Nutq apparati
Avvalo, nutq tovushlarining anatomik-fiziologik tomonini ko`rib chiqamiz. Bunda nutq tovushlarining hosil bo`lishida ishtirok etadigan nutq a’zolari bilan tanishamiz. Bunday nutq a’zolarining jami nutq apparati deb yuritiladi.
Nutq apparatiga quyidagilar kiradi:
1. Nafas appa rati: o‘pka, bronxlar (bir juft), nafas yo‘li (traxeya).
2. Bo‘g‘iz bo‘shlig‘ida xalqasimon, piramidasimon, qalqonsimon tog‘aylar hamda un paychalari joylashgan.
3. Og‘iz bo‘shlig‘ida til, tanglay (qattiq va yumshoq), kichik til, lab va tishlar joylashgan .
4. Burun bo‘shlig‘i.
5. Markaziy asab tizimi.
Nutq a’zolarining jami nutq apparati deyiladi. Endi har bir nutq a’zosining vazifasi xususida to‘xtalib o‘tamiz.
1-rasm24. Nafas apparati:
1 – qalqonsimon tog`ay; 2 – uzuksimon tog`ay; 3 – kekirdak(traxeya); 4 – bronxlar; 5 – bronxlarning ichki tarmoqlari; 6 – o`pkaning tepa qismi; 7 – o`pkaning tag (ost) qismi .
2-rasm. Bo`g`iz(hiqildoq):
A – bo`g`izning old tomoni: 1 – qalqonsimon tog`ay; 2 – uzuksimon tog`ay; 3 – til osti suyagi; 4 – qalqonsimon tog`ayni til osti suyagiga ulab turuvchi pay; 5 – uzuksimon tog`ayni qalqonsimon tog`ay orasidagi pay; 6 – kekirdak(traxeya).
B - bo`g`izning orqa tomoni: qalqonsimon tog`ay; 2 – uzuksimon tog`ay; 3 - qalqonsimon tog`ayning yuqori shoxlari; 4 - qalqonsimon tog`aynini quyi shoxlari; 5 – cho`michsimon tog`aylar; 6 – bo`g`iz qopqog`I; 7 – traxeyaning pardasimon (orqa) qismi.
3-rasm. Bo`g`izning ko`ndalang kesilgandagi ko`rinishi:
1- qalqonsimon tog`ay; 2- cho`michsimon tog`aylar; 3 - un paychalarining qirralari; 4 – ovoz paychalari orasidagi tirqish.
O‘pka inson organizmini kislorod bilan ta’minlovchi a’zo ekanligi hammaga ma’lum. Nutq a’zosi sifatida esa o‘pka nutq tovushlarining hosil bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan havo oqimini yetkazib beradi, ya’ni inson nafas olganida o‘pka va undagi bronxlar havoga to‘ladi va bu havo oqimi tashqariga qaytib chiqish jarayonida tovush hosil qiluvchilik vazifasini ham bajaradi.
Havo oqimi nafas yo‘li orqali bo‘g‘izga tomon harakatlanadi. Bo‘g‘izdagi cho‘michsimon, uzuksimon, shoxsimon, xalqasimon, piramidasimon, qalqonsimon tog‘aylar un paychalarini ushlab turuvchi a’zolardir. Un paychalari esa ovoz manbai hisoblanadi, chunki ular dutor yoki soz torlariga o‘xshab havo urilishi natijasida ovoz chiqaradi (simyog‘ochga tortilgan simlarning shamol kelib urilishi natijasida chiyillab ovoz chiqarishini ko‘z oldingizga keltiring). Og‘iz bo‘shlig‘i tovushni kuchaytirib berishga yordam beradigan a’zodir. Til juda ko‘p tovushlarni hosil qilishda ishtirok etadigan a’zodir. Tilning turlicha harakati va holati natijasida unli va undosh tovushlar hosil bo‘ladi. Kichik til ham ayrim tovushlarning (q, g‘ , x) hosil bo‘lishida qatnashadi. Lablarning keng ochilishi, cho‘chchayishi, jipslashishi yoki pastki labning ustki tishlarga tegishi natijasida turli tovushlar hosil bo‘ladi. Ayrim tovushlar havo oqimining tishlar orasidan sirg‘alib chiqishi natijasida hosil bo‘ladi. M, n, ng tovushlari hosil bo‘lishida havo oqimining bir qismi burun bo‘shlig‘i orqali o‘tib, tashqariga chiqadi. Markaziy asab tizimi nutq a’zolari harakatini yuzaga keltiradi, bu harakatni bevosita boshqarib turadi. Ana shu tariqa har bir nutq a’zosining tovushlarni hosil qilishda o‘z vazifasi bor.
Dostları ilə paylaş: |