O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə111/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

Interfaol metodlar




Interfaol inglizcha interakt so’zidan olingan bo’lib, inter- hamkorlikda akt- harakat qilmoq ma’nosini bildiradi.
Ta’limning interfaol metodi XX asrning oxiri va XXI asrning boshlaridan pedagogik adabiyotlarda keng ishlatilmoqda va ta’lim sohasida foydalanilmoqda. Uning asosiy maqsadi yagona bo’lib, o’quvchilarni mustaqil bilim olishga qiziqtirish, o’z ustida ko’proq ishlash, qo’shimcha adabiyotlarni o’qish, zamon bilan hamnafas ta’lim-tarbiyaga, mustaqil fikr yurita oladigan komil insonni voyaga yetkazishga hizmat qiladi.
Interfaol o’qitishning asosiy mohiyati – o’qitish jarayonida barcha o’quvchilar bilish jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi, ular muhokama etilayotgan muammolarni, voqea va hodisalarning rivojini tushunadi, muammoli vaziyatlarni anglaydi, uni hal etish yo’llarini izlab, eng maqbul variantni tavsiya etadi.
O’quv materialini o’rganish, muammoni hal etish bo’yicha turli variantdagi yechimni tavsiya etishga asoslangan bilish jarayonida o’quvchilarning hamkorligi har bir o’quvchiga, guruh muvaffaqiyati uchun o’z ulushini qo’shishga, ular o’rtasida fikr, axborot va tajriba almashinuviga zamin tayyorlaydi. Ushbu hamkorlik samimiy, qulay ijtimoiy psixologik, o’zaro yordam muhitida sodir bo’lganligi uchun, o’quvchilar nafaqat yangi bilimlarni o’zlashtiradilar, balki o’zining bilish faoliyatlarini rivojlantiradi, uni yuqori darajaga ko’tarib, hamkorlikka kirishishga imkon beradi.
O’qitish jarayonida interfaol usullarni qo’llash jarayonida o’quvchilarning o’zaro muloqotga kirishishini tashkil etish va boshqarishni taqoza etadi, bunda o’quvchilar hamkorlikda izlanib umumiy, shu bilan bir qatorda har bir o’quvchi uchun ahamiyatga molik bo’lgan muammoni hal etishga kirishib ular o’rtasida bir- birini tushunish, hamkorlikda ishlash va hamjihatlik vujudga keladi.
Interfaol usullardan foydalanilgan darslarda bitta o’quvchining ustunlik qilishi, uning o’z fikrini o’tkazishiga yo’l qo’yilmaydi.
Interfaol usullar qo’llanilganida o’quvchilar tanqidiy fikr yuritish, axborot manbalari va vaziyatni tahlil qilish, murakkab muammoli vaziyatlarni hal etish, o’rtoqlarining fikrini tahlil qilib, asoslangan xulosalar chiqarish, munozarada ishtirok etish, boshqa shaxslar bilan muloqotga kirishish ko’nikmalarini egallaydi.
O’qitishning interfaol metodlarining quyidagi xususiyatlari mavjud:

  • Insonning muhim hayotiy ehtiyoji bo’lgan muloqot – o’qitish jarayonining barcha bosqichlarida qo’llaniladi.

  • O’qitish jarayonida o’quvchilarga o’z kuchi, bilimi, iqtidorini namoyon etishga teng imkoniyatlar beriladi.

  • O’quvchilarning kichik guruhlarda hamkorlikda ishlashida ijtimoiy- psixologik jihatdan qulay muhit yaratilib, muloqotda bosqichma-bosqich va samarali ishtirok etishga zamin tayyorlanadi.

  • O’quvchilar muloqotda faol ishtirok etishlari uchun faqat eshitishlari shart emas, balki eshitganlarini tahlil qilish, fikr yuritish, fikrlarning asosli va tushunarli bo’lishiga erishish lozimligini anglaydilar.

  • O’quvchilar bilan hamkorlikda, kichik guruhlarda ishlashi orqali qo’yilgan vazifalarni talab darajasida bajarish, olingan natijalarni tahlil qilish, ularning to’g’riligini tekshirib ko’rish, taqdim etish va boshqa guruhlar tomonidan e’tirof etishlariga erishishlari lozim.

Interfaollik daraja qancha yuqori bo’lsa, ta’lim berish jarayoni shuncha natijali bo’ladi. Intrafaol metodlar qo’llanilish xususiyatiga ko’ra ikki guruhga ajratiladi: a) grafukli organayzerlar b) og’zaki bayonli.

Yüklə 496,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin