O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n
4. Mujassamlantiruvchi (polisintetik)20tillarningxususiyati shundan iboratki, ularda butun bir gap bir so‘z holida yoziladi va talaffuz qilinadi. Masalan, AQSHning Yuta shtatida yashovchi hindularning payyut tilidan misol keltiramiz: “vii-to-kuchum-punku-ryugani-yugvi-van-tyum” tarzida yoziladigan “so‘z-gap” so‘zma-so‘z quyidagicha tarjima qilinadi: “pichoq-qora-bizon-qo‘lga o‘rgatilgan-bo‘laklamoq-o‘tirmoq”. Ma’nosi: Pichoq bilan qo‘lga o‘rgatilgan qora bizonni bo‘laklab o‘tirishibdi”. Polisintetik tillarga chukot tili, suningdek, Amerikadagi ayrim hindu tillari, Osiyodagi paleoosiyo oilasiga mansub ayrim tillar kiradi. Bunday tillarda bizning tushunchamizdagi so‘z birligi yo‘q, ya’ni so‘zlar gapdan tashqarida mavjud bo‘la olmaydi.
Shuni ta’kidlash lozimki, tillarning morfologik tasnifi nisbiytabiatga egadir, chunki o‘z xususiyatlari bilan mutlaq tarzda bir guruhga tegishli bo‘lgan til yo‘q. Misol uchun, o‘zbek tili asosiy xususiyatlari bo‘yicha agglyutinativ tillar guruhiga kirsa ham, flektiv tillarga xos belgilardan xoli emas. Masalan, o‘zbek tilida ham so‘z tarkibidagi tovush o‘zgarishi natijasida yasalgan so‘zlar mavjudligi haqida buyuk o‘zbek tilshunosi Ayyub G‘ulomov fikr bildirib o‘tganlar. U kishi bo‘r va bo‘z (gazmol nomi), ko‘r va ko‘z, semir va semiz, qimir va qimiz so‘zlarining o‘zaro aloqadorligini, ya’ni yasalganligini ta’kidlaganlar21. Shuningdek, keldim so‘zidagi –m qo‘shimchasi ham 1-shaxsni, ham birlikni ifodalaydi. Bular o‘zbek tilidagi fleksiyaning izlaridir.
Tilshunoslik fanining bo‘limlari
Tilshunoslik fani quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga qamrab oladi:
1.Lеksikologiya tilning lug‘at boyligini o‘rganuvchi bo‘limdir. Uning quyidagi sohalari mavjud:
1)semasiologiya (yun. semasia - belgi, ma’no, logos – ta’limot, fan) so‘zning ma’no tomonlarini o‘rganadi.