O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə133/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

Darsni kasbga yo’naltirilganligi. Geografik bilim va ko’nikmalarni egallash jarayonida o’quvchilar juda ko’p kasblar bilan tanishadi. Masalan, “Boshlang’ich tabiiy geografiya” kursida “plan va xarita” mavzusi o’tilganida geodezis va topograflar kasbi haqida, litosferani o’rganishda geologlar kasbi haqida, gidrosferani o’rganishda gidrolog kasbi, iqtisodiy geografiya darslarida iqtisodchi va boshqa kasblar haqida bilimlar va ma’lumotlar beriladi. Bundan tashqari har bir materikni tekirilish tarixini o’rganganda sayyohlar va olimlar haqida ham ma’lumotlar beriladi. Olimlar kasbi haqidagi ma’lumotlar turli xil qonun va qonuniyatlarni ochgan olimlarini hayoti va faoliyatini o’rganishda berib boriladi.
Dars tuzilishini aniqlash xam asosiy talablardan biri bo’lib hisoblanadi. Dars tuzilishini aniqlashga quyidagilar kiradi: a) darsni turini tanlash. O’quv materialini mazmuniga ko’ra ma’lum bir dars turi tanlanadi. Quyi sinflarda ko’proq aralash dars turiga e’tibor beriladi, ya’ni o’tgan darsni takrorlash, yangi darsni o’qitish, o’rganilgan darsni mustaxkamlash va uyga vazifa berish; darsning alohida qismlarini asoslash va ular orasidagi bog’liqliklarni bo’rttirib ko’rsatish; Masalan, “Boshlang’ich tabiiy geografiya” kursida “Masshtab” mavzusini o’rganganda uni quyidagi qismlarga bo’lish mumkin: masshtab xaqidagi umumiy tushuncha, sonli masshtab; chiziqli masshtab; so’zli masshtab; masshtab bilan ishlash. Darsning tuzilishi uning ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlari bilan xamda ulardan oldingi va keyingi darslar bilan bog’liqligi bilan aniqlanadi.
O’qitish metodlarini tanlash. O’qitish metodlarini tanlash darsning tuzilishi bilan bevosita bog’langan. Har bir dars tuzilmasi uchun aloxida metod tanlanadi. O’qitish metodlari deganda o’qituvchi va o’quvchilarni ta’lim maqsadlarga erishishdagi birgalikdagi va xamkorlikdagi faoliyatidir. Darsning mazmuniga ko’ra tanlangan o’qitish metodlariga qo’yiladigan asosiy talablaridan biri dars jadvalida o’quvchilarni bilish faoliyatini ta’minlashi lozim. Tanlagan o’qitish metodi sinfdagi barcha o’quvchilarni bilish faoliyatini jadallashtirishi, geografik bilim va ko’nikmalarni olishga qiziquvchanlikni kuchaytirishi lozim. Bunda shuni esdan chiqarmaslik lozimki o’quvchilarni faol bilish faoliyati geografik bilim manbalaridan foydalanish ko’nikmalari shakllantirilgandagina ta’minlanadi. Masalan, xaritalar, darslik, chizmalar va h.k.

Yüklə 496,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin