O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy


Olingan bilim va ko’nikmalarni mustaxkamlash



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə136/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

Olingan bilim va ko’nikmalarni mustaxkamlash geografiya darslarini asosiy qismlaridan biri xisoblanadi. O’quvchilar bilimini mustaxkamlash ikki usulda olib boriladi: bosqichli, yakuniy.
Geografiya darslarida ko’proq bosqichma bosqich bilim va ko’nikmalarni mustaxkamlash keng tarqalgan. Bunda o’rganiladigan yangi mavzu bir necha mantiqiy qismlarga bo’linali. Har bir qismni o’tib bo’lingandan so’ng olingan bilimlar mustaxkamlanadi. Masalan, V-sinfda masshtab mavzusini ;o’rganishda uni quyidagi mantiqiy qismlarga bo’lishimiz mumkin: masshtab nima; sonli masshtab; chiziqli masshtab;so’zli masshtab. Demak, ushbu mavzuni o’rganishda o’qituvchi masshtab haqida tushuncha beradi va uni mustaxkamlaydi. So’ngra sonli, chiziqli va so’zli masshtablarni tushuntirib olingan bilimlarni yangi misollarni o’quvchilarga yechtirish orqali mustaxkamlaydi.
Olingan bilimlarni bir necha usullar yordamida mustaxkamlash mumkin: test topshiriqlari; amaliy ishlar; mustaqil ishlar va h.k
O’quvchilar bilim va ko’nikmalarini bosqichma-bosqich mustaxkamlash bilan birga yakuniy mustaxkamlash xam mumkmn. Bunda o’quvchilarga tarqama material berish, yoki bo’lmasa 3-4 ta o’quvchidan og’zaki so’rash orqali xam bilimlarni yakuniy mustaxkamlash mumkin. SHundan so’ng o’quvchilar bilimlariga qo’yilgan baholar e’lon qilinadi ularning kamchiliklar to’g’rilaniladi va dars yakundanadi.
Uyga vazifa berish. Darsning yakunida uyga vazifa beriladi. Uyga vazifa mavzusi sinf taxtasiga yozib qo’yiladi. SHundan so’ng uni bajarish bo’yicha o’qituvchi o’quvchilarga ko’rsatmalar beradi.
Uyga vazifa ko’p hollarda darsning oxirida beriladi. Bunda o’quvchilar uy vazifasini maqsadi va moxiyatini tushunib yetishmaydi. Ko’p xollarda o’qituvchi xam uy vazifasini berib ham , tushuntirib xam ulgurmaydi. SHuning uchun uyga vazifa darsning boshida, yangi mavzuni o’tib bo’lgandan so’ng berilsa uni qanday bajarishni o’quvchilarga to’laroq tushuntirib berish mumkin.
Uyga berilgan vazifani tushuntirganda uni o’ziga xos xususiyatlarini xisobga olmoq zarurdir. Matin bo’yicha beriladigan vazifalarni xaritalar, jadvallar va chizmalar bo’yicha beriladigan topshiriqlarni aloxida tushuntirish lozim.



    1. Yüklə 496,71 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin