“Kompyuterlashtirish” yoki “Axborotlashtirish” deganda umumta’lim maktablarini, akademik leytsiy va kasb-hunar kollejlarini kompyuterlar bilan ta’minlash hamda turli ma’lumotlarni o’zlashtirish va oli
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n
“Kompyuterlashtirish” yoki “Axborotlashtirish” deganda umumta’lim maktablarini, akademik leytsiy va kasb-hunar kollejlarini kompyuterlar bilan ta’minlash hamda turli ma’lumotlarni o’zlashtirish va olish tushuniladi.
XX- asrning 80-yillaridan boshlab har bir maktabda kompyuter xonalari tashkil qilina boshlandi. Kompyuter xonalarida 10 dan ortiq kompyuterlar bo’lgan, ammo ularni sifati ya’ni ko’rsatgichlari past bo’lgan.
Ammo olib borilgan tadqiqot ishlari shuni ko’rsatadiki umumta’lim maktablarini kompyuterlashtirish natijasida ta’lim-tarbiya jarayonida keskin o’zgarishlar sodir bo’lmadi. Mazkur hol quyidagi xolatlarda nomoyon bo’lgan: a) o’qitish va mustaqil o’quv faoliyatini texnologiyasini motivatsiyasi o’zgarmadi; b) o’qituvchi faoliyatini motivatsiyasi o’zgarmadi; v) o’quv jarayonini boshqarish texnologiyasi o’zgarmadi; g) bu yerda gap XX –asrning 80- yillaridagi ommaviy maktablari haqida ketmoqda. Chuqurlashtirilgan maxsus maktablarda esa ta’lim jarayonida katta o’zgarishlar sodir bo’lgan.
Bugungi kunda amaliy pedagogikada kompyuterlarni qo’llash bo’yicha ustuvor yo’nalishlari shakllandi. Ular quyidagilarda namoyon bo’ldi:
informatika va hisoblash texnikasi asoslarini o’rganish;
ta’lim jarayonida axborot texnologiyalarini qo’llash;
axborot texnologiyalari yordamida ta’lim muassalarini va mintaqaviy ta’lim tizimlarini boshqarish. Bu esa axborot texnologiyalarini qo’llashni birinchi darajali ishlar qatoriga qo’shishga imkon beradi. Ushbu sohada olingan samaralar umumta’lim maktablarini kompyuterlashtirishga ketgan xarajatlarni qoplashi mumkin.
Ta’lim jarayonini samaradorligini oshirishda yangi ta’lim texnologiyalari katta ahamiyatga ega. Yangi ta’lim texnologiyalari quyidagilarga imkon beradi: a) har bir maktab o’quvchisida o’zining shaxsiy ta’lim yo’nalishini rivojlantiradi; b) o’quv jarayonini tubdan o’zgartirishga va uni tizimli tafakkurlash tomoniga loyihalashga imkon beradi; v) o’quvchilarni bilish faoliyatini samarali tashkil qilishga imkon beradi. Bunday yondoshshish kompyuterni bilish vositasiga aylantiradi. Maktablarda kompyuterlarni o’rni qanday bo’lishi degan savol ta’limni kompyuterlashtiishni dastlabki bosqichlaridayoq qo’yilgan edi. Ammo kompyuterlarni o’rganishdan undan foydalanishga o’tish juda qiyinchilik bilan amalga oshirilmoqda. Ko’p hollarda geografiya va boshqa fanlardan ishlab chiqilgan kompyuter texnologiyalari talabsiz qolib ketadi. Buning asosiy sabablaridan biri ular odatiy darslarning davomi bo’lib qolishidir. Elektron darsliklar ko’p hollarda darsliklarni bir nusxasiga (kopiyasiga) aylanib qolmoqda. Shuning uchun ularga talab kamroq bo’lib qolmoqda. Ularni samaradorligi tajribali o’qituvchi samaradorligidan yuqori bo’lmayapti.
Elektron darsliklarni yoki kompyuter texnologiyasidan foydalanishga talabni kamayib borishining asosiy sabablaridan biri o’quvchilarni zamonaviy ta’lim ta’lablari va zamonaviy tamoillar bilan shaxsga yo’naltirilgan yondoshish va sinf-dars tizimida foydalanishga yo’naltirilgan dasturlarni bir biriga mos kelmasligidir.
Kompyuterlarni yangi avlodini yaratish bilan yangi texnologiyalar ishlab chiqiladi, shu bilan birga ta’lim texnologiyalari xam ishlab chiqiladi. Kompyuterda matn, chizma, audio va video ma’lumotlarni birlashtirish o’quv ma’lumotlari sifatini keskin oshirib yuboradi.
Kompyuterlar industriyasini rivojlangtirish pedagogik jarayonda inqilobiy o’zgarishlarni keltirib chiqardi. Uning asosida esa o’quvchini individual faoliyatini ta’minlaydigan texnologiyalarga o’tish yotadi. Bunday texnologiyalarga o’tish dasturiy vositalarni yaratishi bilan bog’liq. Yaxlit kompyuterlashtirilgan predmetli kurslarda odatiy dasturiy asosnomalarning ayrim qismlari saqlab qolinadi ular esa maktab darsliklarini turli darajalarda qaytarishadi. Shuning uchun mazkur kurslar quyidagilarga yo’naltirilgan bo’lmog’i lozim: a) ixcham (kompakt) predmetni mavjud bo’lishi, u o’quvchilarni mustaqilligini yuqori darajada ta’minlashi lozim;
turli soxalarda bilimlarni yuqori darajadagi integratsiyasi mavjud bo’lgan predmetlarni o’rganishda; v) maktablarda o’qituvchilarni qisman yoki to’la kompyuterlar bilan almashtirish; g) sinf-dars tizimiga asoslanmagan eksperemental ta’limiy texnologiyalarni yaratish; d) o’quv jarayonida kompyuterlardan foydalanishni yangi yondoshuvlarini ishlab chiqish; ye) shaxsga yo’naltirilgan dasturiy asoslarni ishlab chiqish.
Ta’lim muassalarida kompyuterlardan samarali foydalanish qator tashkiliy pedagogik izoxlanishlarni yechish bilan bog’liq. O’qituvchilarni kompyuterli maktablarda ishlashga tayyorlash muhim muammo bo’lib xisoblanadi, kompyuter texnologiyalarini maktablarda dastlabki davrlarda kam talab etilishi oliy ta’limda ushbu soxa bo’yicha yetarli bilim berilmasligidir. Elektron pochta imkoniyatlaridan foydalanishni dars va darsdan tashqari vaqtlarda jahon kommunikatsion tarmog’idan foydalanish maxsus metodik tayyorgarlikni talab qiladi. Maktablarni zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta’minlash ham dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Geografiya fani va geografiya ta’limida axborot texnologiyalaridan keng qo’llanilmoqda. Geografmiya ta’limida axborot texnologiyalardan foydalanishni quyidagi shart-sharoitlarini ta’kidlab o’tish lozim:
geografiya o’qituvchisi axborot texnologiyalardan foydalanish ko’nikmasiga ega bo’lishi shart;
maktab o’quvchilari kompyuterlardan foydalanish ko’nikmasiga ega bo’lishi shart;
maktabda kompyuterlar sinfi bo’lishi shart.
Geografiya ta’limida axborot texnologiyalarni qo’llash quyidagi soxalarda olib borilmoqda: elektron darsliklardan foydalanish; elektoron xaritalardan foydalanish; internet imkoniyatlaridan foydalanish; videofil’mlardan foydalanish; masofaviy o’qitish texnologiyalaridan foydalanish.
Hozirgi davrda juda ko’p darsliklarning elektron versiyalari yaratilmoqda. Shu munosabat bilan o’quvchilar berilgan mavzuni elektron darslikdan topib uni
o’qituvchi yordamida yoki mustaqil o’rganishi mumkin. Darsni o’qituvchi boshqarib turish mumkin. Bunda o’qituvchi matnni o’rganishda izoxlar berib boradi. Matndagi chizmalar, rasmlar, xaritalar, jadvallar aloxida tushuntiriladi. Darsni oxirida o’qituvchi kompyuter orqali o’quvchilarga savollar berishi mumkin. O’quvchilar esa kompyuter orqali javob berishadi. Ularning bergan javoblari o’qituvchi tomonidan baholanadi.
Geografiya ta’limida xaritalar asosiy o’quv vositasitalaridan biri bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun xaritalar bilan mustaqil ish bajarayotganida elektron xaritalardan foydalanish mumkin. Elektron xaritalar orqali quyidagi ishlarni bajarishi mumkin:
elektron xarita orqali tabiiy geografik va iqtisodiy geografik tavsiflar tuzish. Masalan, iqlim xaritalaridan foydalanib ma’lum bir materik yoki hudud iqlimi tavsifini tuzish yoki bo’lmasa iqtisodiy geografik xaritalardan foydalanib ayrim mamlakatlar yoki hududlarga iqtisodiy ta’rif berish va h.k;
internet imkoniyatlaridan foydalanib geografiyaning turli soxalari bo’yicha yangi-yangi ma’lumotlar olish mumkin. Masalan, kundalik iqlim haqida, mamlakatlar haqida, aholi haqida, xo’jaligi va geosiyosiy sharoit haqida va h.k;
geografiya ta’limida videofil’mlar juda katta axamiyaitga ega. vidio fil’mlardan quyidagi soxalar bo’yicha foydalanish mumkin: a) boshlang’ich tabiiy geografiya kursida; b) materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida; v) O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geografiyasini o’rganishda; g) O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyani o’rganishda; d) jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursini o’rganishda; ye) fakulьtativ mashg’ulotlarda; j) geografik to’garaklarda va h.k.;
masofaviy o’qitish geografiya ta’limida endi rivojlanib kelmoqda. Masofaviy o’qitish usulidan malaka oshirish kurslarida keng foydalanish mumkin.
Axborot texnologiyalardan foydalanish geografiya ta’limida katta imkoniyatlarga ega. Geografiya ta’limini axborotlashtirishni to’xtovsiz takomillshtirib bormoq zarur.