O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi tоshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə241/308
tarix04.05.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#107507
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   308
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

12-variant


1-topshiriq. Ko`chiring. 1) ot, sifat, son va olmoshlarning ma`no jihatdan turlarini aniqlang, ma`no turini ustiga yozib qo`ying. 2) ajratib ko`rsatilgan so`zlarni matndan so`ng yozib, har birini morfologik jihatdan to`liq tahlil qiling. 3) otlashgan sifat va sonlarni matndan so`ng yozing, gapdagi vazifasini izohlang.
1. Biror bir kimsaga yaxshilik qilsang, shuni bilki, sening saxovatingdan u behad shod bo`lgani kabi, senga ham shunchalik zavq nasib etadi. (Qobus) 2. Bitta ota yuzta o`qituvchidan ustun demakdir. (Hikmat) 3. Osmonda mayin, yengil qor uchqunlaydi. (O) 4. Uydan xat oldim, sizga ham salom deyishibdi.


2-topshiriq. Berilgan qoliplar bo’yicha bittadan mazmunli gap tuzing va har bir so’z turkumining ustiga turini yozib qo’ying:

1. Miqdor son + butunning bo’lagini ifodalovchi hisob so’zi + rang-tus ifodalovchi tub sifat + 3-shaxs egalik qo’shimchasini olgan o’rin-payt kelishigidagi turdosh ot + otdan yasalgan sifat + 3-shaxs ko’plikdagi egalik qo’shimchasini olgan o’rin-payt kelishigadagi turdosh ot + yasama sifat + 3-shaxs ko’plikdagi egalik qo’shimchasini olgan o’rin-payt kelishigadagi turdosh ot + yasama sifat + fe'l.


2. Qaratqich kelishigidagi turdosh ot + yasama sifat + 3-shaxs birlik shakldagi egalik qo’shimchasini olgan turdosh ot + 3-shaxs ko’plik shaklidagi egalik qo’shimchasini olgan o’rin-payt kelishigi shaklidagi tub turdosh ot + 3-shaxs birlik shakldagi miqdor son + o’rin-payt kelishigidagi tartib son + dona son + turdosh ot + fe'l.


3-topshiriq. O`qing va ko`chiring. 1) tuslangan va tuslanmagan fe`llarni aniqlab, tuslangan fe`llar tagiga ikki to`g`ri chiziq, tuslanmagan fe`llar tagiga bir to`g`ri chiziq chizing; 2) tuslangan fe`llarni matndan so`ng alohida-alohida yozib, har birining nisbati, bo`lishli-bo`lishsizligi, mayli, zamoni, shaxs-sonini yozma izohlagn.

1. Uy sohibi ta'zim va takalluf bilan: - Olsinlar! Taomni muntazir qilmag`aylar! – deb yeyishga qistar edi. (Mirm.) 2. Xizmatga endigina kirgan vaqtimda bir kelgan edingiz, shu-shu ko`ngilni egallab qo`ygansiz. (T.Malik) 3. Nimaga yo`qlaganimni bilarsiz-a, hofiz? (T.Malik) 4. Yoshlik oltin bilan barobar, nimani xohlasang, shuni qila olasan. (M.G.)




4-topshiriq. Berilgan qolip bo’yicha bitta mazmunli gap tuzing.

1. Tarkibida o`tgan zamon sifatdoshi + orttirma nisbatdan yasalgan majhul nisbat shaklidagi sifatdosh + 3-shaxs birlik shaklidagi ko`makchi fe’lli so`z qo`shilmasi qatnashgan mazmunli gap tuzing.


2. Tarkibida o`rih-payt kelishigidagi harakat nomi + kelasi zamoh sifatdoshi + yaqin o`tgan zamon shaklidagi ko`makchi fe’lli so`z qo`shilmasi + yaqin o`tgan zamon, birgalik nisbatidagi fe’l qatnashgan mazmunli gap tuzing.


5-topshiriq. O`qing va ko`chirib yozing. 1) ravishlarni aniqlang va matndan so`ng alohida yozib, to`liq tahlil qiling; 2) yordamchi so`zlarni topib, to`liq tahlil qiling; 3) modal, undov, taqlid sozlarni aniqlab, to`liq tahlil qiling.

1. Albatta, mashinaga o`tirib, g`ir etib, ertalab Toshkentga tushib, kechqurun qaytib kelish ham mumkin.(O.Y.) 3. Saidahmad takabburona yurib, darvoza oldiga chiqdi. (O) 3. Farmonov xuddi yuragi paq etib yorilib ketganday “ih” deb ko`kragini ushladi-da, boshini shilq etib yostiqqa tashladi. (O.Y.) 4. Shu payt qo`ng`iroq ustma-ust jiringladi. (A.Q.)





Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   308




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin