Geografiya darslarini tuzilishi didaktika va geografiya o’qitish metodikasida umum qabul qilingan qoidaga asoslangan. Mazkur qoidalarga binoan geografiya darslari quyidagi qismlardan iborat: bilmini tekshirish (uyga berilgan vazifalarni tekshirish va baxolash) yangi mavzuni o’qitish; yangi mavzuni mustaxkamlash; uyga vazifa berish.
Tashkiliyqism. Mazkur qismda yoki bosqichda o’quvchilar bilan salomlashiladi, yo’qlama qilinadi, tozalik tekshiriladi, o’quvchilarni kitob, daftar, atlaslari borligi tekshiriladi. So’ngra o’quvchilarni darsga tayyorlaydi. Bunda o’tgan mavzu va yangi mavzuni ilmiy va amaliy ahamiyati haqida o’quvchilarga ma’lumotlar beriladi va ularni darsga tayyorlaydi.
O’quvchilarbiliminitekshirishvabaholash. Geografiya darslarining eng asosiy qismlaridan biri hisoblanadi. Mazkur qism yangi darsni o’tish uchun asos bo’lib xisoblanadi. Darsda asosiy materialni o’zlashtirish darajasi tekshiriladi. Olingan bilimlarni o’xshash va yangi o’quv sharoitida qo’llash tekshiriladi. Bunday bilimlarga dunyoqarash g’oyalari, nazariy bilimlar (umumiy tushunchalar, tamoillar,
aloqalar, qonuniyatlar), dalillar va o’quv ishlari usullari kiradi. Bilimlarni tekshirishning mazmuni mazkur bo’limni yoki kursni o’qitishni yakuniy natijalariga mos kelishi lozim. Ular dasturlarda berilgan bo’ladi. O’quvchilar bilimi va ko’nikmalarini tekshirish uchun turli xil usullar qo’llaniladi. O’quvchilarni bilim va malakalarini ma’lum bir mavzu bo’yicha tekshirish uchun o’qituvchi svollarni yoki tarqatma materiallarni oldindan tayyorlab qo’ymog’i lozim.
Yangi mavzuni o’rganish. Deyarli barcha darslarda yangi mavzuni o’tish qismi albatta bo’ladi. Yangi mavzuni o’tishda yangi bilimlar ko’nikma va malakalar shakllantiriladi. Darsga ajratilgan vaqtning katta qism yangi mavzuni o’rganishga sarflanadi. Yangi mavzuni mazmuni va xajmi o’quv dasturlarida berilgan bo’ladi, darsliklarda esa ular aniqlashtiriladi. Dastur o’qituvchi uchun asosiy vosita bo’lib xisoblanadi. Yangi darsning mazmuni o’qituvchi tomonidan tanlab olinadi. Bunda mavzu bo’lim yoki butun kursni o’quv maqsadlaridan kelib chiqdi. O’qituvchi uchun dasturda yangi materialni o’tish uchun asosiy va qo’shimcha materiallar tizimi beriladi. Qo’shimcha materiallarga turli xil daliliy ma’lumotlar kiradi. Ular mavzuni asosiy mazmunini ochib berishga xizmat qiladi. Yangi mavzuni o’rganish natijasida o’quvchilarni bilmi kengayadi va chuqurlashadi, o’rganilayotgan voqea va hoisalarni moxiyati ochib beriladi. Geografik bilimlar va ko’nikmalarni amaliy tomonlari ko’rsatiladi. Yangi mavzuni o’rganish ilgari olingan bilimlarga tayangan xolda amalga oshiriladi. Demak, xar bir mavzuni o’rganayotganda predmetlararo va ichki predmetlararo aloqalar ochib beriladi. Masalan, VI va VII sinflarda xar bir materikni va yirik o’lkalarni relyefini o’rganishda V-sinfda letosfera mavzusida o’tilgan bilimlarga suyanadi.