O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə139/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

Yangi mavzuni o’rganish darsi


Mazkur dars turi to’la yangi mavzuni o’tishga bag’ishlanadi. Shuning uchun unda uyga berilgan vazifani tekshirish va baholash qismi bo’lmaydi. Mazkur dars quyidagi hollarda qo’llaniladi:



    • darsni hajmi katta bo’lgan taqdirda;

    • dars murakkab bo’lgan taqdirda.

Mazkur darsda bilimlar chuqur va har tomonlama ochib beriladi. Mazkur darslar uchun mavzuni o’qituvchi oldindan tanlab oladi va unga tegishli o’quv vositalarini tayyorlaydi.
Ushbu darslarda asosiy o’qitish metodi bo’lib tushuntirish hisoblanadi. Bunda o’qituvchi sinf taxtasidan, haritalardan, chizmalardan, rasm va jadvallardan hamda qo’shimcha adabiyotlardan foydalanishi lozim.
O’tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida o’quvchilarga qator topshiriqlar berish mumkin. Bunda ular olgan bilimlarni amalda qo’llashadi, yoki bo’lmasa bir necha vazifalarni bajarishni topshiriq sifatida berish mumkin. Bu esa yangi materiallarni o’zlashtirishni osonlashtiradi. Masalan, dunyo siyosty haritasini o’rganayotganda tarixiy va siyosiy haritadan foydalanib qo’yidagi vazifalarni o’quvchilarga topshirish mumkin:

    • XX asrning boshigicha dunyoda qanday yirik davlatlar bor edi;

    • XX asrning boshlarida Afrikada qanday mustaqil davlatlar mavjud edi;

    • birinchi jahon urushdan so’ng jahon siyosiy haritasidan qanday davlatlar davlat sifatida yo’q bo’ldi;

    • ikkinchi jahon urushidan so’ng qanday mustaqil davlatlar vujudga keldi;

    • XX asrning oxirida qaysi davlatlar parchalanib ketdi va qanday yangi davlatlar paydo bo’ldi;

    • XXI asrda qaysi davlatlar mustaqillikni qo’lga kiritd va x.k.

Yangi mavzuni o’rganish darsi qo’yidagi tarkibiy qismlardan iborat: darsni maqsadini aniqlash; yangi mavzuni tushuntirish davomida o’quvchilarni bilish faoliyatini tashkil qilishi lozim; mavzuni alohida mantiqiy qismlari bo’yicha umulashtirish va mustahkamlash; o’zlashtirilgan bilim va ko’nikmalarni amalda qo’llash bo’yicha o’quvchilarga topshiriqlar berish; uyga vazifa berish.
Mazkur darslarda quyidagi mavzularni o’rganish mumkin; “Yer po’stining tuzulishi (V-sinf); “O’rta Osiyoning tabiiy geografik rayonlashtirish” “O’zbekistonni iqtisodiy rayonlashtirish” (VIII- sinf); “Jahon siyosiy haritasi”, “Jahon tabiiy resurslari”, “Jahon aholisi ”va x.k.



      1. Yüklə 496,71 Kb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin