O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya darslarida didaktik o’yinlar
o’tkazishtexnologiyasi Umumta’lim maktablarida iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kurslari VIII- IX sinflarda o’rganiladi. Mazkur kurslarda quyidagi mavzular bo’yicha didaktik o’yinlarni ishlab chiqish mumkin:
qishloq xo’jaligi va uning tarmoqlari. Materikklar va alohida davlatlar qishloq xo’jaligi;
transport va xalqaro iqtisodiy aloqalar;
mintaqalar va davlatlar iqtisodiy geografiyasi.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kursi bo’yicha individual va guruhli didaktik o’yinlarni ishlab chiqish mumkin.
Afrika materigi siyosiy haritasidagi davlatlarni chegarasi bo’yicha qirqib olib, ularni joylashtirish bo’yicha o’yin tashkil qilinadi. Bunda 2-3 ta o’quvchi navbat bilan davlatlarni joy-joyiga to’g’ri qo’yib chiqadi. Kim qisqa vaqtda mazkur ishni bajarsa o’sha g’olib hisoblanadi. Bunda o’quvchilarni siyosiy harita va davlatlarni geografik joylanishi haqidagi bilimlari tekshiriladi.
Maydoni 1 mln. km2 ortiq bo’lgan davlatlar soni qaysi materikda ko’p ekanligini aniqlang.
Sharqdan-g’arbga, shimoldan-janubga geografik o’yini.
O’qituvchi yoki o’yin boshqaruvchisi sinf o’quvchilariga besh va undan ortiq davlat nomi yozilgan kartochkalar tarqatadi. O’yin ishtirokchilariga kartochkada yozilgan davlatlarni ma’lum tartibda ya’ni sharqdan g’arbga yoki shimoldan janubga tomon tartib bilan, ma’lum ajratilgan vaqt ichida yozib chiqishlari topshiriladi.
Masalan, kartochkada quyidagi davlatlar yozilgan deylik: Jazoir, Chad, Markaziy Afrika Respublikasi, Liviya, Misr, Saudiya Arabistoni, Marokash, Kongo, Tunis, Efiopiya.
Agar sharqdan g’arbga ma’lum tartibda davlatlarning nomini yozish talab etilsa – Saudiya Arabistoni, Misr, Liviya, Tunis, Jazoir, Marokash tartibida yoziladi.
Agar shimoldan janubga tomon yozish talab etilsa quyidagi tartibda Latviya, Chad, Markaziy Afrika Respublikasi, Kongo.
Shunga o’xshash geografik o’yinlarni har bir davlat iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi bo’yicha ham ishlab chiqish mumkin.
O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiiy geografiyasi va uning tarmoqlari bo’yicha qator didaktik o’yinlar ishlab chiqib, o’quvchilarni bilish faoliyatini jadallashtirish mumkin.