5- ILOVA
Talabalarning o‘zlashtirgan bilimlarini aniqlash uchun test topshiriqlari
1. Muammoli ta’lim texnologiyasining funktsiyalarining ketma-ketligini aniqlang.
1.Ta’lim-tarbiya berish; 2.Shaxsni rivojlantirish; 3.Ijodiy faoliyatga yo‘llash; 4.Kommunikativ; 5.Mantiqiy fikrlashni rivojlantirish. 6. Aqliy faoliyat usullarini tarkib toptirish; 7.O‘z o‘quv faoliyatini tahlil qilish; 8. Kasbga yo‘llash; 9. Mo‘ljalni to‘g‘ri olishga o‘rgatish; 10. Hamkorlikda ishlashga o‘rgatish.
A. 1,2,3,8,4,6,7,10; B. 6,5,3,2,1,7,8,10; C. 1,2,3,10,4,5,6,9;
D. 10,9,1,2,3,4,5,6,7,8; E. 3,6,5,4,9,8,1,2,10;
2. Muammoli ta’lim texnologiyasiga mansub dars turlarini belgilang.
1. Syujetli-rolli; 2. Ijodiy o‘yin; 3. Aqliy hujum; 4. Kichik guruhlarda o‘qitish; 5. Ishbilarmonlar o‘yini; 6. Konferentsiyalar; 7. O‘yin-mashqlar; 8. Komandada o‘qitish; 9. Ilmiy munozara darslari; 10. Erkin fikrlash darslari.
A. 1,2,3,4,5. V. 1,3,5,7,8. S. 1,2,3,7,8. D. 3,9,10. Ye. 1,2,3,6,7.
3. Muammoli ta’lim texnologiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini toping.
A. Pedagogik ta’sir ko‘rsatishning eng muqobil varianti tanlanadi;
B. Mantiqiy fikr yuritish qonuniyatlariga tayanadi;
C. O‘quvchilarning fikr yuritish qobiliyatlari rivojlantiriladi;
D. Shaxsning umumiy va xususiy rivojlanishiga zamin yaratiladi.
E. Hamma javoblar to‘g‘ri.
4. Muammoli ta’lim texnologiyalarida qaysi metodlar yetakchi o‘rinni egallaydi?
1. Og‘zaki; 2. Amaliy; 3. Ko‘rgazmali; 4. Mantiqiy; 5. Induktiv; 6. Deduktiv; 7. Tahlil; 8. Qiyoslash; 9. Umumlashtirish;
A. 1,2,3,5,6,7. B. 3,4,5,7,8. C. 4,5,6,7,8,9. D. 1,2,45,7,8.E. 1,2,3,8,9.
5. Psixologik muammoli vaziyatlarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlang.
A. O‘qituvchi muammoli vaziyatlarni keltirib chiqaradi.
B. O‘quvchilar muammoli vaziyatlarni hal etadi.
C. o‘quvchilar mantiqiy fikr yuritish operatsiyalarini egallaydi.
D. A va С javoblar.
E. Hamma javoblar to‘g‘ri.
6. Muammoli darsning bosqichlari to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.
1. Psixologik jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan o‘quvchilardan teng sonli kichik guruhlarni shakllantirish; 2. Kichik guruhlarga muammoli savollardan iborat bo‘lgan o‘quv topshiriqlarini tarqatish va ularni topshiriqning didaktik maqsadi bilan tanishtirish. 3. O‘quvchilarning bilish faoliyatini o‘quv muammolarini hal etishga yo‘naltirish. 4. O‘quvchilarning muammoli vaziyatlarni hal etish bo‘yicha axborotlarini tinglash. 5. Kichik guruhlar o‘rtasida o‘quv bahsi va munozara o‘tkazish. 6. Umumiy xulosa yasash.
A. 1,2,4,6.B. 5,1,2,3,4. C. 1,2,3,4,5,6. D. 1,3,5,6. E. To‘g‘ri javob berilmagan. 7. Hozirgi zamon muammoli darslarning didaktik maqsadini aniqlang.
1. O‘quvchilarning avval o‘zlashtirgan bilimlarini muammoni hal etishda ijodiy qo‘llab yangi bilimlarni egallash ko‘nikmalari; 2. Bilimlarni ijodiy o‘zlashtirish va amalda qo‘llash malakalari; 3. Izlanuvchanligi, qiziqishi, motivlari, mantiqiy tafakkuri; 4. Ijodiy faoliyati, aqliy kamoloti, zakovatini rivojlantirish; 5. Shaxsni rivojlantirish; 6. Ijodiy faoliyatga yo‘llash; 7. Kommunikativ; 8. Mantiqiy fikrlashni rivojlantirish. 9. Aqliy faoliyat usullarini tarkib toptirish; 10.O‘z o‘quv faoliyatini tahlil qilish; 11. Kasbga yo‘llash;
A. 1,2,3,4,5. B. 1,3,5,7,9,11. C. 2,4,6,8,9,10. D. 1,2,8,9,10,11.E. 1,3,5,8,10,11
8. Biologiyani o‘qitishda muammoli ta’lim texnologiyasidan foydalanish uchun o‘qituvchi qanday ishlarni amalga oshirishi lozim?
A. Qaysi mavzularni muammoli ta’lim texnologiyasidan foydalanib o‘rga- nishni avvaldan belgilash;
B. Mavzular bo‘yicha dars ishlanmalarini loyihalash;
C. Mavzuning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlariga
muvofiq holda muammoli savollar zanjirini tuzish;
D. O‘quvchilar bajarishi lozim bo‘lgan o‘quv topshiriqlarini tuzish;
E. Hamma javoblar to‘g‘ri.
Dostları ilə paylaş: |