O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n
Natural vositalardan foydalan ish texnologiyasi.
Geografiya darslarida o’qitishning samarasi o’quvchilarni tabiat va xo’jalik haqida bevosita olgan tasavvurlariga tayanadi. Shunning uchun geografik bilimlarni o’zlashtirishda natural vositalardan foydalanish katta ahamiyatga ega.
Natural geografik vositalar ikkita katta guruhga bo’linadi:
Bevosita tabiiy sharoitda o’rganiladigan natural vositalarga geologik ochilmalar, relyef shakllari,tuproqlar, o’simliklar, soylar, ko’llar, qishloq xo’jaligi
ekinlari, sanoat korxonalari kiradi. Mazkur natural vositalar o’quv sayohatlari davomida o’rganiladi. Tabiiy va ishlab chiqarish obyektlarini tabiiy sharoitda bevosita o’rganish yoki kuzatish boshqa o’quv vositalarini o’rganish uchun asos bo’lib hisoblanadi (namunalar, gerbariylar va x.k.). Tabiiy sharoitni va jarayonlarni kuzatish murakkab jarayon hisoblanadi. Kuzatish davomida o’quvchilarga ma’lum vazifalar topshiriladi va ularni bajarilishini nazorat qilib turiladi va kuzatish natijalari qiyoslab beriladi. O’quvchilar kuzatgan voqea va hodisalarini qayd qilib borishlari lozim.
Mazkur kuzatish natijalaridan dars jarayonida foydalanish mumkin. Tabiiy holda voqea va hodisalarni kuzatish ko’nikmalari dars jarayonida mashq qilish va rasmlarni kuzatish hamda statistik ekranli qo’llanmalarni kuzatish asosida shakllantiriladi. Masalan, “Cho’l tabiati tasvirlari” dipozitivini ko’rsatayotib o’qituvchi o’quvchilariga qo’yidagicha savol berishi mumkin “Cho’l relyef shakllarini hosil bo’lishining sababi nimada? Cho’l relyef shakllarining asosiy belgilari nimadan iborat?”.
O’quv sayohatlari davomida georafik obyektlarni kuzatish juda murakkab muammo hisoblanadi. Shuning uchun o’qituvchi avval tashkiliy ishlarni amalga oshirmog’i lozim. Buning uchun o’quvchilarga o’quv sayohatini maqsadi va vazifalarini tushuntiradi, sinf ma’lum bir guruhlarga bo’ladi, har bir guruhga topshiriq beriladi. Masalan, boshlang’ich tabiiy goeografiya (V cinf) kursi bo’yicha o’quv sayohatiga chiqqanda quyidagi topshiriqlarni ifodalash mumkin.
geologik ochilmalarni tozalash va uni diqqat bilan ko’zdan kechirish;
ochilmadagi qatlamlar sonini aniqlash. Qatlamlarni qalinligini o’lchash;
qatlamlarni yotish holatini o’rganish va ularni sabablarini aniqlash;
yotqiziqlar hosil bo’lishi qanday sharoitda sodir bo’lgan;
relyefni o’zgarishiga qanday tashqi kuchlar ta’sir etadi;
tashqi kuchlarni relyefga ta’siri nimalarda ifodalangan.
Mazkur topshiriqni bajarish o’quvchilardan o’ta kuzatuvchanlikni talab qiladi. Ular qatlamlarni chegaralarini, qatlamlarni joylanishidagi o’ziga xos xususiyatlarni, qatlamlar tarkibidagi tog’ jinslarini o’lchamlarini aniqlashlari lozim. Olib borilgan kuzatishlar natijasida o’quvchilar guruhi tog’ jinslarini hosil bo’lishi, ularni to’planishi va yotishi haqida bilimlarni yaxshi o’zlashtirishlariga imkon beradi.
O’quvchilarni natural obyektlarni kuzatishi o’qituvchilarning bevosita rahbarligida olib boriladi, ayrim hollarda kuzatish ishlarida o’qituvchilarni o’zi ham qatnashadi.
Sinf sharoitida quyidagi natural obyektlarni kuzatish mumkin:
tog’ jinslari namunalari;
tuproq namunalari;
v) gerbariylar;
g) hayvonlarning qotirilgan tanalari (tulum va mulyaj);
d) sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari namunalari.