O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə115/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

Toifalar

Davlat

Mamlakat

Maqomi noma’lim davlat

Monarxiya

Respublika
















Nilufar guli” chizmasi. Muammoni yechish vositasi.
O’zida nilufar guli ko’rinishini namoyon qiladi. Uning asosini to’qqizta katta to’rt burchaklar tashkil etadi. Tizimli fikrlash, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi va faollashtiradi

O’tkazilish tartibi:


Chizmani tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida kichik guruhlarda chizma tuzadilar: to’rt burchak markazida avval asosiy muammoni (g’oya, vazifa) yozadilar. Uning yechish g’oyalarini esa markaziy to’rt burchakning atrofida joylashgan sakkizta to’rt burchaklarga yozadilar.
Markaziy to’rt burchakning atrofida joylashgan sakkizta to’rt burchaklarga yozilgan g’oyalarni, atrofda joylashgan sakkizta to’rt burchaklarning markaziga yozadilar, ya’ni gulning barglariga olib chiqadilar. Shunday qilib, uning xar biri o’z navbatida yana bir muammodek ko’riladi
Chizmani tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida kichik guruhlarda chizma tuzadilar: avval asosiy muammoni (g’oya, vazifa) yozadilar, so’ngra kichik muammolarni, ularning har biridan esa, kichik muammoni batafsil ko’rib chiqish uchun “kichik shoxchalarni” chiqaradilar. Shunga asosan har bir g’oyalar rivojlanishini batafsil kuzatish mumkin.
“Nilufar guli” chizmasi













C

























F

























Y





























Z













B

Z

C

D

A

F

G

H

Y













H





























B

























D

























G


















Ish natijalarining taqdimoti


Amaliy nuqtai nazardan barcha g’oyalarni ixcham deb tasavvur qiling (bitta-ikkitasi bilan chegaralaning), bu ham aql uchun foydali mashq hisoblanadi.
Buning uchun katta qog’oz varag’i zarur bo’ladi. Doimo o’zingiz mushohadalaringiz natijasini bir varaq qog’ozda ko’rish foydali hisoblanadi. Qarama-qarshi holda esa sizga bir varaqdan boshqasiga sakrab yurishingizga va bunda zaruriy biror muhim narsani unutishingizga olib keladi.
Musbat, manfiy, qiziqarli (MMQ)” metodi o’quvchilarni geografiya darslarida mavzuning mavjud vaziyatini barcha detallarini puxta o’rganish asosida xulosa chiqrishga odatlantirish orqali ongni boyitish, tafakkurni kengaytirishga xizmat qiladi. Geografiya ta’lim jarayonida MMQ metodini qo’llash o’quvchilarning ma’lum voqelik, hodisa yoki jarayonning barcha jihatlariga e’tibor qaratish, ularni salbiy jihatlarini baholash, qiziqarli tomonlarini aniqlash va kengaytirishga doir ko’nikma, malakalarini rivojlantirishda samarali sanaladi. Bunda asosiy e’tibor mavjud vaziyatning barcha ijobiy jihatlarini inobatga olishga qaratiladi. O’rganilayotgan vaziyat yuzasidan xulosa chiqarish, qaror qabyl qilish faqat u batafsil o’rganib chiqilgandan keyingina amalga oshirilishi mumkin (D.Ro’ziyeva, 2011.).
Quyi Amudaryo mavzusi yuzasidan bilimlarni o’zlashtirishda MMQ metodi qo’llanilganda o’quvchining fikrlash samaradorligi bir necha marta oshadi. Ko’p hollarda bir qarorga kelishni talab qiladigan vaziyatlarda ham ushbu metodni qo’llash maqsadga muvofiqdir.
MMQ metodi bir vaqtning o’zida o’quvchilar faoliyatini o’rganish va baholash metodi ham hisoblanadi. Uni qullash sxemasi quyidagicha:

“Musbat, manfiy, qiziqarli” metodini qo’llash sxemasi











Quyi Amudaryo o’lkasining musbat, manfiy va qiziqarli tomonlari to’g’risida gapirganda o’quvchilar quyidagicha ma’lumotlarni berishlari mumkin:


Musbat (ijobiy). Amudaryoning qadimiy va hozirgi delьtasini o’z ichiga oladi. O’lkaning yer yuzasi tekis. kengayib, ba'zi yerlarda 140—150 km ga yetadi. Quyi Amudaryo okrugi antropogen davrning allyuvialdelta yotqiziqlarining asta-sekin to’planishi va uning deltasining Orol dengizi tomonga o’sishi tufayli vujudga kelgan. Quyi Amudaryoning hozirgi zamon deltasi esa, asosan, antropogen davr allyuvial, eol yotqiziqlaridan — qumoq, qumli, gilli qum, gil kabi jinslardan tashkil topib, qalinligi 80— 140 m ga yetadi. O’lkada eng qadimiy jinslar uning negizini tashkil etuvchi bo’r davr yotqiziqlari bo’lib, ustini paleogen, neogen va, antropogen jinslari qoplab olgan.
Quyi Amudaryo okrugi hududidagi eng muhim qadimiy o’zanlari uning o’ng qirg’og’idagilari — Orol tomon yo’nalgan Shortonbay, Kreyt-Uzak, Itkra-Uzak, QoraUzak, Kindiksay, Qorako’lsay va boshqalardir. Chap qirg’oqdan
boshlanuvchi va Sariqamish bogig’i tomon yo’nalgan eng qadimiy o’zani Kuhnadaryo, Daryoliq va Daudan hisoblanadi.

Yüklə 496,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin