O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy


Takrorlash, umumlashtirish va bilimlarni tekshrish darslari



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə142/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

Takrorlash, umumlashtirish va bilimlarni tekshrish darslari




Takrorlash darsi. Geografiya ta’limida keng tarqalmagan, juda kam hollardagina qo’laniladi. Chunki har bir geografiya darsida muntazam ravishda o’quvchilarni bilim va ko’nikmalari tekshirib boriladi.
Takrorlash darslari quyidagi xollarda qo’llaniladi:

  • yirik bo’limlar va mavzularni o’tib bo’lingandan so’ng bilimlarni mustahkamlash maqsadida;

  • agar yangi material oldingi darslar bilan bog’langan bo’lsa, takrorlash yangi mavzuni o’zlashtirishga yordam bersa.

Geografiya ta’limida takrorlash darsini qachon va qaysi mavzuni o’rganishda qo’llashni o’qituvchi xal qiladi. Takrolash darslarini quyidagi mavularni o’rganishdan so’ng qo’lash mumkin: Yer qobiqlari (5-sinf); materiklar tabiiy sharoiti; okeanlar tabiiy sharoiti; materiklar iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi.
Bilimlarni umumlashtirish darsi. Mazkur darslar quyidagi tarkibiy qismlardan borat: o’quvchilarni darsni maqsadi va vazifalari bilan tanishtirish; ta’limiy-tariyaviy vazifalarni bajarish; darsni yakunlash; uyga vazifa berish. Hozirgi paytda umumlashtirish darslari keng tarqalmoqda. Ular maktab geografiya kurslarini barchasida ko’zda tutilgan. Ko’p hollarda bunday darslarni umumiylashtiruvchi takrorlash darsi ham deb ataladi. Chunki bilimlar umumlashtirilganda ular albatta takrorlanadi.
Bilimlarni umumlashtirishni ahamiyati quyidagi hollarda namoyon bo’ladi:

  • bilimlarni umumlashtirish o’quvchilar ongida dunyoqarash g’oyalarni shakillantirishda muhim ahamiyatga ega;

  • bilimlarni umumlashtirish har bir geografiya predmetidagi bilimlarni tizimlashda ya’ni tartibga solishda katta ahamiyatga ega. Geografiya ursida tabiiy hududiy komplekslar, dunyoning yaxlitligi va bir butunligi, jahon xo’jalik tizimi va h.k

Bilimlarni tizimlashtirish deganda geografik voqea va xodisalar, obyektlarni tarqalishi va taqsimlanishi tushuniladi. Bunda geografik voqea va hodisalar hamda obyektlar o’xshash belgilarga ko’ra tizimlarga yoki guruhlarga bo’linadi. Masalan, daryo vodiylari, tekislik landshaftlari, cho’llar, rivojlanayotgan davlatlar, rivojlangan davlatlar, yevropoidlar, mongoloidlar, negroidlar va h.k.
Shuning uchun umumlashtruvchi darslarini yirik bo’limlarni o’rganib bo’lgandan so’ng o’tkaziladi.
Umumlashtiruvchi darslarning muhim xususiyatlaridan biri o’quvchilar bilimlarni tizimlashtirish va umumlashtirish asosida yangi bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishadi. Shuning uchun o’quvchilar o’zlarining bilimlariga asoslanib dunyoqarash g’oyalarni umumiy belgilari, tomoillari qonuniyatlarini egallash bo’yicha geografik ko’nikmalarga ega bo’lishadi.

Yüklə 496,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin