O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy


Geografiya darslarida kinofil’mlardan foydalanish



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə124/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

Geografiya darslarida kinofil’mlardan foydalanish.


Kinofil’mlardan geografiya darslarida foydalanish dars mavzusi, dars turi, boshqa holat va sharoitlarga qarab turlicha bo’lishi mumkin.


Dars jarayonida kinofil’mlardan to’la foydalanish mumkin, uning bo’limlaridan va qism yoki lavhalaridan foydalanish mumkin. Kinofil’mni namoish qilishni darsning turli xil bosqichlarida amalga oshirish mumkin. Ayrim kinofil’mlardan to’la, ayrimlaridan qisman foydalanish mumkin.
Kinofil’mlar dars jarayonida foydalanishga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:

    • maxsus o’quv maqsadlarida chiqarilgan fil’mlar;

    • ilmiy- ommabop kinofil’mlar;

    • tabiat komponentlarining ayrim qismlariga bag’ishlangan fil’mlar (tog’lar,o’rmonlar, daryolar, ko’llar, hayvonot dunyosi va h. k.)

    • badiiy fil’mlar;

-videofil’mlar.
Maxsus o’quvfil’mlari aniq bir mavzuga bag’ishlangan bo’ladi. Masalan, tog’lar, Sahroi Kabir cho’li, Tundra, o’rmonlar va h.k.
Ilmiy-ommabop kinofil’mlar asosan keng halq ommasiga mo’jallab chiqariladi. Dars jarayonida uning ayrim qismlaridan foydalanish mumkin.
Tabiat komponentlarini ayrim qismlariga bag’ishlangan kinofil’mlardan ham dars jarayonida foydalanish mumkin. Masalan, hayvonlarni ayrim turlariga, okean mavjudotlariga, aholiga va uning turmush tarziga bag’ishlangan fil’mlar.
Badiiy fil’mlarni ham ayrim dars mavzusiga oid qismlaridan foydalanish mumkin. Bunday fil’mlar toifasiga sarguzasht fil’mlar ko’proq kiradi. Unda tasvirlangan tabiat manzaralari, o’simlik va hayvonot dunyosidan dars jarayonida foydalanish mumkin.
Turli xil videofil’mlardan ham mavzuga mos joylaridan foydalanish mumkin.
Yuqorida aytilganidek kinofil’mlardan darsning boshida, ya’ni o’tilgan darslarni takrorlashda, yangi mavzuni o’tishda, olingan bilimlarni mustahkamlashda foydalanish mumkin.
Takrorlash darslarida mavzu bo’yicha kinofil’m yoki uning bir qismi namoyish qilinadi va o’quvchilardan unga izoh berish yoki uni tushuntirib berish talab qilinadi.
Yangi mavzuni o’rganishda mavzuga oid kinofil’m to’la ko’rsatiladi. Bunda fil’mga o’qituvchi izoh beradi.
O’tilgan mavzuni mustahkamlashda ham kinofil’mlardan foydalanish mumkin. Bunda kinofil’m namoyish qilinadi va uning mazmuni o’quvchilardan so’raladi.
Ayrim xollarda kinofil’mlar darsni kirish qismi sifatida ko’rsatiladi.
Fil’mni dars jarayonidagi o’rni darsning maqsadi, mazmuni va o’ziga xos xususiyatlari bilan aniqlanadi. O’quv fil’mlaridan bilim olish manbai sifatida ham
foydalanish mumkin. Undan mustaqil ishlarni bajarish bo’yicha o’quv qo’llanma sifatida ham foydalansa bo’ladi. Masalan, berilgan savollarga javob topish, namoyish qilinayotgan materiallarni mavjud (bor) material bilan, darslik bilan, o’qituvchini ma’ruzasi, qator boshqa fil’mlarni mazmuni bilan solishtirish. Fil’mlar o’quvchilar bilimini tekshirishda va o’rganilgan mavzu mazmunini o’zlashtirish darajasini aniqlashda, o’tilgan materiallarni umumlashtirishda yoki ma’lum mavzuni umumiy tavsifini o’tishda foydalanish mumkin. Bundan tashqari fil’mlar yordamida sinf sharoitida sayohatlar ham uyushtirish mumkin yoki bo’lmasa o’quvchilar bevosita ko’rolmaydigan jarayonlarni ko’rsatish mumkin. Masalan, “Qora metallurgiya”, “Sintetik tolalar”, “Tropik o’rmonlar”, “Cho’llar”, “Dashtlar”.
Dars jarayonida fil’mlar bilan ishlash metodikasi quyidagi qismlardan iborat:

  1. o’quvchilarni ma’lum bir mavzu bo’yicha kinofil’mni ko’rishga tayyorlash; b) o’quvchilarni fil’mni ko’rish jarayonidagi ishlarini tashkil qilish; v) ko’rilgan fil’m mazmunini mustahkamlash; g) kinolashtirilgan darsni samaradorligini tekshirish.

O’quvchilarni dars oldidan aniq fil’mni ko’rishga tayyorlash fil’m mazmunini faol tushunishga va uni to’la o’zlashtirishga imkon beradi. Fil’mni o’quvchilar o’qituvchi kuzatuvida ko’rishadi. Agar fil’mni ko’rish jarayonida nazorat bo’lmasa o’quvchilar fil’mga diqqat berishmaydi va boshqa narsa bilan shug’ullana boshlaydilar yoki bir-biri bilan gaplashib o’tirishadi. Natijada fil’m mazmuni yuzaki o’zlashtiriladi.
Agar fil’m qiziqarli bo’lsa o’quvchilar uni qiziqib diqqat bilan tomosha qilishadi. Ammo ularni faoliyati shunda ham nazorat qilinsa fil’mni mazmunini tahlil qila olishmaydi. Shuning uchun fil’m boshlanishidan oldin o’qituvchi fil’mni maqsadini, unda nimalar tasvirlanganini, qanday savollarga qo’uvchilar javob topishini kirish suhbatida tushuntiradi. Bundan tashqari o’qituvchi kirish suhbatida fil’mni qaerlariga e’tibor berishni, qaerlarini alohida ajratib tahlil qilinishini tushuntradi. Masalan, O’zbekiston tabiiy geografiyasi kursida “Qizilqum” mavzusini o’tishda A.Nizomovning “Qizilqum” o’quv fil’midan foydalanish mumkin. Ushbu fil’mni ko’rish jarayonida quyidagilarga e’tibor berish lozim:

Fil’mni ko’rish jarayonida o’quvchilar qo’yidagi savollarga javob berishlari lozim: “Barxan nima”, “Qum tepaliklari” nima; cho’lda asosiy transport vazifasini bajaruvchi hayvonni aniqlang.
Geografiya ta’limida o’quv kinofil’mlarini yana bir asosiy shartlaridan biri o’qituvchini fil’m namoyishida faol ishtirok etishidir. Eng yaxshi va qiziqarli fil’m bo’lgan taqdirda ham o’qituvchi darsni boshqarishi shart hisoblanadi. Fil’m namoyishi jarayonida o’qituvchi ko’rsatilayotgan kinolavhalarga izoh berib borish lozim. Kerakli joylarda fil’m namoishini to’xtatib bilimlarni chuqurlashtirishi mumkin. Ayrim nazariy qonun qoidalarni kengroq tushuntirib berishi, so’ngra fil’m namoyishini davom ettirishi mumkin.
Fil’mni ko’rish davomida o’qituvchini izoxlari o’quvchilarga xalaqit bermasligi lozim. Shuning uchun faqat kerakli joylaridagina izox berish lozim. Agar kinofil’mda metodik xatolar bo’lsa o’qituvchi uni to’g’rilab ketishi lozim.
Ma’lum bir voqea xodisalarni moxiyatini o’quvchilar yaxshirioq tushunib olishlari uchun fil’mni namoyishini biroz to’xtatib turish mumkin.

Yüklə 496,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin