O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə138/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

Aralash dars


Umum ta’lim maktablarida eng keng tarqalgan dars turi. Aralash darslarda bir necha didaktik maqsadlar amalga oshiriladi va ularda o’quv jarayonini barcha qismlari mavjud: yangi bilimlarni o’zlashtirish; olingan bilimlarni tahlil qilish va fikrlash; olingan bilimlarni mustahkamlash; olingan bilimlarni esda saqlab qolish; o’zlashtrilgan bilimlarni qo’llash.


Mazkur darslarda quyidagi maqsadlar amalga oshiriladi: yangi mavzuni o’rganish; geografik ko’nikmalarni shakillantirish; olingan bilim va ko’nikmalarni tekshirish.
Aralash dars quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: tashkiliy qism. Ushbu qismda yo’qlama qilinadi, o’quvchilarni darsga tayyorgarligi ya’ni o’quv qurollari bor yo’qligi aniqlanadi; uyga berilgan vazifa tekshiriladi; yangi darsni maqsad va vazifalari tushuntiriladi, oldingi dars bilan yangi mavzu o’rtasida bog’liqlik aniqlanadi va tushuntiriladi; yangi mavzu o’rganiladi va umumlashtiriladi; olingan bilimlar mustahkamlanadi va darsda o’quvchilar faoliyati tekshiriladi; uyga azifa beriladi va uni bajarish bo’yicha ko’rsatmalar beriladi. ( I.V. Dushina, 1985).
Aralash darsning har bir tarkibiy qismidagi maqsadlarini amalga oshirish uchun alohida o’ziga xos metodlar tanlanadi, o’qituvchi va o’quvchilar birgalikda faoliyatini shakillari ishlab chiqiladi. Ammo shuni ham aytish mumkinki aralash darsni muntazam ravishda bir xil qolipda o’tishi o’quvchilarni darsga qiziquvchanligini va diqqatini pasaytirib yuboradi hamda ularni zeriktirib qo’yadi. Shuning uchun aralash darsni tarkibini, metodlari va faoliyat shakillarini tez-tez almashtirib turish lozim bo’ladi.
Aralash dars quyidagi hollarda o’tkaziladi: yirik ko’p soatlarga mo’ljallangan mavzularni o’rganishda; o’tkaziladigan mavzu oldin o’tilgandars mazmuni bilan bog’langan bo’lsa.
Agar aralash dars mavzusi oldingi o’tilgan dars bilan bog’langan bo’lsa, darsni o’quvchilar o’tgan darsdla o’zlashtirilgan bilimlarni tekshirish va aholashdan boshlanadi. Bunday hollarda uyga vazifa yangi mavzuni o’tishdan oldin yoki o’zlashttirilgan bilimlarni mustahkamlashdan oldin beriladi. Uyga vazifa berilganda uni bajarish bo’yicha metodik ko’rsatmalar aniq va tushunarli bo’lishi lozim.
Aralash darsda berilgan materialni mustahkamlashda o’quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan eng muhim bilim va ko’nikmalar ajratilmog’i lozim.
Masalan, 5-sinf darsidagi Olam va Yer bo’limini o’rganayotganda koinot, yulduzlar, gallaktika, Quyosh, Quyosh tizimi sayyoralar, yo’ldoshlar, meteoritlar tushunchalarini yaxshi o’zlashtirilishiga katta e’tibor beriladi.
Hozirgi paytda geografiya ta’limi mazmunida nazariy bilimlar miqiyosini ortib borishini xisobga olib bilimlarni mustahkamlashni yangi mavzuni tushuntirayotganda amalga oshirish mumkin. masalan, tog’ jinslari mavzusini o’tishda magmatik, cho’qindi va metmorfik tog’ jinslarini xosil bo’lishi va tarqalishini tushuntirish davomida mazkur bilim va ko’nikmalarni birdaniga mustahkamlab va umumlashtirib ketish mumkin.
Bunda o’quv materiali ma’lum bir mantiqiy qismlarga bo’linadi va har bir mantiqiy qism bo’yicha bilim, ko’nikmalar mustahkamlanadi va umumlashtiriladi. Masalan, magmatik tog’ jinslarini tushuntirgandan so’ng olingan bilimlar birdaniga mustahkamlab ketish mumkin. Bunda magmatik tog’ jinslarini xosil bo’lishi, turlari (intruziv, effiziv) va ularni xosaalariga urg’u beriladi.
Demak, aralash darsni tarkibiy qismlari qotib qolgan narsa emas, uni doimo o’zgartirib turish lozim bo’ladi. Ba’zi xollarda avval yangi mavzuni o’tib, so’ngra uyga berilgan vazifani tekshirish mumkin, ayrim hollarda darsni uyga vazifa berish bilan ham boshlash mumkin.
Aralash darsni 5-sinfda “Yer qobiqlari” 6-sinfda har bir materik va okeanni tabiiy sharoitini, 9-sinfda materiklar yoki ayrim mintaqalarning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasini o’tishda qo’llash mumkin.



      1. Yüklə 496,71 Kb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin