor; 

klaviatura; 

 
25 

sichqoncha. 
IBM  firmasiga  taalluqli  shaxsiy  kompyuterlar,  inglizcha  IBM  PC 
kompyuterlari atamasida yuritiladi va ular hozirgi kunda eng keng tarqalgandir.
 
 
TIZIMLI BLOKI   
Tizimli  bloki  odatda  desktop  (yassi)  yoki  town  (minora) 
ko‘rinishida ishlab chiqariladi.
 
 
Kompyuterning  asosiy  qismlari  tizimli  blokida  joylashgan 
bo‘lib, ular quyidagilardir: 
Tezkor  xotira  (RAM-Random  Access  Memory-ixtiyoriy  kirish 
mumkin  bo‘lgan)  mikroprotsessor,  qurilmalar  nazoratchilari,  (yahni  kontrollerlar, 
adapterlar,  elektr  manbai  bilan  tahminlash  bloki),  yumshoq  disk  yurituvchi 
qurilmasi  (FDD-Floppy  Disk  Driver),  qattiq  disk  yurituvchi  qurilmasi  (hDD-hard 
Disk  Driver),  faqat  o‘qish  uchun  mo‘ljallangan  (CD  ROM-Compact  Disk  Read 
Only Memory)  yoki uning o‘rniga xozirda xam o‘qish xam  yozish uchun hizmat 
qiladigan  lazer  disk  yurituvchi  qurilmasi  (CD  RW  yoki  DVD  RW)  bo‘lishi  xam 
mumkin,  shinalar,  modem  va  boshqa  qurilmalar.  Tizim  blokiga  uning  parallel 
(LPT)  va  ketma-ket  (COM)  portlari  orqali  ko‘plab  tashqi  qurilmalarni  ulash 
mumkin.  
Mikroprotsessor.  Mikroprotsessor  kompyuterning  amal  bajaradigan  qismi 
bo‘lib, u ma‘lumotlarni berilgan dastur asosida qayta ishlaydi. 
Mikroprotsessor  140  ta  atrofida  turli  arifmetik  va  mantiqiy  amallarni 
bajaradi.  IBM  rusumli  kompyuterlarda  Intel  tipidagi  (shu  nomli  firma  ishlab 
chiqqan)  mikroprotsessorlar  ishlatiladi.  Bu  firma  o‘z  faoliyati  mobaynida  Intel-
8080, 
80286, 
80386, 
80486, 
pentium, 
pentium 
pro 
(professional) 
mikroprotsessorlari ishlab chiqargan bo‘lib, hozirda faqat zamon talablariga javob 
beradigan  pentium-III,  pentium-IV  protsessorlarini  bozorga  chiqarmoqda.  shuni 
aytish joyizki, bu protsessorlar faqat Intel firmasida ishlab chiqarilishi shart emas. 
Uning litsenziyasi asosida bunday mikroprotsessorlar, ishchi kuchi arzon bo‘lgan, 
Janubiy-  sharqiy  Osiyo  mamlakatlarida  ko‘plab  ishlab  chiqarilmoqda.  Bundan 
tashqari, IBM kompyuterlariga moslik shartini bajaradigan boshqa firmalar: AMD, 

 
26 
Cyrix, Celeron va hokazo ishlab chiqqan mikroprotsessorlar ham keng qo‘llaniladi. 
Ammo  boshqa  firmalar  ishlab  chiqqan  mikroprotsessorlar  Intel-protsessorlardan 
umuman 
aytganda 
kuchsizroq 
hisoblanadi. 
hozirda 
MMX-protsessorli 
kompyuterlar  keng  qo‘llaniladi.  Protsessorlarning  tezligi  megagertslar  (Mgts) 
sekundda o‘lchanadi. 
MMX  pentium  protsessori.  Intel  firmasining  keyingi  avlod  protsessori 
sifatida  1997  yil  yanvar  oyidan  boshlab  chiqarilayotgan  MMX  (Matrix 
Multiplication  Extension)  pentium  protsessorini  aytish  mumkin.  Dastavval  bu 
protsessor  matritsalarni  ko‘paytirish  uchun  kengaytma  nomi  bilan  atalgan  bo‘lsa, 
keyinchalik  MultiMedia  Yextension-mulg‘timedia  uchun  kengaytma  deb  atala 
boshladi.  Bu  yangi  protsessorni  ishlab  chiqishdan  maqsad,  keyingi  yillarda 
ommaviy  qo‘llanilib  borilayotgan  kompyuterning  mulg‘timedia  (ovozi,  grafik, 
tasvir)  imkoniyatlarini  har  tomonlama  barkamollik  darajasiga  ko‘tarish 
mulg‘timedia  amaliyotlarni  tez  bajarishni  tahminlashdan  iborat.  Bu  amallar 
qatoriga,  jumladan  mulg‘timedia  berilganlarini, ikki va  uch  o‘lchovli  grafikalarni 
tez bajarish kiradi. shu bilan birga bu protsessor ko‘paytirish va qo‘shish amallarini 
ko‘proq  ishlatadigan  amaliy  dasturlarda  amallarni  tezroq  bajarishga  qaratilgan. 
shuning  uchun  ham  uni  ko‘proq  matematik  soprotsessorni  talab  qilmaydigan, 
butun sonlar bilan ishlash bilan bog‘liq masalalarni yechishda qo‘llash maqsadga 
muvofiq bo‘lsada, tajribalar uning har tomonlama ustunligini ko‘rsatadi.  
   Monitor 
Monitor  (displey)  kompyuterda  matn  va  grafik  ma‘lumotlarni  tasvirlash 
(ko‘rish) uchun xizmat
 
qiladi. Uning elektron-nurli (SRT - Cathode 
Ray  Tube)  va  suyuq  kristalli  (jidkokristallicheskoe  yoki  LCD  - 
Liquid  Crystal  Display)  ko‘rinishlari  mavjud.  Garchand  tashqi 
ko‘rinishidan  u  televizorga  o‘xshab  ketsada,  ular  bajaradigan 
ishlari  bilan  keskin  farq  qiladilar.  Monitorlar  rangli  va  rangsiz 
bo‘ladi. Kompyuter tarqatadigan nur umuman aytganda zararli, shuning uchun ham 
bahzi  kompyuterlarda  past  radiatsiya  (Lowe  radiation)  so‘zlarini  uchratish 
mumkin.  Lekin  ularning  inson  organizmiga  tahsiri  tobora  kamayib  boradigan 

 
27 
rusumlari yaratilmoqda. Buning misoli keyingi yillarda chiqarilgan 17-21 dyuymli 
SVGA  (SUPER  Video  Grafic  Adapter-katta  video  grafik  adapter)  monitorlarda 
nurlarning  tahsirini  ancha  kamaytirilishiga  erishilganligini  keltirish  mumkin. 
Monitor  asosiy  tavsiflaridan  biri  uning  tasvirlash  qobiliyatidir.  Tasvirlash 
qobiliyati  ekranning  gorizontali  va  vertikalidagi  nuqtalar  soni  bilan  beriladi. 
Masalan  14  dyuymli  (36.56  sm)  monitorda  tasvirlash  qobiliyati  800x600,  15 
dyuymli  (38.1  sm)  monitorda  1024x768,  17  dyuymli  (43.2  sm)  monitorda 
1280x1024 va 21 dyuymli (53.54 sm) monitorda esa 1600x1200. Bundan tashqari, 
monitorning  yana  bir  tavsifi  tasvirlarni  hosil  qiluvchi  piksellar  (nuqtalar) 
o‘lchovining  katta-kichikligidir.  Tasvirlash  qobiliyati  800x600  ga  teng  bo‘lgan 
monitorlarda  yaxshi  tasvir  piksel  0,31mm  ga,  1024x768ga  teng  bo‘lgan 
monitorlarda  esa  piksel  0,28  yoki  0,25ga  teng  bo‘lishi  kerak.  Monitorning  tez 
ishlashi  uning  adapteriga  bog‘liq  bo‘ladi.  Matn  holatida  monitorlar  nisbatan  tez 
ishlasada, grafik holatda u sekinroq ishlaydi. Uning tezligini oshirish yo‘llari ham 
mavjud. 
Xozirda  monitorlarning  suyuq  kristalli  (jidkokristallicheskoe  yoki  LCD) 
ko‘rinishdagilari keng tarqalmoqda. Bunga sabab uning zararli nur tarqatib inson 
ko‘ziga salbiy tahsir ko‘rsatmasligi xamda kam energiya sarfidir. Bundan tashqari 
bunday monitorlar satxi o‘ta tekis bo‘lib, unda tasvirlar buzilmasdan ko‘rinadi. 
Shuningdek  xozirda  plazmali  monitorlar  xam  ishlab  chiqarish  yo‘lga 
qo‘yilmoqda.  U ichi inert  gazi  bilan  to‘ldirilgan, satxi tekis shisha  idish shaklida 
bo‘lib ichki satxida esa minglab mayda elektrodlar joylashtiriladi. Xar bir elektrod 
esa  monitor  ekranining  bitta  pikselini  tashkil  etadi.  U  xam  inson  uchun  zararli 
bo‘lgan nur tarqatmaydi. Suyuq kristalli monitorlardan farqi uning katta dioganalli 
ko‘rinishlarini xam yaratish imkoniyati mavjud. 
   SICHQONCHA 
Sichqoncha  ma‘lumotlarni  kompyuterga  kiritish  va  u  bilan 
muloqot  qilish  vazifasini  tezroq  amalga  oshirishni  tahminlaydigan 
qurilmadir.  Usiz  kompyuterda  xususan,  amaliyot  tizimida  ishlab 
bo‘lmaydi.  U  yordamida  amaliyot  tizimga  va  uning  boshqaruvi 

 
28 
ostida ishlaydigan dasturlarga buyruqlar kiritiladi. Sichqoncha odatda ikki yoki uch 
klavishali bo‘ladi: chap, o‘ng va o‘rta yoki g‘ildirakchali. Chap va o‘ng klavishalar 
dastur  asosida  almashtirilishi  mumkin.  Odatda  chap  klavisha  yordamida  asosiy 
amallar  (ajratish,  surish,  bajarish  va  h.k.)  bajariladi.  O‘ng  klavisha  kontekst 
tavsiyanoma  deb  ataluvchi  oynadagi  amallarni  bajarish  uchun  xizmat  qiladi. 
Kontekst tavsiyanomaning vazifasi joriy holatda u yoki bu amalni tezroq bajarish 
bilan  bog‘liq.  O‘rta  klavisha  yoki  g‘ildirakcha  hozirda  xususan,  varaqlash  (Page 
Down, Page Up amaliga o‘xshab) maqsadlari uchun qulay. 
Sichqoncha  birinchi  navbatda  ko‘rsatish  vazifasini  bajaradi.  Agarda  biror 
obhekt ko‘rsatgandan keyin, chap klavishacha bosilsa, o‘sha obhekt ishlash uchun 
tayyor  bo‘lib  turadi.  Ko‘rsatilgan  obhekt  ustida,  sichqonchaning  chap  klavishasi 
ikki  marta  bosilsa,  ko‘rsatilgan  obhekt  ishga  tushib  ketadi.  Sichqonchaning  chap 
klavishasini  ikki  marta  ketma-ket  bosish  operatsiyasi,  bu  operatsiyani  bir  marta 
chap klavishani bosib, keyin Enter bosilganiga teng bo‘ladi.  
Ekranda  ko‘rsatilgan  obhektni  surish  yoki  ko‘chirish  uchun,  sichqoncha 
ko‘rsatkichini ko‘rsatilgan obhekt ustiga keltirilib, sichqonchaning chap klavishasi 
bosiladi  va  klavishani  qo‘yib  yubormasdan,  obhektni  yangi  joyga  suriladi  va 
sichqoncha  klavishasi  qo‘yib  yuboriladi.  Windows  muhitida  ishlayotganda 
ekrandagi  obhektlarni  sichqonchaning  ham  chap,  ham  o‘ng  tomonda  joylashgan 
klavishalar bilan ko‘chirish mumkin. 
   Klaviatura 
Klaviatura  matnli  ma‘lumotlarni  kompyuterga  qo‘lda 
kiritadigan  va  u  bilan  muloqot  qilish  vazifasini  o‘taydigan 
qurilmadir.  Uning  yordamida  amaliyot  tizimga  va  uning  boshqaruvi  ostida 
ishlaydigan  dasturlarga  buyruqlar  va  dasturlarga  kerak  bo‘lgan  ma‘lumotlar 
kiritiladi.  
Windows  tizimida  oson  ishlashni  yo‘lga  qo‘yish  uchun  yaratilgan 
klaviaturalar odatda 101, 104, 108 yoki 109 klavishlardan iborat bo‘ladi.  
O‘z vazifalariga ko‘ra klavishlar beshta guruhga bo‘linadi: 

Alifbo harflari va sonlarni kiritadigan klavishlar.  

 
29 

Kursorni boshqarish klavishlari. 

Funktsional klavishlar. 

Sonlarni kiritadigan aloxida klavishlar. 

hizmatchi klavishlar. 
Eng  katta  guruh  -  birinchi  guruh  bo‘lib,  ular  yordamida  rus  va  lotin  katta-
kichik  harflari,  sonlar,  maxsus  belgilar,  tinish  belgilari  kompyuterga  kiritiladi. 
Pastda  joylashgan  uzun,  hech  qanaqa  belgisi  bo‘lmagan  klavishning  nomi 
Spacerbar yoki Space deb ataladi va bo‘sh joy belgisini kiritishga mo‘ljallangandir. 
Boshqa  klavishlar  bir  necha  nomga  ega,  chunki  ular  klaviaturaning  ish  tartibiga 
(registriga) qarab turli belgilarni kiritishga mo‘ljallangan. 
Pastki registrda kichik yuqori registrda esa katta harflar kiritiladi. 
Ekranga  belgi  tushadigan  joy  maxsus  usul  bilan  belgilanadi.  Buning  uchun 
maxsus  belgi  bor,  u  kursor  deb  ataladi.  Agar  ekran  matn  kiritish  holatida  ishlab 
turgan bo‘lsa, unda kursor o‘chib-yonib turadigan vertikal chiziqcha yoki harfning 
ustiga tushadigan to‘rtburchakka o‘xshaydi va matn kursori deb nomlanadi. 
Agarda  ekran  grafik holatda  ishlab turgan  bo‘lsa, unda kursor yonib-o‘chib 
turadigan gorizontal chiziqchaga o‘xshaydi. Xullas kursor ko‘rinishi holatga qarab 
o‘zgaradi. 
Kursorni boshqarish klavishlari ←, →, ↑, ↓ home, End, PageUp, PageDown, 
BackSpase  va  Enter  lardan  iborat  bo‘lib  ular  matn  ko‘rsatkichini  joyini 
o‘zgartirishga yordam beradi 
F1 dan F12 gacha bo‘lgan klavishlar funktsional klavishlar deb nomlanadi. 
Dastur  tuzilishiga  qarab,  ushbu  klavishlar  har  xil  vazifalarni  bajarishi  mumkin. 
Bular  12  ta  bo‘lishiga  qaramasdan,  ko‘pincha  F1  dan  F10  gachasi  ishlatiladi. 
Odatda  F1  klavishi  yordamchi  ma‘lumotlarni  olish  uchun  xizmat  qiladi 
(Spravochnik).  
Num  Lock  (sonlarni  saqlash)  -  sonlar  kiritishning  kichik  klaviaturasi  sonni 
kiritishga  yoki  kursorni  boshqarishga  moslaydi.  Sonlarni  kiritish  klavishlari  ikki 
holatda ishlashi mumkin:  

sonlarni kiritganda, 

 
30 

kursorni boshqarishda. 
Ikki holatning  biridan  ikkinchisiga  o‘tishni  Num  Lock  (mahkamlash  bilan) 
yoki shift klavishi  (mahkamlash  kerak  emas)  bajaradi. Bunda  Caps  Lock klavishi 
sonlarni kiritish klaviaturasiga tahsir ko‘rsatmaydi.  
Sonlarni  kiritish  paytida  sonlarni  kiritish  klaviaturasi  kalkulyatorning 
klaviaturasiga  o‘xshaydi.  Sonlarni  va  arifmetik  amallar  belgilarini  kiritish  uchun 
qulaylik yaratadi. Sonlarni kiritgan paytda Num Lock chirog‘i yonib turishi kerak, 
agarda  Num  Lockni  ko‘rsatuvchi  chiroq  o‘chgan  bo‘lsa,  ushbu  kichik  klaviatura 
bilan matn kursorini boshqarish mumkin.  
Hizmatchi klavishalarga quyidagilar kiradi: 
Ctrl  (Control  -  boshqarish)  -  boshqa  klavish  bilan  birga  bosilganda,  o‘sha 
klavishning vazifasi o‘zgaradi. 
ALT (Alternative - o‘zgartiruvchi) - bu klavish ham boshqa klavishlar bilan 
birga bosilganda, o‘sha klavishning ish vazifasini o‘zgartiradi. 
Print  Screen  (ekrandagini  chop  etish)  -  ushbu  klavish  ekranda  bo‘lgan 
ma‘lumotni printerga chiqarib beradi yoki bufer xotiraga joylaydi. 
PAUSE  (vaqtinchalik  to‘xtash)  -  ushbu  klavish  bosilganda  kompyuter  o‘z 
ishini vaqtincha to‘xtatadi. 
TAB (tabulyatsiya) - faqat pastdagi registrda ishlaydi va gap matn, hujjatlar 
haqida  ketganda,  kursorni  o‘ng  tomonga,  navbatdagi  maxsus  ko‘rsatilgan 
(belgilangan)  nuqtaga  (pozitsiyaga)  suradi.  Bu  klavishning  qulayligi  shundaki, 
uning  yordami  bilan  jadvallar  tuzish  oson  va  matnni  yozganda  ham  belgilangan 
pozitsiyadan  boshlab  terish  mumkin.  Klavishlarni  yuqori  registrda  bosganda, 
kursorni chap tomonga, belgilangan pozitsiyaga surish mumkin. 
Caps  Lock  (katta  yoki  kichik  harflarga  o‘tish  klavishi)  -  yuqori  registrga 
o‘tish  imkonini  yaratib  beradi.  haqiqatda  esa  ushbu  klavish  faqat  harflar  terish 
klavishlariga o‘z tahsirini ko‘rsatadi, katta harflar kiritish imkonini yaratib beradi. 
Bu  klavishni  bosib  ushlab  turish  kerak  emas.  Ishlovchiga  qulaylik  yaratish 
maqsadida klaviaturaning o‘ng burchagida yonib turadigan indikatorlar joylashgan. 
Bu  indikatorlar  holatni  ko‘p  vaqt  davomida  saqlab  turadigan  klavishlar  bilan 

