o’qituvchilarni tayyorlash bo’yicha maxsus fond tashkil qilish kerak (chet elga chiqib kelish uchun).
Ta’limni isloh qilish bosqichlari.
Birinchi bosqich-o’tish davri. 1997-2001 yillarda, ya’ni 4- yilda amalga oshiriladi. Bu bosqichda quyidagi vazifalar bajariladi:
Milliy dasturni amalga oshirilishining boshlanishi: yangi talablarga javob beradigan pedagog kadrlarni tayyorlash,o’quv standartlarini yaratish, yangi o’quv dasturlari ustida ishlash, umum ta’lim maktablarini qayta qurish, uch yillik ta’lim tizimini yaratish.
Ikkinchi bosqich – 2001-2005 yillar. Milliy dasturni to’la amalga oshirish.
Kerakli sharoitlarni hisobga olib dasturlar va qoidalarga o’zgartirishlar kiritish.
Uchinchi bosqich – 2005 yildan keyingi yillarga mo’ljallangan. To’plangan tajribalar tahlil qilinadi va umumlashtiriladi.