O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy


Geografiya darsligi va u bilan ishlash texnologiyasi



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə127/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

Geografiya darsligi va u bilan ishlash texnologiyasi





      1. Geografiya darsligining tuzilishi.

Geografiya ta’limida darsliklar asosiy bilim olish manbai bo’lib hisoblanadi, shuning uchun ular asosiy o’qitish vositalaridir.


Geografiya darsliklari yuqori ilmiy darajaga ega bo’lishi, metodik aparati pedagogik jihatdan asoslangan bo’lishi lozim. Darslikning metodik tuzilishi o’quvchilarni o’qishga o’rgatishga yo’naltirilgan. Darslik juda ko’p ta’limiy vazifalarni bajaradi. Darslik bilan ishlaganda o’quvchilar quyidagi ishlarni bajarishadi: matn bilan ishlash usullari; kartografik ma’lumotlar bilan ishlash usullari; statistik ma’lumotlar bilan ishlash usullari; chizmalar, rasmlar, fotogrfiyalar bilan ishlash usullari; matndagi jadvallar bilan ishlash usullari; matndan tashqaridagi materiallar bilan ishlash usullari; darslikdagi ilovalar bilan ishlash usullari va h.k.
Geografiya o’qituvchisi darslikning mazmuni bilan yaxshi tanishgan va o’zlashtirgan taqdirdagina darslik bilan ishlash ishlarini yaxshi tashkil qilish mumkin.
Geografiya darsliklari ikkita yirik qismga bo’linadi (3-rasm): a) darslikning o’quv matni: b) matndan tashqaridagi materiallar. Mazkur qismlarning har biri yana o’z navbatda alohida – alohida qismlarga bo’linib ketadi.
Darslikning asosini uning matni tashkil qiladi. Matnda o’quvchilar uchun yangi ma’lumotlar beriladi.
Matndan tashqaridagi ma’lumotlar o’qitish va nazorat vazifalarini bajaradi. Matndan tashqaridagi ma’lumotlarga quyidagilar kiradi: a) savol va topshiriqlar; b)mundarija, shriftlar; v)ko’rgazma metodlar.
Har bir darslikda juda ko’p savol va topshiriqlar tizimi berilgan. Ular tushunchalarni o’zlashtirishga, geografik voqea va hodisalar orasidagi aloqalarni aniqlashga, ko’nikmalarni qo’llashga yo’naltirilgan. Savol va topshiriqlar darslikni turli joylarida uchraydi: yangi mavzu oldidan; matn ichida; matnning oxirida.
Darslik matni oldida joylashgan savol va topshiriqlar o’quvchilar tomonidan ilgari olingan bilimlarni faollashtirishga yo’naltirilgan bo’ladi. Masalan, biror hududni iqlimini o’rganishdan oldin iqlim hosil qiluvchi omillar haqidagi bilimlarini faollashtirish.
Matn ichidagi savol va topshiriqlar o’quvchilarni fikrlash faoliyatini yangi o’quv materialini o’zlashtirishga yo’naltiradi. Matnning so’ngida berilgan savol va topshiriqlar esa olingan bilim va ko’nikmalarni qo’llashga yo’naltiradi. Masalan, daryolar mavzusini o’tganda, daryo nima, o’zan nima, daryo vodiysi, daryoni to’yinishi haqida olingan bilimlarni qo’llash mumkin.
Yirik bo’limlar so’ngida berilgan savol va topshiriqlar umumalashgan xususiyatga ega, bilimlarni tartibga solishga undaydi, o’quvchilarni umumiy dunyoqarash bo’yicha xulosalar qilishga olib keladi.
Matndagi ko’rgazmali materiallarga quyidagilar kiradi: matndagi haritalar; muqovadagi haritalar; diagrammalar, chizmalar va jadvallar; rasmlar va
fotografiyalar; turli xil kesmalar; orografik chizmalar. Ko’rgazmalar faqat matn mazmunini boyitibgina qolmasdan alohida bilim manbaii bo’lib ham hisoblanadi.
Geografiya darsliklarining oxirida berilgan atama va tushunchalar lug’atida mazkur kursda berilgan tushunchalar tizimining ro’yhati beriladi.




Izoh


Savol va topshiriqlar tizimi


Mundarija, shriftlar, signalli belgilar


Kartalar, chizmalar, diagrammalar, ststistik jadvallar va h.k.




Izoh

Atamalar lug’ati

Bayon

Tushuntirish

Nazariya
Metodologiya
3-rasm. Geografik darsliklarni tuzilishi ( I.V. Dushina sxemasi asosida)

      1. Yüklə 496,71 Kb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin