O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə116/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

Manfiy (salbiy) . Quyi Amudaryo relefining tabiiy holatini o’zgartishda insonning xo’jalik faoliyati ham muhim relef hosil qiluvchi omilga aylangan. Chunki inson o’zining ko’p asrlik xo’jalik faoliyatida Quyi Amudaryo yerlarini tekislagan, jarlarni to’ldirgan, ariq va zovurlar qurgan, oqibatda okrug yer usti tabiiy holatini o’zgartgan. Quyi Amudaryo yuqorida qayd qilganimizdek, O’zbekistonning eng sovuq hududidan biri hisoblanadi. Amudaryo suvining Orol dengiziga yetib bormasligi natijasida dengiz suvi chekini, o’lkada ekologik tang vaziyatni vujudga keltirdi. Natijada bugungi kunda mazkur hududda “Orolqum” vujudga keldi. Shamol ta’sirida o’sha qumlar uchib Amudaryoga tuz yog’ini yog’moqda. Mo’ynoq shahri atrofidagi har gektar maydonga 1000 kg tuzli changlar tushmoqda.
Qiziqarli. Quyi Amudaryo tabiiy-geografik o’lkasi Qoraqum cho’li bilan Orol dengizi orasida joylashgan. O’lkaning eng tor joyi Tuyamo’yin tangligida bo’lib, kengligi taxminan 10—12 km. Amudaryoning hozirgi zamon deltasini Orol dengiziga tutashgan mintaqasida «eng yosh» delta bo’lib, uning maydoni Orol dengizi suv sathining pasayishi hisobiga muttasil kengayib bormoqda. Quyi Amudaryo yotqizyqlari yoshi va litologik tuzilishi jihatidan bir xil emas.
So’nggi 35 yil ichida Orol dengizi suv sathining 15,5 metr pasayishi tufayli uning suvi ba'zi joylarida 100 km gacha chekinib, quruqlikka aylanib qoldi. Ma'lumotlarga qaraganda XVI asrgacha Amudaryo suvining bir qismi vaqtvaqti bilan (suvi ko’p bo’lganda) Ko’hnadaryo orqali Sariqamish ko’liga quyilib turgan.
O’lkada Amudaryo ilon izi bo’lib, sekin oqadi. Shuning uchun Amudaryoning qadimiy o’zanlari vujudga kelib uning relefini ancha murakkablashtirgan . Qadimda Amudaryoning «tentirab» oqishi tufayli o’zanlar orasida nisbiy balandliklari 60—80 m: ga yetuvchi bir necha tepalik, marzalar va qoldiq tog’lar bo’laklarga bo’linib ketgan .
Guruh a’zolari Quyi Amudaryo o’lkasi mavzusi bo’yicha o’lkaning musbat, manfiy va qiziqarli tomonlarini o’zlariga belgilangan mavzuning tegishli qismlarini o’rganib bo’lganidan so’ng, ko’rgazmali qurollar asosida ma’ruzalarni bayon qiladilar. Guruhlar o’rtasida savol-javob, o’quv bahsi o’tkaziladi.
Aqliy hujum” metodi- Ushbu metodning asosiy vazifasi ma’lum vaqt orasida ko’proq g’oyalarni yig’ishdan iborat. Barcha g’oyalar katta qog’ozga yoki doskaga izohsiz yoziladi. Metodning hususiyatlari:

    • miqdor jihatdan cheklanganligi (guruhda o’quvchi va talabalar soni 20 kishidan oshmasligi) va guruhlarning hilma-xilligi;

    • eshitishga o’rganish va b

ir-birlarini g’oyalarini rivojlantirish;

    • «O’ylamasdan» aytilgan g’oyalar va xazil mutoibalar uchun rag’batlantirish;

    • tanqidga yo’l qo’ymaslik va baholashni muhokama qilmaslik;

- vaqtning cheklanganligi.
Zamonaviy sharoitda xorij mamlakatlarida ta’labalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholashda o‘ziga xos innovatsion xarakterli texnologiyalardan samarali foydalanilmoqda. Shunday texnologiyalardan biri – assesment texnologiyasidir.
Assesment” texnologiyasi- (inglizcha-. “baho”, “baholash”) talabalarning bilim, kо‘nikma va malakalari darajasini har tomonlama, xolis baholash imkoniyatini ta’minlovchi topshiriqlar tо‘plami
U biografik anketa, ta’lim sohasidagi yutuqlar bayoni, o‘quv individual topshiriq, bahs-munozara, intervyu, ijodiy ish, test, individul keys, taqdimot, ekspert kuzatish, rolli hamda ishbilarmonlik o‘yinlari kabilardan tashkil topadi. Texnologiya quyidagi uch maqsadga xizmat qiladi:

  • o’quvchi va talabalarning BKMni har tomonlama, xolis baholash;

  • o’quvchi va talabalarning BKMni rivojlantirish imkoniyatlarini aniqlash;

  • o’quvchi va talabalarning BKMni rivojlantirishga xizmat qiladigan yillik reja (maqsadli dastur)ni shakllantirish.

Ushbu texnologiyaning yaratilish tarixi o‘tgan asrning 30-40-yillariga borib taqaladi. Dastlab texnologiya mavjud harbiy vaziyatlarni to‘g‘ri baholay oladigan, harbiy harakatlar jarayonini samarali boshqaradigan, zarur o‘rinlarda oqilona harakatni tashkil eta oladigan ingliz va nemis harbiylari orasidan bilimdon, tadbirkor, mahoratli harbiylar, ofitserlarni tanlash maqsadida qo‘llanilgan. Ayni vaqtda respublika ta’lim muassasalarida o’quvchi va talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalari kamida to‘rtta topshiriq bo‘yicha baholanmoqda. Masalan: muammoli vaziyat, izohli lug‘at, kichik, test.




Yüklə 496,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin