O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə132/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

Darsning mazmuni ilmiy bo’lmog’i zarur. Geografiya darslarida bilim, malaka, tarbiyaviy g’oyalar va ular bilan bog’liq bo’lgan tushunchalar ochib beriladi. Ammo darsning asosiy maqsadi dasturda ko’rsatilgan nazariy bilimlar va amaliy ko’nikmalarni shakllantirishdir. Geografik ilmiy bilimlar asosiy va ikkinchi darajali qismlarga bo’linadi. Asosiy bilim va ko’nikmalarga ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga yordam beradigan, amaliy faoliyat va hayot bilan bog’liq bo’lgan ko’nikma va malakalar kiradi. Asosiy bilimlarga dalillar, umumiy tushunchalar va tasavvurlar, o’zaro aloqa va qonuniyatlar haqidagi bilimlar dunyoqarash g’oyalari, faoliyat turlari haqidagi bilimlar kiradi. Mazkur bilimlar har bir geografiya predmeti bo’yicha asosiy yakuniy bilimlar bo’lib hisoblanadi.
Asosiy bilimlarni chuqurroq va to’laroq o’zlashtirish uchun geografiya ta’limida ikkinchi darajali bilimlar ham ishlatiladi. Ular asosan tasavvurlarni shakllantirish, tushunchalarni belgilanishini aniqlashtirishda ko’proq foydalaniladi. Ikkinchi darajali bilimlar ham ishlatiladi. Ular asosan tasavvurlarni shakllantirish, tushunchalarni aniqlashtirishda ko’proq foydalaniladi. Ikkinchi darajadi bilimlarga tabiiy geografiyada tadqiqot materiallarini o’rganish ya’ni yer po’stini, okeanni, atmosferani o’rganish, usullari haqidagi ma’lumotlar, materiklarni o’rganish va ulardagi aholining xo’jalik faoliyati haqida bilimlar, ular dasturda albbata o’zlashtirilishi zarur bo’lgan bilimlar qatoriga kiritilgan.
Yuqoridagi bilimlardan tashqari dastur va darsliklarda uchramaydigan qo’shimcha bilimlar ham ishlatiladi. Masalan, davlatlar bayrog’i, gerbi (tamg’asi), aholini turmush sharoiti, odatlari haqidagi bilimlar o’quvchilarni bilish faoliyatini
rivojlantirish uchun qo’llaniladi, qo’shimcha material darsda qo’shimcha vaqt bo’lganida foydalaniladi.
Geografik bilimlarni hayot bilan bog’lash geografiya darslariga qo’yiladimgan asosiy talablardan biri bo’lib xisoblanadi. Geografiya predmetlarida beriladigan bilimlarning deyarli barchasi xayot bilan bog’langan. Atrof muxitni muhofaza qilish, siyosiy iqtisodiy soxa bo’yicha davlat qarorlari geografik bilimlarni xyotga bog’lash uchun asos bo’lib xisoblanadi.
Masalan, atmosfera mavzusini o’tishda atmosfera xavosini muxofaza qilish va qo’riqlash bo’yicha davlat qarorlariga suyanmoq lozim. O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasini o’rganishda mamlakatimiz prezidenti asarlari, davlat qarorlariga asoslanmoq zarur. Mazkur materiallardan dars jarayonida foydalanish uchun mavzu mazmuniga mos bo’lgan ma’lumotlarni topmoq lozim. SHundagina o’quvchilar olgan bilim va ko’nikmalarni hayot bilan bog’lay oladi.

Yüklə 496,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin