Namoyishetilganfil’mdaberilganbilimlarnimazmuninimustaxkamlash. Bunda fil’mda keltirilgan dalillar, mulohazalar, ta’surotlar, ilgari olingan bilimlar bilan solishtiriladi. Fil’mda olingan bilimlar bilan darslik matni orasidagi aloqalar ochib beriladi. Dars yakunlanadi va xulosa qilinadi. Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun o’qituvchi o’quvchilar bilan suhbat o’tkazadi va suhbat davomida frontal so’rov amalga oshiriladi. Fil’mni ko’rib bo’lgandan so’ng xomaki chizmalar, rasmlar chizish mumkin, jadvallar to’ldirish mumkin, fil’mga annotatsiya tayyorlash mumkin, fil’mga taqriz yozish mumkin yoki maxsus yozma ish tayyorlatish mumkin.
O’quvchilar fil’mda ko’rgan narsalariga kitobdan asosnoma topishlari, fil’mda namoyish etilgan geografik obьektlarni xaritalardan topishlari yoki fil’mdagi geografik obьekt, voqea va xodisalarni yozuvsiz xaritaga tushirishlari, ular asosida grafiklar tuzilishlari mumkin.
Kinolashtirilgandarsnisamaradorliginianiqlash. Fil’mni ko’rish natijasida olingan yangi bilimlar, ma’lumotlar darsni oxirida amalga oshiriladi. Natijada fil’mni ayrim lavxalari qayta namoyish qilinadi va o’zlashtirilmagan bilimlar yana qaytadan namoyish etiladi va takrorlanadi. Eng asosiysi o’qituvchi izoxi muxim o’rin tutadi. Fil’mni eng murakkab joylarida o’qituvchi namoishini to’xtatib batafsil izox bermog’i lozim. Shundagina darsni maqsadi amalga oshdi desa bo’ladi.
O’qituvchinikinofil’mlardanfoydalanibdarso’tishgatayyorgarligi. Kinofil’mlar darsga o’ziga xos xususiyatlarni beradi, o’quvchilarni bilish faoliyatini jadallashtiradi, bilimlarni bevosita ko’rish orqali o’zlashtirishga imkon beradi, fil’mda geografik voqea va hodisalarni sodir bo’lishini kuzatishga imkon beradi. Ammo kino fil’mlar geografiya darslarini asosiy tarkibiy qismlarini ochib tashlay olmaydi. Masalan, bilimlarni tekshirish, uyga vazifa, tushuntirish va mustahkamlash.
Geografiya o’qituvchisi kinofil’mlardan foydalanib dars o’tishga tayyorgarlik ko’rayotganda quyidagilarga e’tibor berishi lozim:
Darsni ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarini ishlab chiqish, darsni mazmunini ishlab chiqish, darsda foydalaniladigan ekranli va statistik ko’rgazmalar fondi bilan tanishtirish va dars mazmuniga mos keladigan ko’rgazmali vositalarni tanlash.
Tanlab olingan ekran materiallarini dars mazmuniga mosligi aniqlanadi. Dars rejasi ishlab chiqiladi va unda kirish so’zi ko’zda tutilmog’i lozim. Bundan tashqari fil’m namoishi jarayonida o’quvchilarga beriladigan savollar va ularga beriladigan javoblar (fil’mni ko’rish jarayonida) oldindan aniqlab olinishi lozim. Fil’mni namoyishi davomida qisqa-qisqa izoxlar ko’zda tutilmog’i lozim. Fil’mni eng ma’qul joylarida namoyish to’xtatilib o’quvchilar bilan suhbat o’tkazish ko’zda tutilmog’i lozim.
Ma’lum bir paytlarda fil’mni to’xtatib izox berish uchun darsga tayyorgarlik jarayonida o’qituvchi plyonkani to’xtatiladigan joylarini belgilab qo’yishi lozim, agar biror lavxani alohida ko’rsatish lozim bo’lsa mazkur lavhani baholashi va oxirgi plyonkada siyoh yoki ip bilan belgilab qo’yiladi.
O’quvchilar fil’mni ko’rish jarayonida diktorni so’zini qiyin qabul qilishadi, shuning uchun pauzalarda o’qituvchi fil’mda namoyish etilgan geografik voqea va hodisalarga izox berib o’tishi lozim. Agar diktorni so’zlari yoki fil’mni muzikasi o’qituvchiga yoqmasa u fil’mni ovozini o’chirib o’zi tushuntirishi lozim.
Fil’mni namoyish qilayotganda boshqa o’quv vositalaridan albatta xarita bo’lmog’i shart.
O’quvchi fil’mni ijobiy va salbiy tomonlarini chuqur biladigan so’nggi darslarda filmdan foydalanish masalasini hal qilish mumkin. Fil’mning mazmuni zamonaviy talab darajasida bo’lmog’i lozim. Buni ayniqsa xalq xo’jaligi tarmoqlarini namoyish qilishda e’tiborga olish lozim.
Darsda fil’mlarni namoyish qilishni samaradorligi uni qo’llash turiga bog’liq. Fil’m darslarda muntazam va nomuntazam qo’llanishi mumkin. Fil’mlar muntazam ko’rsatilganda o’quvchilarda uni ko’rish, tahlil qilish, qabul qilish ko’nikmalari shakllanadi. Dars samaradorligi ortadi. Nomuntazam, ya’ni onda- soda dars paytida fil’m namoyish qilinsa u samara bermaydi, o’quvchilar unga ko’nikma olishmaydi.