O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy


O’qitishning texnik vositalari va ular bilan ishlash texnologiyasi



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə123/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

O’qitishning texnik vositalari va ular bilan ishlash texnologiyasi


Fan va texnikaning rivojlanishi bilan maktab geografiyasining oldiga qo’yiladigan talablar ham ortib boradi. Mazkur talablarni bajarish uchun o’qitish shakllari va metodlarini takomillashtirish lozim bo’ladi. Bu esa o’quvchilar bilish faoliyatini jadallashtiradi, ularni fikrlashga va ilmiy mushoxada qilishga undaydi hamda o’rganayotgan geografik voqea va xodisalar bilan hayot o’rtasidagi


aloqalarni tushunishga yordam beradi. Yangi o’quv vositalarini qo’llash o’quvchilarni dunyoqarashini shakllantirishga, shaxs sifatida rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. O’qitishning texnik vositalari o’qituvchi yordamida qo’yilgan maqsadga erishishga, o’tkazilayotgan mashg’ulotlarni samaradorligini keskin oshirishga imkon beradi.
Texnik vositalarni qo’llashni quyidagi afzalliklari mavjud:

  • qiziqarliligi, o’quvchilar birinchidan texnika vositalarini o’ziga qiziqsa, ikkinchi tomondan uni ishlatishga va unda ko’rsatilgan ma’lumotlarga qiziqishadi;

  • voqealarni tez rivojlanishi va aniq ko’rsatilishi o’quv materiallarini tez o’zlashtirishga yordam beradi. Masalan, tabiiy geografik jarayonlarni sodir bo’lishi, tekislik va tog’ relyefining turlari va ularning o’ziga xos xususiyatlari, tropik o’rmonlarning sharoiti, ishlab chiqarish jarayoni va h.k.

  • texnik vositalar orqali murakkab o’quv materialini oson tushuntirish mumkin. Masalan, havo massalarini vujudga kelishi, imkoni va antitsiklonlarni shakllanishi, tornado, tsunami va boshqa tabiiy geografik jarayonlarni hosil bo’lishi va ularning oqibatlari;

  • o’quvchilar qabul qilishi murakkab bo’lgan geografik obьektlarni texnik vositalar orqali osongina bajarish mumkin. Masalan, temir yo’l paromi, dengizdagi neft qazib oladigan moslamalar va h.k.

O’qitishning texnik vositalarini qo’llashda quyidagi qoidalarga amal qilinishi lozim:

  • texnik vositalarda ko’rsatiladigan geografik voqea va hodisalar dars mavzusiga mos bo’lishi lozim;

  • texnik vositalarni qo’llash oldidan uning ishlash tamoili, mazkur darsda nima ko’rsatilishi haqida o’qituvchi axborot bermog’i lozim;

  • o’qitishni texnik vositalari avvaldan ishga tayyorlab qo’yilishi lozim. Uni dars jarayonida sozlash o’quv soatini ancha qismini olib qo’yishi mumkin;

  • texnik vositalar orqali ma’lum bir mavzuni o’rganishda uni alohida qismlarga bo’lish lozim;

  • har bir qismda ko’zda tutilgan material tugallangandan so’ng o’qituvchi izoh berishi, namoish qilingan geografik voqea va hodisalarni o’quvchilar qanday qabul qilganini tekshirib ko’rishi mumkin. Ko’zda tutilgan materiallar namoyish qilib bo’lingandan so’ng o’qituvchi darsni yakunlashi lozim;

  • namoish etilgan material aniq va ravshan ko’rinishi lozim.

Geografiya darslarida foydalaniladigan o’qitishning texnik vositalarini quyidagi guruhga bo’lishimiz mumkin:

  • o’qitishni audiovizual vositalari;

  • o’qitishda videotexnika vositalaridan foydalanish;

  • o’qitishda axborot vositalaridan foydalanish.

O’qitishni audiovizual vositalariga o’quv kinosi, teleeshittirishlar, diafil’mlar, diopozitivlar, transparantlar kiradi.
Video texnika vositalariga turli xil videomagnitafonlar kiradi. O’qitishni axborot vositalariga kompiyuterlar, internet imkoniyatlari, masofaviy o’qitish vositalari kiradi.
O’qituvchi o’quv yilini boshida texnika vositalardan foydalanish rejasini tuzishi va u asosida texnika vositalari hafta boshida tayyorlab qo’yilmog’i zarur.
O’qitishni audiovizual vositalariga o’quv kinosi, teleeshittirishlar, diafil’mlar, diapozitavlar va transparantlar kiradi.



      1. Yüklə 496,71 Kb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin