O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy


XV BOB. GEOGRAFIYANI O’QITISH VOSITALARI



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə120/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

XV BOB. GEOGRAFIYANI O’QITISH VOSITALARI





  1. 1. O’quv ko’rgazmali qurollar, asbob va jihozlar

O’qitish vositalari- bu bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish maqsadida o’quv jarayonini tarkibiga kiritilgan turli xil bilim manbalaridir.


O’quv dasturi bo’yicha o’quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan o’quv materiali turli manbalardan olinadi. Ushbu bilimlar o’quvchilar tomonidan qabul qilinishi va o’zlashtirishi uchun aniq bir pedagogik va metodik sharoitlar bo’lmog’i lozim. Mazkur maqsadni amalga oshirish uchun o’qituvchi o’quvchilarni bilish faoliyatini tashkil qilmog’i lozim. O’quvchilar bilim faoliyatini tashkil qilishga quyidagilar kiradi:

  • eshittirish;

  • eshitgan geografik ma’lumotlarni belgilash;

  • eshitgan geografik ma’lumotlarni eslab qolish;

  • nashriy manbalardan ma’lumotlarni qabul qilish;

  • kuzatish va h.k.

Umumta’lim maktablarida ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirish mqsadida, o’quv jarayoni tarbiyaviy vazifalarini yechish maqsadida o’quv jarayoni tarkibiga kiritilgan bilim manbalari o’qitish yoki o’quv vositalariga aylanadi. Masalan, tog’ jinslari ochilmasi o’quvchilar tomonidan o’rganilgan taqdirdagina o’qitish vositalariga aylanadi.
O’qitish vositalari tabiat va jamiyat haqidagi ilmiy bilimlarni shakillantirishda katta ahamiyatga ega. O’qitish vositalarining asosiy vazifasi bilim olish jarayonida ko’rgazmalilikni ta’minlashdir.
Geografik voqea va hodisalarni tasvirlash usuliga ko’ra o’qitish vositalari to’rt turga bo’linadi (I.S. Matrusov, L.M. Pancheshnikova):
a) natural obyektlar; b) geografik borliq, voqea va hodisalarni tasvirlash; v) predmet va hodisalarni belgilar bilan tasvirlash; g) tabiat xodisalarini hosil bo’lishini ko’rsatish va tahlil qilish uchun jihozlar.
Natural, ya’ni tabiiy obyektlarga quyidagilar kiradi:

  • sinf sharoitida o’rganiladigan tabiat obyektlari va inson xo’jalik faoliyati predmetlari (namunalar, gerbariylar, sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari namunalari);

  • bevosita o’quv sayohati jarayonida o’rganiladigan tabiiy obyektlar va xo’jalik faoliyati mahsulotlari: bevosita tabiiy sharoitda o’rganiladigan obyektlarga geografik ochilmalar, daryolar, soylar, ko’llar, tuproqlar, o’simliklar va hayvonot dunyosi kiradi. Xo’jalik faoliyati mahsulotlariga ekinzorlar, polizlar, bog’lar, uzumzorlar va boshqalar kiradi;

Natural o’quv vositalari yordamida o’rganilayotgan predmet va hodisalar haqida bevosita tasavvurlar hosil qilinadi.
Geografik voqea va hodisalarning tasviri quyidagi guruhlarga bo’linadi:

  • tabiiy va xo’jalik obyektlarining modellari. Ularga relyef shakillari, daryo vodiylari, botiqlar, tekisliklar, muzliklar, g’orlar, suv omborlari va boshqa xo’jalik obyektlarining modellari kiradi;

  • yassi ko’rgazmali qo’llanmalar. Mazkur vositalarga qo’yidagilar kiradi: devoriy rasmlar, portretlar, diapozitivlar, diafil’mlar, kinofi’lmlar, kinolavhalar, vidiotasmalar va h.k.

Shartli belgilar yordamida geografik predmet va hodisalarni bayoni va tasviri (so’zli, belgili, sonli). Mazkur vositalar quyidagi guruhlarga bo’linadi:

  • verbal vositalar. Darsliklar, ma’lumotnomalar, matndagi jadvallar;

  • kartografik vositalar: kartalar, atamalar, karta-sxemalar, chiziqli kartalar, devoriy kartalar;

  • chizmali sxematik qo’llanmalar. Ularga quyidagilar kiradi: tarkibiy sxemalar, masalan gidrosferaning tuzilishi, xalq xo’jaligini tuzilishi; sinflashtirish sxemalari (tog’ jinslari, landshaftlar va h.k); tabiiy va iqtisodiy voqea va hodisalarning o’zaro aloqalari va o’zaro ta’siri;

-chizmali statistik qo’llanmalar; chizmalar, diagrammalar, jadvallar.
Mazkur o’quv vositalari geografik voqea va hodisalarni fozoviy joylashishini va ularning tuzilishi va mohiyati haqida tasavvurlarni shakllantiradi.
Tabiiy hodisalarni sodir bo’lish jarayonini ko’rsatish va tahlil qilish uchun zarur bo’lgan vositalarga quyidagilar kiradi:

  • joyda o’lchash ishlari olib borish uchun zarur bo’lgan jihozlar (ruletka, kompas, nivelir, teodolit);

  • tabiiy hodisalarni miqdoriy va sifat ko’rsatgichlarini aniqlaydigan jihozlar (termometr, barometr);

  • kartometrik ishlarni olib borish uchun ishlatiladigan jihozlar (kurvaymetr, lineyka, transportir va h.k.);

  • Yerni sutkalik va yillik harakatini ko’rsatadigan jihozlar (telluriy).




      1. Yüklə 496,71 Kb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin