O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi tosh


- ILOVA 3 - ILOVA



Yüklə 8,13 Mb.
səhifə26/107
tarix08.07.2023
ölçüsü8,13 Mb.
#136154
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   107
33807 Биологияни ўитиш технологиялари ва лойихалаштириш

2- ILOVA












3 - ILOVA


Muammoli metodlar muammoli vaziyatlarni vujudga keltirib, o‘quvchilarning muammoni hal etish, murakkab savollarga javob topish jarayonida alohida ob’ekt, hodisa va qonunlarni tahlil qilish ko‘nikmalari va bilimlarni faollashtirishga asoslangan faol bilish faoliyatini taqozo etadi.




Muammoli metodlar

Ta`lim jarayoniga joriy etish tartibi

1

Muammoli
izlanish
metodi

Guruhga mansub muammoli-izlanish xarakteridagi suhbat metodidan foydalanganda, avval muammoli vaziyatlar yaratiladi, avvaldan tayyorlangan muammoli savollar zanjiri bayon etiladi, o‘quvchilarning o‘qituvchi bilan birgalikda mantiqiy mulohaza yuritishiga, o‘quv farazlarini hosil qilish va isbotlash, suhbat jarayonida muammoli savollarga javob topishiga imkon yaratiladi

2

Muammoli
bayon metodi

O‘qituvchi yangi mavzuni o‘rganish jarayonida muammoli vaziyatlarni yaratadi, suhbat jarayonida muammoli savollarga javob topishiga, o‘quv farazlarini hosil qilish va dalillash, o‘quvchilar bilan hamkorlikda ularning javoblari asosida muammolar hal etiladi.

3

Muammoli-amaliy metod

Foydalanganda muammoli topshiriqlar tuziladi, shu asosda tajribalar o‘tkaziladi, muammoli vaziyatlarni xal etish yuzasidan o‘quv farazlarini hosil qilinadi va o‘quv-tadqiqot tajribalari o‘tkazilib, o‘quv xulosalari va umumlashmalarini ta’riflab muammolar hal etiladi.

4

Induktiv metod

O‘quvchilarning e’tibori avval xususiy faktlarni o‘rganishga jalb qilinadi, so‘ngra xususiydan umumiy xulosalar chiqarishga yo‘naltiriladi.

5

Deduktiv metod

O‘quvchilar avval umumiy qonunlarni o‘rganadi, so‘ngra umumiydan xususiy xulosa chiqarishga o‘rgatiladi.

6

Tahlil metodi

Yordamida axborotni anglab idrok etadi, o‘rganilgan ob’ektlarning o‘xshashlik va farqli tomonlarni aniqlaydi, o‘rganilgan ob’ektlarni tarkibiy qismlarga ajratib, ular o‘rtasidagi boshlanishlar, sabab oqibatlarni aniqlaydi.

7

Bosh g‘oyani ajratish metodi

Muhim ahamiyat kasb etib, o‘quv materialidagi asosiy g‘oyani ajratish va saralash, axborotni mantiqiy tugallangan fikrli qismlarga ajratish, asosiy g‘oya va ikkinchi darajali fikrlarni ajratish, tayanch so‘zlar va tushunchalarni ajratish, asosiy fikr haqida xulosa chiqarishga zamin tayyorlaydi.

8

qiyoslash metodi

Vositasida, o‘quv topshiriqlarida berilgan qiyosiy ob’ektlarni aniqlash, ob’ektlarning asosiy belgilarini aniqlash, taqqoslash, o‘xshashlik va farqlarni aniqlash, qiyoslash natijalarini shartli belgilar bilan rasmiylashtirishga o‘rganadi.

9

Umumlashtirish metodi

Muammolarni hal etish jarayonida o‘quv materialidagi tipik faktlarni aniqlash, qiyoslash, dastlabki xulosalar, hodisaning rivojlanish dinakmikasini tasavvur qilish, umumlashtirish natijalarini shartli belgilar yordamida rasmiylashtirish, umumiy xulosa chiqarishga zamin tayyorlaydi.

Muammoli darslarni xozirgi kunda yangi nom bilan (“Tafakkur bo‘roni” B.R.Kodirov), (“Miyaga hujum”, “Fikrlar to‘qnashuvi”, “Fikrlar jangi” V.M.Karimova, F.A.Akramova), (“Aqliy hujum” J.G.Yuldoshev) nomlanadi.



Yüklə 8,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin