Matnning ayrim qisimlariga reja tuzish. Bunda matn ma’lum bir qismlarga bo’linib o’quvchilarga bo’lib beriladi va ulardan matnning ushbu qismiga reja tuzish vazifasi beriladi. Masalan, O’rta Osiyo hududining rivojlanish tarixi va foydali qazilmalari mavzusini matnini quyidagi qismlarga bo’lish mumkin:
Shulardan foydali qazilmalar qismiga quyidagicha reja tuzish mumkin: yoqilg’i foydali qazilmalari: (ko’mir, neft, gaz), qora metall konlari, rangli metallar konlar, mineral o’g’itlar konlari, qurilish xom ashyosi konlari (marmar, oxak, qum, granit).
Darslikdagiharitalarbilanishlash. Har bir sinf geografiya darsligining matnidagi mavzuga oid turli xil haritalari mavjud. Haritalar 6,7,8 va 9-sinf darsliklarida ko’proq. Matndagi haritalar asosan mustaqil ishlarni bajarishda ko’proq ishlatiladi. Masalan, 7-sinf darsligining 7-sahifasida Yevrosiyoning tabiiy geografik o’lkalari haritasi berilgan. Ushbu harita bo’yicha quyidagi topshiriqlarni o’quvchilarga berish mumkin:
Janubiy Osiyoda joylashgan Yevrosiyo tabiiy geografik o’lkalarini aniqlang va ularning geografik joylanishiga baho bering:
Yevropada joylashgan tabiiy geografik o’lkalarni aniqlang:
O’rta Osiyo tabiiy geografik o’lkasi qaysi o’lkalar orasida joylashgan:
Shimoliy Osiyo qanday tabiiy geografik o’lkalardan iborat va h.k.
Shunday taxlitda har bir mavzuli harita bo’yicha o’quvchilarga mustaqil ish uchun vazifa berish mumkin.
Darsliklarda juda ko’p rasmlar ham berilgan. Mazkur rasmlar tabiiy va iqtisodiy geografik obyektlarning tasviriga bag’ishlangan. Shuning uchun kartadagi rasmlar bo’yicha ham o’quvchilarga mustaqil ishlar berish mumkin. Geografiya darslaridagi rasmlarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: buyuk olim va sayyohlarning rasmlari; tabiiy landshaftlar manzarasini tasvirlaydigan rasmlar (tog’lar, tekisliklar, vodiylar, chuqurlar va h.k); tabiiy geografik jarayonlarning oqibatlari va ko’rinishlarini tasvirlaydigan rasmlar (nurash, sho’rxok, vulqon, zilzila va h.k); iqtisodiy geografik obyektlarni tasvirlaydigan rasmlar (zavod, fabrika, suv ombolari, qishloq xo’jalik ekinlari, yo’llar, kanallar va h.k).
Chizmalar haritalarga o’xshab darslikda juda ko’p uchraydi. Ular geografik aloqalar va qonuniyatlarni ifodalaydi, ular orqali mavzuga tegishli qonuniyatlarni o’quvchilarga oson tushuntirish mumkin. Masalan, Yerga Quyoshdan keladigan issiqlikni miqdori uning tushish burchagiga bog’liqligini ko’rsatuvchi chizmalar.
Darsliklarda berilgan chizmalarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
-boshlang’ich tabiiy geografiya kurslarida berilgan chizmalar (litosfera, gidrosfera, atmosfera, biosfera, yer va olam mavzularida);
-materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi hamda O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geografiya kurslari bo’yicha berilgan chizmalar;
-iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kurslarida berilgan chizmalar. Mazkur chizmalar asosan diagrammalardan iborat. Ular xalq xo’jalik tarmog’ini ma’lum bir qismlarini ko’rsatkichlarini tasvirlaydi.
Umumta’lim maktablari geografiya darslarida jadvallardan keng foydalanilgan. Tabiiy geografiya darslarida jadvallar asosan ilovalarda berilgan. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya darslarida matndagi jadvallar ko’proq o’rin olgan. Jadvallarda ko’proq iqtisodiy ko’rsatgichlar berilgan. Ular orasida ma’lum bir iqtisodiy tarmoqni o’sish dinamikasini ochib berish mumkin. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya darsliklardagi jadvallarni quyidagi guruhlarga bo’lishimiz mumkin: siyosiy geografik; demografik; tabiiy resurslar; sanoat; qishloq xo’jaligi; transport va
xalqaro iqtisodiy aloqalar; regional iqtisodiy geografik sharoitni tasvirlaydigan jadvallar.
Jadvallarni tahlili bo’yicha o’quvchilarga juda ko’p mustaqil ishlar berish mumkin.
Har bir sinfda darslik bilan ishlash o’ziga xos xususiyatlarga ega. Beshinchi sinfda boshlang’ich tabiiy geografiya kursini o’rganishda izoxli o’qish, matndagi savollarga javob berish, matnning rejasini tuzish, matndagi asosiy fikrni aniqlash muhim o’rin tutadi.
VI sinfda “Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi”ni o’rganishda quyidagi holatlarga katta e’tibor berish lozim: qiyoslash, matnning mazmuni bo’yicha chizmalar, rasmlar va jadvallar tuzish, matndan ma’lumotlarni ko’chirib olish, geografik obyektlar ro’yxatini tuzish, matnni kengaytirilgan rejasini tuzish.
sinfda O’rta Osiyo tabiiy geografiyasini o’rganishda ishlar bir oz murakkablashadi. Mazkur kurs bo’yicha quyidagi topshiriqlarni berish mumkin: matnga kengaytirilgan reja tuzish, chizmalar chizish, turli xil aloqalar va bog’liqliklarni ko’rsatadigan jadvallar tuzish (tabiiy geografik o’lkalar), iqlimiy jadvallar tuzish va h.k.
sinfda “O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiya” kursi o’tiladi. Mazkur kurs darsligi bo’yicha quyidagi ishlarni bajarish mumkin: matnga reja tuzish, turli xil haritalar bilan ishlash (foydali qazilmalar,ma’muriy, iqtisodiy, transport va h.k.), jadvallar bilan ishlash (aholi, mineral resruslar, tarmoqlar bo’yicha iqtisodiy ko’rsatkichlar), chizmalar (diagrammalar bilan ishlash) va h.k.
sinfda “Jahon iqtisodiy va ijtimoiiy geografiyasi” kursi o’tiladi. Mazkur kursni o’rganishda o’quvchilarga murakkabroq topshiriqlar beriladi: matnni o’qib xulosalar tayyorlash, iqtisodiy geografik haritalarni tahlil qilib ma’lum bir davlatni iqtisodiy geografik tavsifini tuzish yoki bo’lmasa sanoat va qishloq xo’jaligi rivojlangan hududlarni aniqlash, jadvalllarni tahlili asosida turli xil chizmalar va diagrammalar tuzish va h.k.