Nazariy tadqiqot metodlari
Nazariy tadqiqot metodlariga adabiyotlar va geografik haritalarni tahlil qilish, statstik-matematik, tarixiy, qiyosiy va tizimli usullar kiradi.
Adabiyotlar bilan ishlash metodi. Har qanday ilmiy ish shu sohada e’lon qilingan adabiyotlarni o’rganish, tahlil qilish va umumlashtirish bilan boshlanadi. Mazkur metod yordamida boshqa tadqiqotchilar tomonidan olingan ma’lumotlar to’planadi, o’rganiladi va umumlashtiriladi. Geografiya ta’limi metodikasida quyidagi sohalar bo’yicha ma’lumotlar to’planadi va tahlil qilinadi: ta’lim bo’yicha davlat tomonidan chiqarilgan qonunlar, qarorlar va boshqa xujjatlar; bilish nazariyasi bo’yicha falsafiy adabiyotlar o’rganiladi; mantiq, psixalogiya va didaktika bo’yicha ma’lumotlar o’rganiladi va tahlil qilinadi: o’qitish metodikasi bo’yicha e’lon qilingan ilmiy ishlar alohida tahlil qilinadi. Adabiyotlar tahlili amalga oshirilgandan so’ng o’rganilayotgan muammoning dolzarbligi, o’rganilmay qolgan jihatlari aniqlanadi.
Statistik- matematik metodlar. O’qitish metodikasi bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalarini hisobga olish va ularni umumlashtirish maqsadida ko’rsatiladi. Miqdoriy ko’rsatgichlarni tanlash ularni tartibga keltirish va tahlil qilish metodik tadqiqotlarda katta ahamiyatga ega. Chunki ular juda ko’p pedagogik tadqiqotlarning o’lchami hisoblanadi. Masalan, muayyan mavzuni o’qitish samaradorligini aniqlash maqsadida o’tkazilgan tajriba-sinov natijalari. Miqdoriy ko’rsatgichlar yordamida tarbiya va o’qitishda qo’llaniladigan pedagogik vositalarning qanchalik foydaliligini aniqlash mumkin.
Qiyosiy usul. Mazkur usul yordamida fandagi va maktab geografiyasidagi bilimlar tizimi, o’qitish jarayonida qo’llaniladigan metodlar, o’quv vositalari, baholash usullari, dars turlari tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Bu esa tadqiq qilinayotgan muammoni umumiy va o’ziga xos xususiyatlarini ochib berishga imkon beradi.
Tarixiy metod. Mazkur metod yordamida o’rganilayotgan metodik muammoning rivojlanishi o’ziga xos xususiyatlari ochib beriladi. Bundan tashqari ma’lum bir muammoni ayrim davrlarda rivojlanishini ham ochib beradi.
Tizimli tuzilish metod. Bu umumiy fanlararo tadqiqot metod bo’lib, XX- asrning 70-yillaridan boshlab ilmiy tadqiqot ishlarida keng qo’llanila boshlandi. Mazkur metod bir butun bo’lgan geografik borliqni eng muhim xususiyatini ochib berish va uni tarkibiy tuzilishining darajalarini aniqlashdan iborat. Geografiyani o’qitish metodikasida mazkur usul yordamida ma’lum bir tizim tizimchalarga bo’linadi. Geografiya o’qitish metodikasida o’quv materiali tizim sifatida qaraladi, uning tarkibiy qismlari, yani, Tabiiy geografiya boshlang’ich kursi, Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi, O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geografiyasi, O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi va h.k.lar esa tizimchalar sifatida qaraladi.
Tizim-tuzilish metodlarini tarkibida mantiqiy-tuzilish tahlili mavjud. Mazkur usul yordamida o’quv materialining tuzilishi va ularni bayon etilishining ketma- ketligi aniqlanadi. Mazkur usul bir butun geografik borliqni tuzilishini tatqiq qilishga, masalan, tabiiy geografiya bo’yicha o’rganilayotgan hududning geologik tuzilishi va foydali qazilmalari, relyefi, iqlimi, ichki suvlari, tuprog’i, o’simliklari, hayvonot dunyosi, tabiat zonalari, tabiiy geografik rayonlari ketma-ketligida o’rganishga imkon beradi va undan alohida qismlarni ajratishga va ular orasidagi bog’liqliklarni ochishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |