O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy


Geografik ko’nikmalarni shakllantirish darsi



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə140/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

Geografik ko’nikmalarni shakllantirish darsi.


Mazkur darsning asosiy vazifasi geografiya predmetlari uchun xos bo’lgan ko’nikmalarni shakllantirishdir. Mazkur ko’nikmalar nazariy bilimlarni o’zlashtirishga, mustahkamlashga va amalda qo’llashga imkon beradi. Ko’p xollarda mazkur darslarni bilimlarni mustahkamlash va geografik ko’nikmalarni shallantirish darsi ham deb ataladi. O’qitishni sifatini oshirishdagi vazifalarni kuyilishi va yechilishi munosabati bilan hamda o’quvchilarni amaliy faoliyatga bo’lgan e’tiborni ortishi bilan mazkur darslar turini ahamiti yanada ortadi. Bunday darslarda o’quvchilar faoliyatini asosiy shakli bo’lib amaliy ishlarni bajarish hisoblanadi. Mazkur amaliy ishlarni bajarish davomida o’quvchilarda geografik ko’nikmalar shakllanadi.


Ushbu darslarda o’quvchilarni nazariy va amaliy faoliyati bir-biri bilan chambarchas bog’langan. Shuning uchun geografik ko’nikmalarning katta qismi yangi bilimlarni olish jarayonida shakllatiriladi. Ayrim amaliy ishlar mazkur darslarda bajariladi, masalan, geografik koordinatalarni aniqlash, masshtab turlarni bilan ishlash, Turon tekisligi bo’ylab o’tkazilgan tabiiy geografik kesmani tahlil qilish (VII sinf). Ayrim amaliy ishlarni yangi mavzuni o’rganib bo’lgandan keyin bajarish mumkin. Bunda olingan bilim va ko’nikmalar mustahkamlanadi. Masalan, o’quvchilarni iqtisodiy diagrammalar bilan ishlash ko’nikmalarini darsni mustahkamlash bosqichida olib borish mumkin. Amaliy mashg’ulotlarni uyga vazifani tekshirish jarayonida ham o’tkazish mumkin. Bunda o’quvchilar ma’lum bir qolip asosida ishlashadi. Ya’ni ma’lum bir qolip asosida daryoga , dengizga yoki ko’llarga ta’rif berish, ayrim davlatlarni iqtisodiy geografik ta’rifini tuzish va h.k.
Amaliy ishlar ikki turga bo’linadi: o’qitadigan (o’rgatadigan) ; yakuniy. O’rganadigan (mashq qildiradigan) amaliy ishlarning maqsadi o’quvchilarni ma’lum bir geografik topshiriqni bajarishga o’rgatishdir. Masalan, geografik kordinatalarni aniqlash, haritada masofani masshtab orqali aniqlash; daryo suv sarfini hisoblash; hududni tabiiy geografik tavsifini tuzish; demografik ko’rsatgichlarni xisoblash; iqtisodiy geografik tavsiflarni tuzish. Demak, o’rgantuvchi amaliy ishlarda turli ko’nikmalar shakllantiriladi, tegishli bilimlar mustahkamlanadi.
Qator o’rgatuvchi amaliy ishlardan so’ng yakuniy amaliy ish o’tkaziladi. Uning maqsadi olingan bilim va shakllantirilgan ko’nikmalarni o’zlashtirish darajasini tekshirishdir. Masalan, Chirchiq Oxangaron o’lkasini tabiiy geografik tavsifini tuzilishi ko’nikmalari shakllantrilgandan so’ng O’zbekistonnni boshqa tabiiy geografik o’lkalarini o’quvchilar amaliy mashg’ulot darslarida mustaqil o’rganishlari mumkin. Buning uchun o’quvchi tabiiy geografik o’lkalarni o’rganish texnologiyasini modul tizimini ishlab chiqishi mumkin. (4 -rasm).
Har bir tabiiy geografik rayon uchta quyidagi modullarga bo’linadi: tabiiy geografik rayonni geografik joylashishi va chegaralari; yer yuzasini tuzilishi, geoglogik sharoiti va foydali qazilmalari; ichki suvlari, tuprog’i o’simligi va hayvonot dunyosi. Mazkur modullar yanada mayda modullarga bo’linadi. Masalan, ikkinchi modulni quyidagi modulchalarga bo’lishimiz mumkin: rayonning relefi; rayonning geologik tuzilishi; rayonning foydali qazilmalari. O’quvchilar bilim va ko’nikmalarni yaxshi o’zlashtirishlari uchun mazkur modullarni yanada maydaroq qismlarga bo’lish mumkin. Masalan, foydali qazilmalar modulini quyidagi qismlarga bo’lish mumkin: yoqilg’i energitika foydali qazilmalari; metalli foydali qazilmalar; nometall foydali qazilmalar.


Yüklə 496,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin