O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə130/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

Tayanch so’z va iboralar: o’qitish vositalari, natural obyektlar, geografiya darsligi, maketlar, model, illyustrasiya, texnik vosita.


TALABALARNING O’ZLASHTIRGAN BILIMLARINI NAZORAT QILISH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

  1. O’qitish vositalari deb nimaga aytiladi?

  2. O’quvchilarni bilish faoliyatini tashkil qilishni qanday turlarini bilasiz?

  3. O’qitish vositalari qanday turlarga bo’linadi?

  4. Natural obektlarga nimalar kiradi?

  5. Geografiya darsligi qanday o’qitish vositalari turiga kiradi?

  6. Geografiya darsliklarini tuzilish chizmasini tuzing.

  7. Darsliklar bilan ishlash qanday qismlardan iborat?

  8. Darslikdagi savol va topshiriqlar necha turga bo’linadi?

  9. Darslikdagi berilgan chizmalar qanday guruhlarga bo’linadi?

  10. Sinf sharoitida qanday natural vositalardan foydalanish mumkin?

  11. Geografik voqea va hodisalarni tasvirlovchi o’quv vositalariga nimalar kiradi?

  12. Vulqonni yoki vodiyni modeli qanday o’qitish vositalariga kiradi?

  13. Maketlar bilan qanday geografik obyekt, voqea va hodisalar tasvirlanadi?

XVI BOB. GEOGRAFIYA DARSLARI VA ULARGA QO’YILADIGAN TALABLAR. DARS TIPLARI.





    1. Geografiyani o’qitishni tashkil etish shakllarining umumiy tavsifi va ular o’rtasidagi uzviylik

Geografiyani o’qitish jarayoni deganda, o’quvchilarning muayyan o’quv materialini o’zlashtirish, bilish usullarini egallashga qaratilgan o’quv-bilish faoliyati va o’qituvchining mazkur jarayonni tashkil etish va boshqarishga asoslangan pedagogik faoliyati orqali o’zaro hamkorlikda o’quv maqsadlariga erishiladigan jarayon tushuniladi.


O’qitish jarayoni tashkil etiladigan va boshqariladigan jarayon bo’lib, u birqancha shakllarda tashkil etiladi.
Didaktika va geografiya o’qitish metodikasiga oid manbalarda o’qitish jarayoni va uning shakllariga turlicha ta’rif berilgan. Jumladan, didakt olim Yu.K. Babanskiy fikricha, o’qitishni tashkil etish shakllari ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilar bilan individual yoki yalpi o’qitishning nisbati, o’quv-bilish faoliyatining faollik darajasi, hamkorlikda tashkil etilgan o’quvchilarning o’quv-bilish faoliyati va o’qituvchining rahbarlik roli, pedagogik faoliyatining me’yorini belgilaydi.
B.P. Yesipov tomonidan chop etilgan “Osnovы didaktiki” kitobida o’quv ishlarini tashkil etish shakllari o’quvchilarning bilish faoliyati turlarining ketma- ketligi, o’qituvchining mazkur faoliyatni boshqarish usullari, mashg’ulotlarning mazmuni, tarkibi va vaqtini belgilaydi deb uqtirilgan.
N.M. Verzilin, V.M. Korsunskaya ta’rifi bo’yicha o’qitish jarayonini tashkil etish shakllari – o’qituvchi tomonidan tarbiyalovchi ta’lim jarayonida foydalaniladigan turli sharoit (geografiya o’quv xonasi, ekskursiya, tirik tabiat burchagi, tabiat)da o’quvchilarning o’quv-bilish faoliyatini tashkil etish tushuniladi.
O’quvchilar tomonidan geografiya o’quv fani dasturlari va DTS bilan me’yorlangan muayyan bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish, ularni tarbiyalash va rivojlantirish jarayoni o’qitishning turli shakllaridan foydalanishni taqoza etadi.
Geografiya o’qitish metodikasida o’qitish jarayonini tashkil etishning turli shakllari belgilangan. Ularga dastur talablarini amalga oshiradigan o’qitishning asosiy shakli bo’lgan dars, unga bog’liq holda ekskursiyalar, geografiya maydonchasidagi ishlar, uy ishlari, darsdan tashqari ishlar va ixtiyoriy ravishda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlar kiradi.
Mazkur o’qitish shakllari birgalikda geografiya o’qitish shakllari tizimini tashkil etadi.
O’qitishning asosiy shakli bo’lgan – dars, ularni bog’lovchi vazifasini bajaradi va o’qitishda yetakchi o’rinni egallaydi.
Dars, ekskursiyalar, geografiya maydonchasidagi ishlar, uy ishlari, darsdan tashqari ishlar va sinfdan tashqari mashg’ulotlar birgalikda geografiyani o’qitishdan ko’zda tutilgan umumiy o’quv maqsadlariga erishishni ta’minlaydi, o’quvchilar
tomonidan o’quv materialini o’zlashtirish, olingan natijalarni tahlil qilishga xizmat qiladi.
O’qitishni tashkil etish tizimining tarkibiy qismlari bo’lgan dars, ekskursiya, geografiya maydonchasidagi ishlar, uy ishlari, darsdan tashqari ishlar va sinfdan tashqari mashg’ulotlarning har biri geografik ta’lim oldiga qo’yilgan umumiy maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladigan alohida o’z ulushi mavjud. Mazkur ulushni xususiy maqsadlar ham deyish mumkin.
O’qitish jarayonini tashkil etishning turli shakllarida ta’lim mazmuni, maqsadi, vazifasiga bog’liq holda muayyan metod va vositalardan foydalaniladi.
SHu sababli, o’qituvchi tomonidan o’qitish shakllarini tanlash muhim ahamiyat kasb etadi, ya’ni ta’lim mazmuni, mazkur shakllarning maqsadi, vazifasi, ta’lim- tarbiya jarayonida tutgan o’rni, ularning xususiy maqsadlariga mosligi e’tiborga olinishi lozim.
Masalan, o’rganiladigan mavzu meteorologik asboblar yoki laboratoriya jihozlari bilan bog’liq, shuningdek, tabiiy geografik jarayonlar, nazariya, g’oya, tushunchalar, qonunlar, masala yechish o’rganiladigan bo’lsa, unda albatta o’qitishning asosiy shakli bo’lgan darsni tanlash zarur.
Agar ta’lim mazmuni turli relyef shakllarini, daryo va uning qismlari o’rganishni talab etsa, bu holda ekskursiya tashkil etilishi, yoki videofilьmlar namoyish qilish maqsadga muvofiq.
Ekologik tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirishda dars bilan bir qatorda, darsdan va sinfdan tashqari ishlar ham muhim o’rin tutadi.
Kuzatish o’tkazish va tajriba qo’yishda geografiya maydonchasida olib boriladigan ishlar, uy ishlari, darsdan va sinfdan tashqari ishlar muhim ahamiyatga ega.
O’qituvchi tomonidan o’qitish shakllarini to’g’ri tanlashda geografiya o’quv xonasining jihozlanishi va o’quv-moddiy texnika bazasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. O’qituvchi o’qitish shakllarining maqsadi va vazifalarini to’g’ri anglagan holda, mazkur jarayondan tasviriy, tabiiy va tarqatma materiallar tayyorlash orqali ko’rgazmalilikni amalga oshirishni ko’zda tutishi lozim.
SHunday qilib, geografiyani o’qitish shakllari: dars, ekskursiya, uy ishlari, darsdan tashqari ishlar va sinfdan tashqari mashg’ulotlar muayyan tizimni hosil qilib, ular o’quvchilar tomonidan belgilangan bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, tabiatga nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirish, bilish faoliyati usullarini egallash va o’qitish samaradorligini orttirishga xizmat qiladi.
Dars o’qitishning asosiy shakli bo’lib, unda geografiya o’quv dasturidan o’rin olgan o’quv materialining asosiy qismi o’rganiladi. Darsda o’qituvchi ta’lim mazmuni, o’qitish metodi va vositalarining uyg’unligi orqali o’qitish maqsadlariga erishishni nazarda tutadi. Lekin, hamma masalalarni ham darsda o’rganish imkoni bo’lmaydi, masalan uzoq muddatli kuzatish ishlarini talab etadigan tajribalarni o’tkazishda darsdan tashqari ishlardan foydalaniladi.
Uy ishlari dars bilan uzviy bog’langan bo’lib, u darsda o’rganilgan mazmunning mantiqiy davomi va o’quvchilarning mustaqil bilim olish omili sanaladi. O’qituvchining topshirig’i va ko’rsatmasiga binoan, o’quvchilar uncha murakkab bo’lmagan tajribalarni o’tkazish (masalan, Yer shar shaklida bo’lganligi
uchun Quyosh uni hamma qismini bir xilda yoritmasligi va isitmasligi, suvning tarkibida turli erigan moddalar mavjudligini, ), tabiatda kuzatishlar olib borish, qo’shimcha adabiyotlarni o’rganish, muayyan mavzularda ma’ruza yoki referat tayyorlash ishlarini bajaradilar. O’quvchilar o’quv topshiriqlarini bajarish orqali bilish faoliyati usullarini egallashga zamin tayyorlanadi.
Darsdan tashqari ishlar o’qituvchining ko’rsatmasi asosida o’quvchilar tomonidan bajariladigan majburiy o’qitish shakli sanaladi. Dastur talablari asosida o’quvchilar darsdan tashqari ishlarni yakka tartibda yoki kichik guruhlarda bajarilishi lozim.
Darsdan tashqari ishlar jumlasiga muayyan mavzularda Geografiya maydonchasida kuzatish olib borish, tajribalar o’tkazish, o’quv jihozlari, ko’rgazma materialini tayyorlash kiradi.
Ekskursiya – o’qitish jarayonining muhim shakli bo’lib, ular o’quvchilarni tirik tabiatning ob’ektlari, hodisalari, qonunlari, asosiy nazariy g’oyalari bilan tanishtirish, nazariy bilimlarni amaliyotga qo’llash, olamni bilish metodlarini egallash imkonini beradi.
Ekskursiya davomida o’quvchilar tomonidan egallangan bilimlar, yangi mavzularni o’rganish jarayonida bilimlarni mustahkamlash, yakunlash, tizimga solish va umumlashtirish kabi maqsadlarda foydalaniladi.
Shu bilan bir qatorda ekskursiyalar o’quvchilarning mustaqil bilim olish faoliyatini faollashtirish va rivojlantirish imkonini beradi. Ekskursiyada o’quvchilar o’quv topshiriqlarini yakka tartibda yoki kichik guruhlarda bajarish jarayonida avval o’zlashtirgan bilim va ko’nikmalaridan foydalanish orqali yangi bilim va ko’nikmani egallaydilar.
Ekologik jihatdan tabiatga to’g’ri tashkil etilgan ekskursiyalar o’quvchilarda mahalliy o’simliklar va hayvonat olamining xilma-xilligi haqida bilimlarini kengaytirish, mahalliy ob’ektlardan ko’rgazma materiallarini tayyorlash, ularni jihozlash, tabiatga muxabbat uyg’otish, estetik did va madaniyat, tabiatga nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirish imkonini beradi.
Geografiyani o’qitishda sinfdan tashqari mashg’ulotlar muhim o’rin tutadi. Mazkur o’qitish shakli ixtiyoriy bo’lib, o’quvchilarning geografiya o’quv faniga bo’lgan qiziqishi, olamni o’rganishga bo’lgan ehtiyojlari hisobga olingan holda tashkil etiladi.
Sinfdan tashqari mashg’ulotlarning uch turi mavjud:

  • Yakka tartibda individual tarzda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlar.

  • Guruhlarda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlar.

  • Ommaviy tarzda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlar.

Yakka tartibda individual tarzda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlarda o’qituvchi o’quvchilar tomonidan muayyan mavzularda kuzatishlar o’tkazish, tajriba qo’yish, qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlash, ma’ruzalar tayyorlash va ularni jihozlash ishlarini rejalashtiradi.
Guruhlarda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlarda turli sinflarda “Yosh geograflar” to’garagi, fakul’tativ mashg’ulotlar, tanlovlarga tayyorgarlik ko’rish, tirik tabiat burchagida ishlar tashkil etiladi.
Ommaviy tarzda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlarda asosan, turli mavzularda kechalar va bayramlar, biolog-olimlar bilan uchrashuvlar tashkil etish bilan bir qatorda ko’qalamzorlashtirish ishlari, ijtimoiy foydali mehnatni amalga oshirish nazarda tutiladi.
Sinfdan tashqari mashg’ulotlar dasturdagi o’quv materiali asosida tashkil etiladi, lekin uni takrorlamasligi kerak. O’qituvchi o’rganilayotgan o’quv fani mazmuni, mahalliy sharoit, o’quvchilarning qiziqishi va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, sinfdan tashqari mashg’ulotlarning mavzularini tanlaydi.
Sinfdan tashqari mashg’ulotlarning mavzulari o’quvchilarning dunyoqarashi, ular o’zlashtirayotgan ta’lim mazmunini kengaytirish, to’ldirish, kasbga yo’llash, tabiiy fanlar o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik va ularning yangi qirralarini yoritishga xizmat qiladi.
Sinfdan tashqari mashg’ulotlar darsdan tashqari vaqtda tashkil etilib, maktabning umumiy jadvalidan o’rin olmaydi, lekin o’qituvchi o’zining yillik yillik rejasida ularni o’tkazish vaqtini belgilaydi.
Geografiyani o’qitishning yuqorida qayd etilgan shakllari: dars, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg’ulotlar o’rtasida doimiy ravishda izchillik, o’zaro uzviylik va aloqadorlik mavjud bo’lib, ular o’quv-tarbiya jarayonining yaxlitligini ta’minlaydi.
Geografiya o’qitish maqsadi va vazifalarini amalga oshirish, samaradorlikka erishish uchun o’qituvchi ularni uyg’unlashtirgan tarzda yillik yillik rejasini tuzishi lozim.



    1. Yüklə 496,71 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin