O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi tоshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə239/308
tarix04.05.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#107507
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   308
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

4-topshiriq. 1) gaplar tarkibidagi eskirgan so`zlarni tarixiy va arxaik so`zlarga, yangi so`zlarni “butunlay yangi” va “yangi ma’no kasb qilgan” kabi guruhlarga bo`lib yozing; 2) sheva, atama, kasb-hunar va jargon so`zlarni topib ma’nolarini izohlang; 3) frazeologik iboralarni aniqlab, ma’nolarini izohlang.

1. – Hamma yoq tinch, - dedi u hisob berib. – Qurollarini berishdi. – Sapchishmadimi? – Yo`q. (T.Malik) 2. Biroq eng alam qiladigani shu ediki, uning aqldoshlari – sayyora egalari o`zlariga o`xshash va ayni zamonda o`xshamaydigan “bu ikki oyoqli maxluq”qa negadir dushmanlik ko`zi bilan qarashardi. (R.Obidov) 3. Ammo shu lahza osh suzilayotganda, eshik taqillab, yasovullar afandining oyog`ini yerga tekkizmay olib chiqib ketishibdi.(Mirm.) 4. –Ay, Maksim polvon! – dedi Bo`ri polvon. – Sen Bo`ri polvonga o`rlashma! (T.Murod) 5. Bosh so`z ot, sifat, son, undov so`z, ravish va modal so`z bilan ifodalangan birikmalar otli birikmalar deb ataladi. (Darslikdan) 6. Biroq u quruvchilikni sevadi, shunday bo`lgandan keyin haligiday nuqsonlardan ko`z yumib keta olarmidi? (J.Abd.) 7. - ... keyin men boshimni ko`chada qanaqa qilib ko`tarib yuraman.




5-topshiriq. 1) faqat birinchi gap tarkibidagi so`zlarni morfemalarga ajrating: o`zakning tagiga chizing va affiks turlarini aniqlab, ularning nomini yozib qo`ying; 2) barcha gaplar tarkibidagi yasama so`zlarni topib, qaysi usul bilan yasalganini yozing; 3) barcha gaplar tarkibidagi qo`shma, juft, takroriy, qisqatma so`zlarni topib, ustiga tegishlicha yozib qo`ying.

1. Ilmi oshib-toshib yotibdi, lekin bilimdonlik qilmay, oz so`zlab, ko`p tinglab o`tiribdi. (I.R.) 2. O`shning janubidagi keng tekisliklar, to`lqinsimon qir va adirlar turli-tuman dala gullari bilan bezangan. (P.Q.) 3. Tiniq osmonda yulduzlar charaqlar, ammo oy ko`rinmasdi. (S.N.)


4. Uning Asadbek bilan yaqinligi, garchi do`stlik libosida ko`rinsa-da, aslida odam bolasiga xos samimiylikdan yiroq, faqat bir maqsad yo`lidagi majburiy birlashuv edi. (T.Malik) 5. ... u tabiatan darveshsifat edi. (O.)
6. Otaqo`zi viloyat “Sovxozboshqurilish”ning boshlig`i bilan ko`p olishgan, bu o`ta manman, qo`rs, tepsa-tebranmas odam uni qon qilib yuborgan edi. (O.Y.)



Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   308




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin