O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n
Iqtisodiy geografik o’quv ekskursiyalari
Iqtisodiy va ijtimoiy geografik o’quv ekskursiyalari yuqori sinflarda o’tkaziladi va o’quvchilarni iqtisodiy bilim va ko’nikmalarni mustaxkamlaydi va bir vaqtni o’zida iqtisodiy geografik tadqiqotlar olib borish usullarini egallashadi.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya bo’yicha o’quv ekskursiyalari xam ikki guruxga bo’linadi: umumiy iqtisodiy geografik o’quv ekskursiyalari; maxsus iqtisodiy o’quv ekskursiyalari.
Umumiy iqtisodiy va ijtimoiy geografik o’quv ekskursiyalari. Umumiy iqtisodiy va ijtimoiy geografik o’quv ekskursiyalari o’quv yilining oxirida ma’lum bir predmet to’la o’rganilib bo’lingandan so’ng olingan bilim va ko’nikmalarni mustaxkamlash uchun o’tkaziladi.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografik o’quv ekskursiyalari quyidagi tartibda o’tkaziladi.
O’quv ekskursiyalariga tayyorgarlik davrida o’qituvchi ekskursiya o’tkaziladigan joyni tanlaydi, mazkur joy iqtisodiy geografik sharoiti xaqida ma’lumotlarni to’playdi. O’quv ekskursiyai rejasi ishlab chiqladi.
O’quv ekskursiyaini o’tkazish. O’quv ekskursiyai o’tkaziladigan kun belgilangan vaqtda o’quvchilar yig’ilishganda o’qituvchi yana bir marta suxbat o’tkazadi. O’quv ekskursiyaining maqsadi, vazifalari, obyekti va ekskursiya davomida o’quvchilar amal qilishi lozim bo’lgan qoidalar tushuntiriladi. SHundan so’ng o’quv ekskursiyai boshlanadi.
Ma’lum bir joyning ijtimoiy geografik sharoitini o’rganish quyidagi tartibda olib boriladi.
Obyektni iqtisodiy geografik o’rnini aniqlash. Iqtisodiy geografik obyektlarni geografik o’rnini asosiy davlat axamiyatiga ega bo’lgan avtomobilь, xavo va temir yo’llarga nisbatan, tuman, viloyat va markazlarni xamda poytaxtga nisbatan, yirik daryolar va dengizlarga nisbatan joylanishi.
So’ngra joyning ya’ni obyektning tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari o’rganiladi. Tabiiy resurslarni o’rganishda ularni quyidagi guruxlarga bo’lib o’rganish maqsadga muofiqdir: yer resurslari, suv resurlslari, mineral resurslar, tuproq resurslari, bioligik resurslar, rekratsion resurslar.
Aholi va mehnat resurslari quyidagi tartibda o’rganiladi: qishloq yoki maktab joylashgan joy axolisining joylashishi, ularning kasbi, statistik ma’lumotlar asosida axolining boshqa ko’rsatgichlari xam aniqlanadi. Obyektning xo’jaligi o’rganiladi. Bunda sanoatning asosiy tarmoqlari, dexqonchilik va chorvachilikning qaysi tarmog’i yaxshi rivojlanganligi aniqlanadi va aynan shu tarmoqqa ko’proq e’tibor beriladi.
Agar qishloq yoki maktab joylashgan joydan davlat yoki viloyat axamiyatiga ega bo’lsa ular xaqida ma’lumotlar aniqlanadi. Bunday yo’llar mavjud bo’lmagan tadqiqotlarda qishloqdagi yoki shahardagi yo’llarni o’rnini tavsifi beriladi.