O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n
Dars – geografiyani o’qitishning asisiy shakli
O’quvchilarga bilim berish va ularni tarbiyalash dars jarayonida olib boriladi. SHuning uchun dars geografiya ta’limining eng asosiy va markaziy qismi xisoblanadi. Dars jarayonida o’qituvchi darsga ajratilgan aniq vaqt davomida belgilangan ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirishadi. Har bir darsni maqsadi aniq ifodalangan bo’ladi. Dars jarayonida o’quvchilar ko’zda tutilgan bilim va ko’nikmalarni samarali bilish uchun geografiya darslariga qator talablar qo’yilgan. Ular quyidagilardan iborat:
darsning ta’limiy va tarbiyavty maqsadlarini aniq ishlab chiqish; darsning mazmunini ilmiyligiga erishish;
dars o’quvchilarni kasbga yo’naltirishi lozim;
tanlangan o’qitish metodi dars mazmuniga mos kelmog’i lozim;
tanlangan o’qitish metodi dars mazmuniga mos kelmog’i lozim;
geografiya darslarida predmetlararo aloqalar o’rnatilishi lozim;
har bir dars ekologik yo’nalishga ega bo’lmog’i lozim;
har bir geografiya darsida o’lkashunoslik ta’moyillari xisobga olinmog’i zarur.
Darsning ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarini ishlab chiqish. Geografiya darslarini ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarini to’g’ri va aniq ishlab chiqish darsni samaradorligini belgilab beradi. Dastlab darsni ta’limiy maqsadlari ishlab chiqiladi. Buning uchun: geografik borliq, voqea va hodisalar haqida tasavvurlar, ilmiy tushunchalar, tamoillar, qonuniyatlar shakllantiriladi; asosiy ilmiy ma’lumotlar va
bilimlar takrorlanadi va mustahkamlanadi; geografik ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish ta’minlanadi va takomillashtiriladi; umumiy ko’nikmalarni shakllantirish davom ettiriladi (javoblarni rejalashtirish, darslik bilan ishlash, qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlash va h.k.); dunyoqarash, g’oyaviy-siyosiy, ax’loqiy va kasbga yo’naltirilgan bilimlarni o’zlashtirish; mexnat va estetik tarbiya berish; o’quvchilarni tafakkurini, qiziquvchanligini rivojlanitirish.
Geografiya darslari aniq tarbiyaviy maqsadga yo’naltirilgan bo’lmog’i lozim. Bu esa o’quvchilarni vatanparvarlik, aqliy, g’oyaviy-siyosiy jixatdan tarbiyalashga imkon beradi. Geografiya darslari olamning yaxlitligi g’oyasini shaklantirishga, geografik voqea va hodisalar hamda xo’jalik faoliyati orasidagi sabab va oqibatlarni ochishga yo’naltiradi. Darsning tarbiyaviy vazifalariga Vatanimizni mustaqillik davrida rivojlanishini o’rganish, mustaqil mamlakatimizning erishgan yutuqlarini bo’rttirib ko’rsatish, fan, madaniyat va sport soxasidagi yutuqlarimiz ruxida tarbiyalash katta samara beradi.
Darsning aniq vazifalari undan oldinga va keyingi darslarni maqsadlari bilan bog’langan bo’lmog’i lozim.Masalan, “O’rta Osiyoning relyefi va foydali qazilmalari” mavzusida (7-sinf) quyidagi vazifalarni ko’rish mumkin: yirik relyef shakllarini joylashish xususiyatlari va sabablarini ochib berish; yirik relyef shakllari haqida bilimlarni kengaytirish; cho’l relyef shakllarini hosil bo’lishida shamolni o’rni va ahamiyatini ochib berish; relyefni hosil bo’lishida va rivojlanishida ichki va tashqi kuchlarni o’zaro ta’siri g’oyasini yanada rivojlantirish; O’rta Osiyo foydali qazilma konlarini joylashishini o’rganish va ularni hosil bo’lishini yer po’sti tuzilishi bilan bog’liqligini ochib berish; xarita asosida relyefga tavsif berish ko’nikmalarini shaklantirishni davom ettirish.