O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n
Geografik voqea va hodisalarni tasvirlaydigan o’quv vositalaridan foydalanish texnologiyasi
O’quv vositalarini mazkur guruhi ikkiga bo’linadi: hajmli o’quv vositalari va geografik voqea va xodisalarni tasviri. Ushbu ikki guruh geografik obyekt voqea va hodisalarni tasvirlaydi.
Hajmlio’qitishvositalaribilanishlashtexnologiyasi. Geografiya darslarida hajmli o’qitish vositalaridan ham foydalaniladi. Ularga modellar va maketlar kiradi. Modellar geografik voqea va xodisalarni hamda obyektlarni uch o’qli (hajmiy) tasviri xisoblanadi. Ular ma’lum bir masshtabda kichraytirilgan bo’ladi yoki o’z o’lchamida tasvirlanadi. Ammo hajmli modellarda xatoliklarga ham yo’l qo’yiladi.
Qurilishiga ko’ra modellar quyidagi turlarga bo’linadi: bo’linmaydigan, bo’linadigan, kesmali, ochilmali, statistik va faoliyatdagi.
Geografiya darslarida Yer sharining modeli ko’proq ishlatiladi. Barcha voqea va ho disalarni modellarini o’quv maqsadlarida yasash maqsadga muvofiq emas. Masalan, vulkanni, geyzelarni, tog’larni, tsunami, sel, toranodolarni sodir bo’lishi modelini qurish maqsadga muvofiq emas. Chunki ular tabiiy jarayonlarning sodir bo’lishini aniq tasvirlay olmaydi. Ammo harakatdagi artezian qudug’ini modelini yasab o’quv jarayonida bemalol ishlatish mumkin. Dars jarayonida termometr, barometr, flyunger, kompas va boshqa asboblarni modellaridan ham foydalanish mumkin. Modellar yordam o’quvchilar ularni tuzilishini va ishlashini tesh o’rganib olishadi. Modellar yordamida kanallar, to’g’onlar va suv omborlari tuzilishi va ishlashini ham ko’rsatish mumkin.
Geografiya ta’limida maketlar ham keng qo’llaniladi. Maketlar geografik obyektlar, voqea va hodisalarning soddalashtirilgan nusxasi hisoblanadi. Ular tabiiy geografik hamda iqtisodiy va ijtimoiy geografik maketlarga bo’linadi.
Tabiiy gegrafik maketlarga landshaftlar, relyef, daryo vodiysi, tog’lar, chuqqilar, g’orlar maketlari kiradi.
Yer yuzasi shakllarini o’rganishda relyef shakllari maketlari juda katta ahamiyatga ega. Relyef bo’yicha bilimlarni o’quvchilarni o’zlashtirishi juda qiyin kechadi, chunki relyef uchta o’lchamli hisoblanadi. Shuning uchun relyefni o’rganishda dalada olib borilgan kuzatishlar katta ahamiyatga ega. Joyda relyefni shakllanishini ko’ribgina qolmasdan balki o’rganilayotgan obyekt bevosita o’rganiladi, o’lchamlari aniqlanadi, har tomonlama o’rganiladi va aniq tasavvurlar hosil bo’ladi. Relyef haqidagi bilimlarni o’zlashtirishni oson yo’llaridan biri geografiya maydonida ularning shakllarini maketlarini yasashdir.
Maketlardan foydalanib dars o’tganda o’qituvchi maketni hamma tomonini ko’rsatishi lozim, shundagina mazkur maketda tasvirlangan geografik obyekt yoki voqea va xodisalar haqida o’quvchilar ongida to’la va aniq tasavvurlar hosil bo’ladi.