 
31 
bog‘langan. Shularning ichida bittasi Caps Lock ga tegishli. 
Scroll  Lock  (surishni  saqlaydi)  -  bu  klavish  yordamida  kursorni  harakatga 
keltirmoqchi  bo‘lsangiz,  kursor  ekranga  sakraydi.  Bu  klavish  ham  o‘z  holatini 
mustahkamlash (fiksatsiya) bilan bajaradi. 
Shift (surish) - vaqtinchalik yuqori registrdan pastki registrga, yoki aksincha, 
pastki  registrdan  yuqori  registrga  o‘tish  imkonini  beradi.  hammasi  Caps  Lock 
klavishining  holati  bilan  bog‘langan.  Bu  klavishning  xizmati  vaqtinchalik 
bo‘lganligi  sababli,  boshqa  klavishlarning  xizmatini  o‘zgartirish  kerak  bo‘lsa, 
ularni bosish paytida shift klavishi vaqtinchalik bosib ushlab turiladi. 
Esc  (bekor  qilish)  –  bu  klavisha  ayrim  buyruqlarni  bekor  qilish  uchun 
ishlatiladi. 
Yordamchi qurilmalar 
Bundan tashqari xar bir shaxsiy kompyuterga tashqi qurilmalar deb ataluvchi 
vositalarni  xam  ulash  imkoni  mavjud  bo‘lib  ulardan  ayrimlari  bilan  tanishib 
chiqamiz.  
Printer.  Printerlar  kompyuterda  olingan  natijalarni,  dastur  va  berilganlarni 
bosmaga  chiqarish  uchun  ishlatiladi.  Printer  yordamida  matnlarni,  grafiklarni, 
rasmlarni  rangli  va  rangsiz  ko‘rinishda  bosmaga  chiqarish  mumkin.  Printerlar 
asosan uch xil bo‘ladi: matritsali, oqimli va lazerli.  
Matritsali printerlar nuqtalar  yordamida  bosmaga  chiqaradi. Shuning uchun 
ham ularni nuqta-matritsali printerlar deb ham atashadi. Bunday printerlar nisbatan 
sekin ishlaydi, chop qilish sifati uncha yaxshi emas va chop qilish tezligi ham katta 
emas.  Ular  keng  (A3)  va  oddiy  (A4)  chop  etish  formatiga  ega.  24,  48  ignali 
(nuqtali)  printerlar  mavjud  bo‘lib,  albatta  ignalar  soni  ko‘pligi  yaxshi  ekanligi 
tushunarlidir.  
Oqimli  printerlar.  Bunday  printerlar  maxsus  (rangli  va  rangsiz)  siyohlarni 
purkash yo‘li bilan ishlagani uchun ular oqimli deb ataladi. Bu printerlarning turli 
ranglarda chop qilish sifati tiniq va ravshan bo‘lib, ularning-kamchiligi siyohining 
tez  tamom  bo‘lib  qolishi  va  uning  nozikligidir.  Bu  printerlar  matnlarni  nisbatan 
tez, grafik tasvirlarni esa sekinroq chop etadi.  

 
32 
Lazer  printerlar.  Lazer  printerlar  ham  sifati,  ham  tezligi 
jihatidan  eng  yaxshi  printer  hisoblanadi.  Ular  rangli  va  rangsiz 
bo‘ladi. 
 Bunday  printerlarning  andozasi  sifatida  HEWLETT-PACKARD  (hP) 
firmasi  chiqaradigan  hP  LaserJet  rusmli  printerlar  qabul  qilingan.  Lazer 
printerlarda chop etish juda qulay bo‘lib, u tez (minutiga 8-15 hatto 40 varaqqacha) 
chop  etishi  mumkin.  Ammo  tabiiyki,  bunday  printerlarning  narxlari  nisbatan 
balandroqdir. Uning bir kamchiligi  - unda  ishlatiladigan toner rang  va kortrijning 
tez almashtirib turilishidadir. Uning bir toneri taxminan 1500-2500 varaqqa yetadi. 
Albatta bu raqam tejab ishlatishga bog‘liq albatta. Shuning uchun lazer printerda 
chiqarilgan nusxani kseroks orqali ko‘paytirish maqsadga muvofiqdir.  
Modem.  Modem  modulyatsiya,  demodulyatsiya  so‘zlaridan  olingan  bo‘lib, 
uzluksiz  signallarni  raqamli  (modulyatsiya)  va  raqamli  ma‘lumotlarni  uzluksiz 
(demodulyatsiya) signalga almashtirib beradigan qurilmadir. Uning asosiy vazifasi 
kompyuterlararo aloqani o‘rnatishdir. U o‘zining kommunikatsion dasturlariga ega 
bo‘lib, bu dasturlar yordamida uzoq masofalarga ma‘lumotlarni uzatishi va qabul 
qilishi  mumkin.  Modem  ichki  va  tashqi  bo‘lishi  mumkin.  hozirda  ko‘p 
kompyuterlar modem bilan birga sotilmoqda. 
Skaner.  Skaner-matn,  grafika,  tasvirlarni  kompyuterga 
kiritishni  avtomatlashtirish  uchun  xizmat  qiluvchi  qurilma.  U 
hozir  asosan  rangli  ko‘rinishda  chiqarilayapti.  Uning  andozasi 
sifatida  hP  (hewlett  packard)  firmasi  ishlab  chiqaradigan  hP  Scanjet  rusumli 
skanerlar  qabul  qilingan.  Uning  asosiy  tavsifi  ma‘lumotlarni  aniq,  tiniq,  lozim 
bo‘lgan  rangda  (xususan  qora  rangli)  ko‘rinishda  chiqarish  qobiliyatidir.  Ushbu 
tasvirlash  qobiliyati  gorizontal  va  vertikal  chiziqlardagi  nuqtalar  (piksellar)  soni 
orqali belgilanadi.  
Skaner dastur boshqaruvida ishlaydi. Matnlarni yaxshi tanish uchun maxsus 
obrazlarni  tanuvchi  dastur  vositalaridan  foydalaniladi.  Bunday  dasturlar  hatto 
qo‘lyozmani ham tanish qobiliyatiga ega. Shunday dasturlar Fine Reader va Cunei 
Form nomlari bilan ataladi.  

 
33 
Strimer. Ma‘lumotlarni kasetali tasma ko‘rinishidagi xotira 
qurilmasiga  yozish  va  undan  o‘qish  uchun  ishlatiladigan 
moslama. 
Proektor.  Kompyuterdagi  ma‘lumotlarni  proektsion  ekranda  kattalashtirib 
ko‘rsatish uchun xizmat qiladi. 
Kompyuter xotirasi 
Kompyuter  xotirasida  dasturlar  va  qayta  ishlanayotgan  ma‘lumotlar 
saqlanadi. Xotiraning xar xil turlari va qurilmalari mavjud bo‘lib, ularning asosiy 
xarakteristikasi axborot sig‘imi va tez ishlashidir. Shaxsiy kompyuterninig xamma 
xotiralari  tashkil  qilinishi  xususiyatlariga  va  ishlatilishiga  ko‘ra  ichki  va  tashqi 
turlarga bo‘linadi.  
Ichki xotiralar 
Kompyuterni  o‘chirilsa,  bunday  xotiralardagi  ma‘lumotlar  xam  (doimiy 
xotiradagidan tashqari) o‘chib ketadi. 
Tezkor  xotira  kompyuterning  muhim  qismi  bo‘lib,  protsessor  undan 
amallarni bajarish uchun dastur, berilganlarni oladi va amalni bajarib, natijani yana 
unda  saqlaydi.  Shuni  alohida  tahkidlash  lozimki,  kompyuter  o‘chirilsa,  tezkor 
xotirada saqlanayotgan dasturlar va berilganlar yo‘q bo‘lib ketadi. Shuning uchun 
ularni qattiq diskda yoki disketalarda saqlab qolish kerak.  
Doimiy  xotira.  Kompyuterlarda  berilganlar  unga  avvaldan  joylashtirilgan 
doimiy  xotira  (BIOS-Basic  Input-  Output  System-kiritish  chiqarishning  asosiy 
tizimi)  mavjud.  Bunday  xotiradan  faqat  o‘qish  mumkin.  Shuning  uchun  ham  u 
ROM  (Read  Only  Memory-faqat  o‘qish  uchun)  deb  ataladi.  IBM  ‗C 
kompyuterlarda  bu  xotira  kompyuter  jihozlarini  ishlashini  tekshirish,  amaliyot 
tizimini boshlang‘ich yuklanishini tahminlash, qurilmalarga xizmat ko‘rsatishning 
asosiy funktsiyalarini bajarish uchun ishlatiladi. 
Kesh  xotira.  Kesh  xotira  kompyuter  ishlash  tezligini  oshirish  uchun 
ishlatiladi.  U  tezkor  xotira  va  mikroprotsessor  orasida  joylashgan  bo‘lib,  uning 
yordamida amallar bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha tez 
bajariladi.  Shuning  uchun  kompyuter  xotirasining  ko‘proq  ishlatiladigan  qismi 

 
34 
nusxasini  kesh  xotirada  saqlab  turadi.  Mikroprotsessorning  xotiraga  murojaatida, 
avvalo,  kerakli  dastur  va  berilganlar  kesh  xotirada  qidiriladi.  Berilganlarni  kesh 
xotirada qidirish vaqti tezkor xotiradagiga nisbatan ancha kam bo‘lgani uchun kesh 
xotira bilan ishlash vaqti ancha kam bo‘ladi. PENTIUM_2,3 kompyuterlarda kesh 
xotira hajmi 512 Kb ni tashkil qiladi.  
Videoxotira.  Videoxotira  monitor  ekraniga  video  ma‘lumotlarni 
(videotasvirlarni)  saqlab  turish  uchun  ishlatiladi.  Shuni  aytish  lozimki, 
videotasvirlar  (ayniqsa  rangli)  kompyuter  xotirasida  ko‘p  joy  egallaydi.  Shuning 
uchun  video  xotira  hajmi  qancha  katta  bo‘lsa,  shuncha  yaxshi  albatta. 
Videoxotiraning 1 Mbaytdan kam bo‘lmagani yaxshi.  
Tashqi xotiralar 
Kompyuter  o‘chiq  yoki  yoqiq  xolatida  xam  bunday  xotiralardagi 
ma‘lumotlar saqlanib qoladi va uni yana ishlatish mumkin. 
Egiluvchan disklar. Ularning diametri 3.5 dyum (89 mm) bo‘lib, hajmi 1,44 
Kbgacha  ma‘lumotni  saqlashga  mo‘ljallangan  magnit  qobiqli  diskdan  iborat. 
Bunday  diskdan  ma‘lumotni  o‘qish  va  unga  ma‘lumotlarni  yozish  tezligi  juda 
kichik. 
Qattiq  disklar.  qattiq  disklar  ma‘lumotlarni  uzoq  vaqt  saqlashga 
mo‘ljallangan disklardir. Ular ikki tarafi magnit qobig‘i bilan qoplangan 1 tadan 5 
tagacha  aylana  metal  plastinalardan  iborat  bo‘lib,  umumiy  o‘qda  katta  tezlikda 
to‘xtovsiz  aylanib  turadi.  Bunday  disklarni  mexanik  buzilishini  oldini  olish 
maqsadida maxsus metal korpus bilan himoyalab qo‘yiladi. Ularning hajmi xozirda 
300 Gbgachani tashkil qiladi. 
Lazerli  (kompakt)  disk.  Keyingi  paytda  bu  qurilma  juda  muhim  rol 
o‘ynamoqda.  Uning  asosiy  sababi  unga  650  -  700  Mbayt  hajmdagi  ma‘lumotni 
sig‘ishi bo‘lsa, ikkinchi tomondan uni ishlatishda qulayligi bilan alohida ehtiborga 
loyiq.  Uning  CD  ROM,  CD  R  va  CD  RW  ko‘rinishdagilari  mavjud  bo‘lib, 
birinchisiga  zavodda  maxsus  usul  bilan  yoziladi  va  faqat  o‘qish  uchun 
mo‘ljallangan, ikkinchisi ma‘lumotlarni faqat bir marta yozishga mo‘ljallangan va 
oxirgisi  ma‘lumotlarni  ko‘p  marta  yozish  uchun  keng  qo‘llanilmoqda.  Bunday 

 
35 
disklarning ikki tarafiga xam yoziladiganlari xozirgi kunda keng qo‘llanilayapti. 
DVD  disklar.  Bu  nomdagi  disklar  raqamli  ko‘pmaqsadli  audio-video 
ma‘lumotlarni  saqlashga  mo‘ljallangan  bo‘lib,  ularning  ma‘lumot  sig‘imi  4.7 
Gbdir.  Ularning  xam  faqat  bir  marta  va  ko‘p  marta  yoziladigan  ko‘rinishlari 
mavjud. Bunday disklarning xam ikki tarafiga yoziladiganlari bor. 
Flesh-xotira.  Bunday  xotira  qurilmasi  mikrosxemelardan  iborat  bo‘lib 
kompyuterning USB portiga ulanadi. Unlarning 256, 512, 1, 2 Gb va undan katta 
hajmlilari xam mavjud. Ularga ma‘lumotlarni katta tezlikda yozib olish va saqlash 
imkoni bor.  
Disk yurituvchilar(Diskovodq) 
Bu 
qurilmalarning 
ayrimlari 
tashqi 
xotiralarga 
ma‘lumotlarni  yozish  va  o‘qish,  ayrimlari  esa  faqat  ulardan 
ma‘lumotlarni o‘qish uchun xizmat qiladi. 
Egiluvchan 3.5 dyumli disklarga ma‘lumotlarni xam yozish 
xam  o‘qish  uchun  xizmat  qiladigan  disk  yurituvchilar  nisbatan  arzon  narxda 
bo‘lgani uchun, ularni barcha shaxsiy kompyuterlarga o‘rnatilgan bo‘ladi.  
Qattiq  disklar  kompyuterni  ishlashi  uchun  kerak  bo‘ladigan  xizmatchi 
dasturlarni  va  foydalanuvchining  ma‘lumotlarini  uzoq  muddat  saqlashga 
mo‘ljallangan.  Ularning  xajmi  juda  katta  bo‘lgani  uchun  undagi  ma‘lumotlarni 
qidirib topish yoki ma‘lumotlarni saqlash uchun bo‘sh joy tanlash birmuncha vaqt 
talab qiladi. Shuning uchun bunday diskning xar bir qavtida shu diskni xar ikkala 
tarafini  o‘qiydigan  golovkalar  o‘rnatilgan.  Diskni  esa  odatda  mantiqiy  ravishda 
ikki yoki undan ko‘p bo‘laklarga bo‘lib xar birini aloxida disk deb ehlon qilishadi. 
Shuning hisobiga diskda ma‘lumot bilan ishlashda katta tezlikka erishiladi. 
Lazerli  disklarga  odatda  zavodda  yuqori  aniqlikdagi  lazer  yordamida 
ma‘lumotlar  yoziladi  va  keyinchalik  bu  ma‘lumotlarni  faqat  CD  ROM  qurilmasi 
yordamida  o‘qiladi. Xozirgi  kunda  CD  Writer  va  DVD  RW  qurilmalari  xam  bor 
bo‘lib, ular yordamida lazer disklarga kompyuterning o‘zida ma‘lumot yozish va 
o‘qish mumkin. 
Drayverlar 

 
36 
Bu  shunday  dasturki,  u  mahlum  qurilmalarni  amaliyot  tizimi  bilan  birga 
ishlashini  tahminlaydi.  Agar  tizimga  biror  qurilma  ulangan  bo‘lsayu  unga  mos 
drayver o‘rnatilmagan va sozlanmagan bo‘lsa, u xolda Windows bunday qurilmani 
tanimaydi.  Masalan:  klaviatura,  monitor,  disk,  printer  va  boshqa  qurilmalar 
drayverlari bor. 
Shina 
Barcha  adapterlar 
mikroprotsessor  va  xotira  orqali  berilganlarni 
ayirboshlovchi  magistral  yo‘l  deb  ataluvchi  shinalar  orqali  bog‘langan  bo‘ladi. 
Shunday  qilib,  oddiy  so‘z  bilan  aytsak,  shinalar  turli  qurilmalarni  bog‘lovchi 
maxsus  simlardir.  Kompyuterda  bir  qancha  shinalar  bo‘lishi  mumkin. 
Kompyuterlarning  elektron  tuzilmasi  elektron  plata  deb  ataluvchi  modullardan 
iborat.  Uning  modul  tuzilishiga  ega  bo‘lishi  kompyuterlar  tahmirlanishini  oson 
bajarish,  uni  foydalanuvchi  ehtiyojiga  qarab  yig‘ish  va  o‘zgartirish  imkoniyatini 
beradi. 
Tizim platasi 
U  kompyuterning  asosiy  platasi  hisoblanib,  unga  BIOS,  mikroprotsessor, 
tezkor  xotira,  kesh  xotira,  shinalar  joylashtirilgan  bo‘ladi.  Bundan  tashqari,  unda 
bahzi  bir  qurilmalar,  ishni  boshqaruvchi  elektron  tizimlar,  klaviatura,  disk 
qurilmalari  adapteri  ham  joylashgan  bo‘ladi.  hozirda  shinalarning  PCI  /  ISA  turi 
keng  ishlatilmoqda.  Bunday  shinalarning  ma‘lumot  ayirboshlashi  tezligi  yuqori 
bo‘lib, u orqali kompyuterga ko‘p tashqi qurilmalarni ulash mumkin.  
Kompyuterda  kiritish-chiqarish  portlari  kontrolerlari  mavjud  bo‘lib,  ular 
tizim  blokining  orqa  qismida  joylashgan  slot  deb  ataluvchi  joylar  orqali  printer, 
sichqoncha  va  boshqa  qurilmalar  ulanishi  uchun  xizmat  qiladi.  Kiritish-chiqarish 
portlari parallel va ketma-ket bo‘ladi va ular mos ravishda LPT1-LPT4 va COM1-
COM3  deb  belgilanadi.  Odatda  LPT  portga  printer  va  COM  portga  faks-modem, 
sichqoncha va boshqa qurilmalar ulanadi.  
Windowsning multimedia imkoniyatlari 
Tovushlar  va  videoelementlar  (video)  bilan  ishlash  mulg‘timedia  vositalari 
deb  ataladigan  maxsus  texnik  va  uskunaviy  qurilmalar  bilan  amalga  oshiriladi. 

 
37 
Bunday  texnik  vositalar  bilan  jihozlangan  kompyuter  mulg‘timedia  -  kompyuter 
deb ataladi. 
Mulg‘timedia  atamasining  lug‘aviy  ma‘nosi  mulg‘timuhitni  anglatadi. 
Ammo  mulg‘timedia  tushunchasining  aniq  tahrifi  mavjud  emas.  Odatda 
mulg‘timedia  deganda  turli  shakldagi  ma‘lumotlarni  qayta  ishlovchi  vositalar 
majmuasi  tushuniladi.  Ayni  vaqtda  bu  avvalo  tovushlar,  videoelementlarni  qayta 
ishlovchi  vositalardir.  Shu  bilan  birga  mulg‘tiplikatsiya  (animatsiya)  va  yuqori 
sifatli  grafika  hollarida  ham  mulg‘timedia  haqida  gapirish  mumkin.  Kelajakda 
mulg‘timedia  vositalari  ma‘lumotning  boshqa  turlari,  masalan,  virtual  voqelik 
bilan ishlash imkonini berishi ehtimoldan xoli emas. 
Mul’timedia qurilmalari 
Raqamli  foto-  va  videokameralar  kompyuterga  tasvirli  va  tovushli 
ma‘lumotlarni (fototasvir va videofilg‘mlarni) kiritish uchun mo‘ljallangan.  
Mikrofon tovushli ma‘lumotlarni kiritish uchun mo‘ljallangan.  
 
 
Kolonkalar  va  naushniklar  tovushli  ma‘lumotlarni  eshitish  uchun 
mo‘ljallangan. 
 
   
 
Yüklə 6,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin