Tabiiy geografik o’yinlar
Didaktik o’yinlar texnologiyasi tabiiy geografik bilimlarni o’rganishni va o’zlatirishni faollashtiradi. Mazkur didaktik o’yinlarni sinflar bo’yicha ham aniq bir mavzular bo’yicha ishlab chiqish mumkin, sinflar bo’yicha quyidagi predmetlar uchun ishlab chiqish mumkin: tabiiy geografiya boshlang’ich kursi (5- sinf); materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi (6-sinf); O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geografiyasi (7-sinf). Tabiiy geografiya darslarida qo’yidagi mavzular bo’yicha didaktik o’yinlarni ishlab chiqish mumkin:
-geografik tadqiqotlar tarixi. Fanning rivojlanish tarixi, hududlarni va ayrim muammolarni o’rganish tarixi;
plan va harita, shartli belgilar, andozalar, gorizontallar, geografik kordinatalar, mashstab va h.k.;
litosfera: yerning ichki tuzilishi; yer po’sti; tog’ jinslari; relyef va uning turlari, ayrim hududlar relyefi;
gidrosfera va uning tarkibiy qismlari. Dunyo okeani. Quruqlik suvlari, yer osti va yer usti suvlari. Materiklar va ayrim hududlar ichki suvlari;
atmosfera, uning tuzilishi, tarkibi, havo massalari. Ob-havo va iqlim. Iqlim hosil qiluvchi omillar. Iqlim mintaqalari. Siklonlar, yog’inlar. Materiklar va ayrim hududlar iqlimi;
-biosfera. Materiklar ayrim hududlarining tuprog’i, o’simligi va hayvonot dunyosi.
Yuqorida keltirilgan tabiat tarkiblarining har biri bo’yicha juda ko’p didaktik o’yinlar ishlab chiqish mumkin.
Individual didaktik o’yinni quyidagicha tuzishimiz mumkin.
1. Ekvator bo’yicha Atlantika okeannining kengligi 600 bo’lsa, yerning harakat tezigida uchayotgan kosmik kema uni necha soatda bir qirg’og’dan
ikkinchi qirg’og’iga yetib boradi. Mazkur o’yinni yechish uchun o’quvchi quyidagilarni bilishi lozim. Yerning burchak tezligini, ekvatorda 10 yoyning uzunligini. Yerning burchak tezligi soatiga 150 ya’ni yer bir soatda 150 masofani bosib o’tadi. Demak kosmik kema yer tezligida uchayotgan bo’lsa Atlantika okeanining kengligi 600:15= 4 soatda yetib boradi. Ekvator bo’ylab 10 yoyning uzunligi 111,0 km2 teng unda ekvator bo’yicha Atlantika okeanining kengligi 60 x 111,1km2=6666 km.
Yoki bo’lmasa koordinata to’ri bo’yicha quyidagicha individual o’yinni ishlab chiqish mumkin: Sharqiy yarimsharning 1050 meridiani g’arbiy yarim sharning qaysi meridianiga to’g’ri keladi. Buning uchun o’quvchi quyidagi bilimlarga ega bo’lishi lozim: har bir yarim sharning va yer sharining necha gradusga teng ekanligini. Shundan so’ng mazkur o’yin quyidagicha yechiladi:
1800-1050=750 demak Sharqiy yarim sharning 1050 meridiani g’arbiy yarim sharning 750 meridianiga to’g’ri ekan.
7-sinfda “O’rta Osiyo foydali qazilmalari” mavzusida guruhli o’yinni tashkil qilish mumkin. O’rta Osiyo yozuvsiz haritasi shunday bo’laklarga ajratiladiki uning har bir bo’lagida ma’lum bir foydali qazilma albatta bo’lsin. Bo’laklarga mos qilib kartochkalar kesiladi uning har biriga foydali qazilma koni bor joy nomi yozib chiqiladi. Masalan, Angren, Polvon tosh, Boysun.
Boshqaruvchi kartochkalarni yig’ib olib yozuvsiz haritalarni o’yin ishtirokchilariga tarqatadi. O’yin boshqaruvchi joy nomlari yozilgan kartochkalarni bittadan olib o’qiydi va ishtirokchilardan kimni qo’l ko’tarishini kuzatadi qo’l ko’targan o’quvchiga kartochkani beradi. Mazkur kartochka yozuvsiz haritaning kerakli joyiga qo’yilishi lozim. Qachon o’yin ishtirokchilaridan biri yozuvsiz xaritalarni kerakli kartochkalar bilan to’ldirib bo’lgandan so’ng o’yin tugaydi va u o’quvchi g’olib hisoblanadi.
Ommaviy geografik o’yinlar 2-3 ta parallel sinflar bilan o’tkazilishi mumkin. Ommaviy o’yinlar odatda chorak oxirida yoki o’quv yili oxirida, bayramlarda, maktab olimpiadalarida o’tkazilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |